Farmatsevtik kimyo



Download 14,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/610
Sana16.01.2022
Hajmi14,06 Mb.
#376005
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   610
Bog'liq
farmatsevtik kimyo fanidan oquv uslubiy majmua

KOKAIN GIDROXLORID

 

Cocaini hydrochloridum

 

Benzoilekgoninning metil efiri, gidroxlorid 



 

Kokain Janubiy Amerikaning tropik o‘rmonlarida, Hindiston, SHri Lanka va YAva orolida 

ko‘p tarkalgan koka (Erythexylaceae sosa) o‘simligining bargida bo‘ladi. Bargning tarkibida kokainga 

yakin boshqa har xil alkaloidlar ham bo‘lib, ularning umumiy miqdori o‘rta hisobda 1 —1,5 % 

gachadir. Uning taxminan 0,5 %ni o‘simlikning asosiy alkaloidi — kokainga to‘g‘ri keladi. Usimlik 

tarkibidagi 

alkaloidlarga kokaindan tashqari benzoilekgonin, tropakokain, metilekgonin, 

sinnamilkokain, 



va (3-truksillin  kabi alkaloidlar kiradi. Farmakologik ta’siri jihatidan kokain 

ulardan birmuncha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

309 


 

Koka bargidagi barcha alkaloidlarning kimyoviy tuzilishining asosini bitsiklik aminooksikislota 

ekgonin tashkil qiladi. Ular o‘zaro bir-birlaridan ekonindagi karboksil guruhiga metil spirti qoldig‘ining 

efirsimon birikkan  

yoki  birikmaganligi hamda ikkilamchi gidroksil guruhiga birikkan kislota qoldig‘ining har xilligi 

bilan farqlanadi. 

 

Koka o‘simligining bargidan ajratib olingan alkaloidlarning aksariyat ko‘pchiligi kokainga 



o‘xshash ekgonin xosilasidan iborat. SHuning uchun xam xozirgi vaqtda kokainni yarim sintetik usul 

bo‘yicha olishda o‘simlikni sulfat kislota bilan ishlab, undan ajralib chiqqan alkaloidlar 

yig‘indisini eruvchan sulfat tuziga o‘tkaziladi. So‘ngra eritmadan natriy gidroksid eritmasi ta’sirida 

alkaloidlarning barchasini asos holida cho‘ktiriladi. CHo‘kmani yig‘ib olib, natriy gidroksid 

eritmasida qizdirish yordamida gidrolizlab ekgoninning natriyli tuziga, keyinchalik esa uni sulfat 

kislota bilan neytrallab ekgoninga o‘tkaziladi. Natijada shu yo‘l bilan olingan ekgonindagi karboksil 

guruxni metillab, so‘ngra esa undagi ikkilamchi gidroksil guruxidagi vodorod o‘rniga benzoat kislota 

qoldig‘i biriktirib kokain olinadi. 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

310 


 

Koka bargidan ajratib olingan barcha ekgonin qator alkaloidlarini parchalab ekgonin olish va 

so‘ngra uni qayta ishlab kokainga o‘tkazish birmuncha qulaylikka ega bo‘lib,  hozirgi vaqtda 

kokainni olishda asosiy va birdan-bir usul hisoblanadi. 

Tibbiyotda kokainning gidroxlorid tuzi  qo‘llanadi.  U  hidsiz, achchiq  mazali, rangsiz, 

ninasimon kristall yoki oq kristall kukun bo‘lib, suvda juda oson eriydi, 95 % li spirtda, xloroform 

va glitserinda eriydi, efirda esa erimaydi. Preparat 100—105°S  haroratda suyuqlanadi. Kokain 

gidroxlorid kristalidan til ustiga qo‘yilsa, uni jonsizlantiriladi va og‘riq sezmaydigan qilib qo‘yadi. 

Kokain chinligini, unga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib, suv xammomida 

qizdirilgandan so‘ng, biroz suv qo‘shilishi bilan xushbo‘y  hidli benzoat kislotasining metil efiri 

hosil bo‘lishi bo‘yicha aniqlanadi. Bu reaksiya kokainni kislota ta’sirida gidrolizlanib, benzoy 

kislota va metanolga parchalanishi va ularning o‘zaro birikib, benzoy kislotaning metil efirini xosil 

qilishiga asoslangan. Aralashma uzoq  vaqt turishi natijasida sovib, kristall shaklida spirtda 

eriydigan benzoy kislotasini ajratib chiqaradi.     

Preparatning eritmasiga 1 % li kaliy permanganat eritmasi  qo‘shilganda, binafsha rangli 

kristall cho‘kma holida kokainning permanganat tuzi hosil bo‘ladi.

13

 

C



17

H

21



NO

4

 • HCI + KMnO



4

 

→ 

C

17

H



21

NO

4



* HMnO

4

↓ + KSl  



Kokain gidroxlorid ushbu reaksiya orqali novokaindan farqlanadi. Kokain gidroxlorid xam boshqa 

alkaloidlarga  o‘xshash ko‘pchilik umumiy alkaloidlarni cho‘ktiruvchi reaktivlar, jumladan pikrin 

kislota, Dragendorf reaktivi va boshqalar bilan turli rangga bo‘yalgan cho‘kmalar hosil qiladi. 

Kokain gidroxloriddagi xlor ionini odatdagicha kumush xlorid xolida cho‘ktirib aniqlanadi. 

Preparatning miqdorini barcha tropan qator alkaloidlariga o‘xshash suvsiz muhitda kislota-asos 

titrlash usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bunda ma’lum miqdordagi preparatning suvsiz sirka kislotadagi 

eritmasini simob (II)-atsetat va kristallik   binafsha   indikatori   ishtirokida   perxlorat kislotasining 

suvsiz sirka kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

Kokain gidroxloridning miqdorini yana uning tarkibidagi kislota qoldig‘i  asosida spirtdagi 

eritmasini, xloroformda va fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi 

bilan titrlab xam aniq-lanadi. 

Preparatni mahalliy anesteziyalovchi modda sifatida, ko‘z,  quloq,  tomoq  va burun 

kasalliklarida 2,5—5% li eritmasi ishlatiladi. Kokain gidroxloridning katta kamchiliklaridan biri, 

unga kishi organizmining tez o‘rganib qolishi (kokainizm) va natijada og‘ir kasallikka chalinishidir. 

Kokain gidroxlorid og`zi maxkam berkitilgan idishlarda «A» 

ruyxati bo‘yicha 

saqlanadi.  

 


Download 14,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   610




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish