LOPERAMID GIDROXLORID
Loperamidi hydrochloridum
4-[4-(4-xlorfenil)-4-gidroksipiperidino]-N, N-2,2-difenilbutiramid gidroxlorid
C
29
H
34
Cl
2
N
2
O
2
M.m. 513,5
Oq, sarg‘ish kristall kukun. Suvda kam, metanolda oson, etanolda eriydi.
GALOPERIDOL
Galoperidolum
4-[4-(4-xlorofenil)-4-gidroksiniperidino]-4
1
-ftorbutirofenon
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
296
C
21
H
23
ClFNO
2
375,9
Oq yoki deyarli oq kristall kukun. Suvda amalda erimaydi, dixloretan va etanolda (96%) eriydi,
efirda kam eriydi. Suyuqlanish harorati 150-153
0
S.
Promedolning chinligini farmakopeya ko‘rsatmasi bo‘yicha uning molekula tuzilishidagi
uchlamchi azot asosida ko‘pchilik alkaloid va azot saqlovchi geterotsiklik birikmalarga o‘xshash
pikrin kislotasining suvdagi to‘yingan eritmasi bilan sariq cho‘kma shaklida qo‘sh molekulyar
birikma hosil qilishi orqali aniqlanadi:
Preparatning chinligini yana uning formaldegidning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasi
bilan rangli birikma hosil qilishi bo‘yicha ham aniqlanadi. Bunda preparatning xloroformdagi
eritmasiga asta-sekin formaldegidning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasidan qo‘shilsa,
suyuqlikdagi ikki qatlam chegarasida qizil rangli halqa paydo bo‘ladi.
Promedol tarkibidagi xlor ionini odatdagicha nitrat kislota muhitida kumush xlorid holida
cho‘ktirib aniqlanadi.
Pirilenning chinligini aniqlashda uning suvdagi eritmasidan natriy gidroksid eritmasi
ta’sirida 1, 2, 2, 6, 6- pentametilpiperidin asosni oq loyqa shaklida cho‘ktirib isbotlanadi.
Pirilen tarkibidagi p-toluolsulfonat kislota qoldig‘ini, undagi oltingugurt asosida aniqlanadi.
Buning uchun preiaratni konsentrlangan nitrat kislota va pergidrol bilan qizdirib, organik birikkan
oltingugurtni sulfat ioniga o‘tkaziladi, so‘ngra uni bariy sulfat holida cho‘ktirib aniqlanadi.
Pirilenning sirka aldegididagi eritmasi natriy nitroprussid ta’sirida to‘q qizil rangli birikma
hosil qiladi. Bu reaksiyadan ham preparatning chinligini aniqlashda foydalaniladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
297
Dimekolinning chinligini aniqlash uchun uni natriy gidroksidning 30% li eritmasi bilan qizdirish
yordamida parchalanadi. Reaksiyadan ajralib chikkan dimetilamin probirka ustida tutib turilgan qizil
lakmus qog‘ozini ko‘k rangga bo‘yaydi.
Dimekolin kaliy dixromat va konsentrlangan sulfat kislota solingan probirka ustiga natriy
nitroprussid eritmasi va piridin bilan ho‘llangan filtr qog‘ozi tutib, so‘igra uni qizdirilsa, qog‘ozda
ko‘k dog‘ paydo bo‘ladi. Bu reaksiya preparatdagi NN metil guruhiga xosdir.
Preparat tarkibidagi yodni aniqlash uchun unga konsentrlangan sulfat kislota qo‘shib isitiladi,
bunda binafsha rangli erkin yod bug‘lari ajralib chiqadi.
Dimekolinning chinligini yana uning isitilgan spirtdagi eritmasini sovutilganda oq kristall
shaklida cho‘kma cho‘kishi bo‘yicha ham aniqlanadi. Bunda dimekolin asos holida ajralib chiqadi.
Promedolni Davlat farmakopeyasi talabiga ko‘ra suvsiz muhitda kislotaasos usuli bo‘yicha
titrlab aniqlanadi. Buning uchun preparatning suvsiz sirka kislotasida eritilgan ma’lum miqdorini
simob (II) atsetat tuzi hamda kristallik binafsha indikatori ishtirokida suyuqlik yashil rangga
o‘tguncha perxlorat kislotaning 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan titrlanadi.
Preparatning miqdorini yana uning tarkibidagi xlorid kislota qoldig‘i asosida argentometrik yoki
neytrallash usullari bo‘yicha aniqlash mumkin. Neytrallash usulida preparatning ma’lum mikdorini
xloroformda eritib, fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan
titrlanadi.
Pirilenni suvsiz muhitda kislota-asos usuli bo‘yicha perxloratning 0,1 mol/l eritmasi bilan
potensiometrik titrlash orkali aniqlanadi. Bunda indikator elektrod sifatida platina yoki shisha
elektrod ishlatiladi.
Dimekolinning mikdori uning tarkibidagi yod asosida argentometrik (Fayans) usul bo‘yicha
aniqlanadi. Bunda indikator sifatida flyuoresseinning 0,2% li spirtdagi eritmasi ishlatiladi va cho‘kma
to‘la to‘q sariq rangga o‘tguncha kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Promedolni farmakologik ta’siri jihatidan morfin alkaloidining o‘rnini bosuvchi analgezitik
modda sifatida bemorni operatsiyaga tayyorlashda va undan keyin, me’da va o‘n ikki barmoqli
ichak yaralarida, holetsistit, buyrak va jigar kolitlarida hamda boshqa kasalliklarda og‘rik.
qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Ginekologiya amaliyotida tug‘ruq paytida uni og‘riq qoldiruvchi
sifatida ishlatiladi.
Odatda promedolni 0,025—0,05 g dan ichiriladi yoki 1—
2%
li eritmasi 1 ml dan teri
ostiga yuboriladi. Preparat tabletqadarda 0,025 g va ampulalarda 1 ml dan 1% yoki 2% li eritmasi
chiqariladi.
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
298
Pirilenni gipertonik kasalliklarda, periferik qon tomirlari spazmasida, me’da va o‘n ikki
barmoq ichak yaralarida 0,0025—0,005 g dan ichiriladi. Uni tabletkalarda 0,005 g dan chiqariladi.
Dimekolin ham me’da va o‘n ikki barmoq ichak yaralarida, holetsistit va silliq mushak periferik
qon tomirlari spazmasida hamda gipertoniya kasalligini davolashda 0,025— 0,05 g dan kuniga 2—3
marta ichiriladi. Dimekolin 0,025— 0,05 g dan sariq qobiq bilan koplangan tabletkalarda chiqariladi.
Promedol og‘zi mahkam berkitilgan shisha idishlarda «A» ro‘yxati bo‘yicha, pirilen esa
«B» ro‘yxatida saqlanadi. Dimekolin yorug‘lik tushmaydigan joylarda «B» ro‘yxati bo‘yicha
saqlanishi zarur.
Ketotifen chinligi IQ -, UB - spektrofotometrik usulda standart namuna eritmasi bilan
taqqoslab aniqlanadi.
Ketotifen miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya va suvsiz muhitda kislota asos
titrlash usulida aniqlanadi. Preparatning aniq tortmasi muz.sirka kislotada eritilib, 0,1 m xlorid
kislota eritmasi bilan titrlanadi (indikator kristallik binafsha).
Tibbiyotda allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Tolperizon gidroxlorid chinligi UB – spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Bunda
tekshiriluvchi eritma UB spektri 200 nm dan 400 nm oralig‘ida maksimum nur yutish ko‘rsatkichi
260±2 nm bo‘lishi kerak.
Preparat chinligi gidroxlorid qoldig‘idagi xlor ioniga xos DF XI bo‘yicha reaksiya
yordamida aniqlanadi.
Tolperizon gidroxlorid chinligi yupqa qatlam xromatografiya usulida standart namuna
eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi.
Tolperizon gidroxlorid miqdori suvsiz muhitda kislota asos titrlash usulida aniqlanadi.
Aniq tormani 3% li simob (II) atsetat saqlagan muz. sirka kislota eritmasida eritilib, 0,05 M
xlorid kislota bilan 0,1% kristallik binafsha eritmasi ishtirokida ko‘k yashil rang xosil bo‘lguncha
titrlanadi.
Tibbiyotda miorelaksant vosita sifatida qo‘llaniladi. 15 – 30
0
S xona haroratida saqlanadi.
Loperamid gidroxlorid chinligi IQ -, UB - spektrofotometrik usulda standart namuna
eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi.
CHinligi yana xloridlarga xos sifat reaksiya yordami DF XI bo‘yicha aniqlanadi.
Loperamid gidroxlorid miqdori neytrallash usulida (potensiometrik titrlash) aniqlanadi.
Dori moddasini etil spirt va 0,01 M xlorid kislotada eritib, 0,1 M natriy gidroksid eritmasi bilan
titrlanadi.
Tibbiyotda diareyaga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Galoperidol chinligi IQ -, UB – spektrofotometrik, yupqa qatlam xromatografiya usulida
aniqlanadi.
Tekshiriluvchi moddaning 400 dan 4000 sm
-1
gacha oralig‘idagi IQ spektri standart
namuna bilan taqqolanganda mos kelishi lozim.
YUpqa qatlam xromatografiya usulida oktadetsilsilil silikagelli plastinkasidan foydalanib,
tetragidrofuran-metanol-natriy xlor (10:45:45) aralashmasiga xromatogramma solinadi. So‘ng
quritib 254 nm to‘lqin uzunligida UB nurida ko‘riladi.
Galoperidol miqdori suvsiz muhitda kislota asos titrlash usulida aniqlanadi. Bunda
muz.sirka kislota eritmasida eritib, 0,1 N xlorid kislota bilan tirlanadi (indikator 1- naftolbenzol).
Tibbiyotda antipsixik neyroleptik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |