Farmatsevtik kimyo



Download 14,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/610
Sana16.01.2022
Hajmi14,06 Mb.
#376005
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   610
Bog'liq
farmatsevtik kimyo fanidan oquv uslubiy majmua

LOPERAMID GIDROXLORID 

Loperamidi hydrochloridum 

4-[4-(4-xlorfenil)-4-gidroksipiperidino]-N, N-2,2-difenilbutiramid gidroxlorid 

 

 

 



 

     C


29

H

34



Cl

2

N



2

O

2



                                                      M.m. 513,5 

Oq, sarg‘ish kristall kukun. Suvda kam, metanolda oson, etanolda eriydi. 



GALOPERIDOL 

Galoperidolum 

4-[4-(4-xlorofenil)-4-gidroksiniperidino]-4

1

-ftorbutirofenon 



 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

296 


 

 

 



                C

21

H



23

ClFNO


                                                       375,9 

Oq yoki deyarli oq kristall kukun. Suvda amalda erimaydi, dixloretan va etanolda (96%) eriydi, 

efirda kam eriydi. Suyuqlanish harorati 150-153

0

S. 


Promedolning chinligini farmakopeya ko‘rsatmasi bo‘yicha uning molekula tuzilishidagi 

uchlamchi azot asosida ko‘pchilik alkaloid va azot saqlovchi geterotsiklik birikmalarga o‘xshash 

pikrin kislotasining suvdagi to‘yingan eritmasi bilan sariq cho‘kma shaklida qo‘sh molekulyar 

birikma hosil qilishi orqali aniqlanadi: 

 

Preparatning chinligini yana uning formaldegidning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasi 



bilan rangli birikma hosil qilishi bo‘yicha ham aniqlanadi. Bunda preparatning xloroformdagi 

eritmasiga asta-sekin formaldegidning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasidan qo‘shilsa, 

suyuqlikdagi ikki qatlam chegarasida qizil rangli halqa paydo bo‘ladi. 

 

Promedol tarkibidagi xlor ionini odatdagicha nitrat kislota muhitida kumush xlorid holida 



cho‘ktirib aniqlanadi. 

Pirilenning chinligini aniqlashda uning suvdagi eritmasidan natriy gidroksid eritmasi 

ta’sirida 1, 2, 2, 6, 6- pentametilpiperidin asosni oq loyqa shaklida cho‘ktirib isbotlanadi. 

 

Pirilen tarkibidagi p-toluolsulfonat  kislota qoldig‘ini, undagi oltingugurt asosida aniqlanadi. 



Buning uchun preiaratni konsentrlangan nitrat kislota va pergidrol bilan qizdirib, organik birikkan 

oltingugurtni sulfat ioniga o‘tkaziladi, so‘ngra uni bariy sulfat holida cho‘ktirib aniqlanadi. 

Pirilenning sirka aldegididagi eritmasi natriy nitroprussid ta’sirida to‘q qizil rangli birikma 

hosil qiladi. Bu reaksiyadan ham preparatning chinligini aniqlashda foydalaniladi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

297 


 

Dimekolinning chinligini aniqlash uchun uni natriy gidroksidning 30% li eritmasi bilan qizdirish 

yordamida parchalanadi. Reaksiyadan ajralib chikkan dimetilamin probirka ustida tutib turilgan qizil 

lakmus qog‘ozini ko‘k rangga bo‘yaydi. 

 

Dimekolin kaliy dixromat va konsentrlangan sulfat kislota solingan probirka ustiga natriy 



nitroprussid  eritmasi va piridin bilan ho‘llangan filtr qog‘ozi tutib, so‘igra uni qizdirilsa, qog‘ozda 

ko‘k dog‘ paydo bo‘ladi. Bu reaksiya preparatdagi NN metil guruhiga xosdir. 

Preparat tarkibidagi yodni aniqlash uchun unga konsentrlangan sulfat kislota qo‘shib isitiladi, 

bunda binafsha rangli erkin yod bug‘lari ajralib chiqadi. 

Dimekolinning chinligini yana uning isitilgan spirtdagi eritmasini sovutilganda oq kristall 

shaklida cho‘kma cho‘kishi bo‘yicha ham aniqlanadi. Bunda dimekolin asos holida ajralib chiqadi. 

Promedolni Davlat farmakopeyasi talabiga ko‘ra suvsiz muhitda kislotaasos usuli bo‘yicha 

titrlab aniqlanadi. Buning uchun preparatning suvsiz sirka kislotasida eritilgan ma’lum miqdorini 

simob (II) atsetat tuzi hamda kristallik binafsha indikatori ishtirokida suyuqlik yashil rangga 

o‘tguncha perxlorat kislotaning 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan titrlanadi. 

Preparatning miqdorini yana uning tarkibidagi xlorid kislota qoldig‘i asosida argentometrik yoki 

neytrallash usullari bo‘yicha aniqlash mumkin. Neytrallash usulida preparatning ma’lum mikdorini 

xloroformda eritib, fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan 

titrlanadi. 

Pirilenni suvsiz muhitda kislota-asos usuli bo‘yicha perxloratning 0,1 mol/l eritmasi bilan 

potensiometrik  titrlash orkali aniqlanadi. Bunda indikator elektrod sifatida platina yoki shisha 

elektrod ishlatiladi. 

Dimekolinning mikdori uning tarkibidagi yod asosida argentometrik (Fayans) usul bo‘yicha 

aniqlanadi. Bunda indikator sifatida flyuoresseinning 0,2% li spirtdagi eritmasi ishlatiladi va cho‘kma 

to‘la to‘q sariq rangga o‘tguncha kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

Promedolni farmakologik ta’siri jihatidan morfin alkaloidining o‘rnini bosuvchi analgezitik 

modda sifatida bemorni operatsiyaga tayyorlashda va undan keyin, me’da va o‘n ikki barmoqli 

ichak yaralarida, holetsistit, buyrak va jigar kolitlarida hamda boshqa kasalliklarda og‘rik. 

qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Ginekologiya amaliyotida tug‘ruq paytida uni og‘riq qoldiruvchi 

sifatida ishlatiladi. 

Odatda promedolni 0,025—0,05 g dan ichiriladi yoki 1—



2% 

li eritmasi 1 ml dan teri 

ostiga yuboriladi. Preparat tabletqadarda 0,025 g va ampulalarda 1 ml dan 1% yoki 2% li eritmasi 

chiqariladi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

298 


 

Pirilenni gipertonik kasalliklarda, periferik qon tomirlari spazmasida, me’da va o‘n ikki 

barmoq ichak yaralarida 0,0025—0,005 g dan ichiriladi. Uni tabletkalarda 0,005 g dan chiqariladi. 

Dimekolin ham me’da va o‘n ikki barmoq ichak yaralarida, holetsistit va silliq mushak periferik 

qon tomirlari spazmasida hamda gipertoniya kasalligini davolashda 0,025— 0,05 g dan kuniga 2—3 

marta ichiriladi. Dimekolin 0,025— 0,05 g dan sariq qobiq bilan koplangan tabletkalarda chiqariladi. 

Promedol og‘zi mahkam berkitilgan shisha idishlarda  «A» ro‘yxati bo‘yicha, pirilen esa 

«B» ro‘yxatida saqlanadi. Dimekolin yorug‘lik tushmaydigan joylarda «B» ro‘yxati bo‘yicha 

saqlanishi zarur. 

Ketotifen chinligi IQ -, UB -  spektrofotometrik usulda standart namuna eritmasi bilan 

taqqoslab aniqlanadi.  

Ketotifen miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya va suvsiz muhitda kislota asos 

titrlash usulida aniqlanadi. Preparatning aniq tortmasi muz.sirka kislotada eritilib, 0,1 m xlorid 

kislota eritmasi bilan titrlanadi (indikator kristallik binafsha). 

Tibbiyotda allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.  

Tolperizon gidroxlorid chinligi UB –  spektrofotometrik usulda aniqlanadi. Bunda 

tekshiriluvchi eritma UB spektri 200 nm dan 400 nm oralig‘ida maksimum nur yutish ko‘rsatkichi 

260±2 nm bo‘lishi kerak. 

Preparat chinligi gidroxlorid qoldig‘idagi xlor ioniga xos DF XI bo‘yicha reaksiya 

yordamida aniqlanadi.  

Tolperizon gidroxlorid chinligi yupqa qatlam xromatografiya usulida standart namuna 

eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi.  

Tolperizon gidroxlorid miqdori suvsiz muhitda kislota asos titrlash usulida aniqlanadi. 

Aniq tormani 3% li simob (II) atsetat saqlagan muz. sirka kislota eritmasida eritilib, 0,05 M 

xlorid kislota bilan 0,1% kristallik binafsha eritmasi ishtirokida ko‘k yashil rang xosil bo‘lguncha 

titrlanadi.  

Tibbiyotda miorelaksant vosita sifatida qo‘llaniladi. 15 – 30

S xona haroratida saqlanadi.  



Loperamid gidroxlorid chinligi IQ -, UB -  spektrofotometrik usulda standart namuna 

eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi.  

CHinligi yana xloridlarga xos sifat reaksiya yordami DF XI bo‘yicha aniqlanadi.  

Loperamid gidroxlorid miqdori neytrallash usulida (potensiometrik titrlash) aniqlanadi. 

Dori moddasini etil spirt va 0,01 M xlorid kislotada eritib, 0,1 M natriy gidroksid eritmasi bilan 

titrlanadi.  

Tibbiyotda diareyaga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.  

Galoperidol chinligi IQ -, UB –  spektrofotometrik, yupqa qatlam xromatografiya usulida 

aniqlanadi.  

Tekshiriluvchi moddaning 400 dan 4000 sm

-1 

gacha oralig‘idagi IQ spektri standart 



namuna bilan taqqolanganda mos kelishi lozim.   

YUpqa qatlam xromatografiya usulida oktadetsilsilil silikagelli plastinkasidan foydalanib, 

tetragidrofuran-metanol-natriy xlor (10:45:45) aralashmasiga xromatogramma solinadi. So‘ng 

quritib 254 nm to‘lqin uzunligida UB nurida ko‘riladi. 

Galoperidol miqdori suvsiz muhitda kislota asos titrlash usulida aniqlanadi. Bunda 

muz.sirka kislota eritmasida eritib, 0,1 N xlorid kislota bilan tirlanadi (indikator 1- naftolbenzol).  

Tibbiyotda antipsixik neyroleptik vosita sifatida qo‘llaniladi.  


Download 14,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   610




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish