Protolit erituvchilarga
kislota-asos titrlash jarayonida aniklanuvchi moddaga proton berish yoki
undan kabul kilish xossasiga ega bulgan erituvchilar kiradi. Bu gurux erituvchilar uz navbatida
amfiprot
(proton berish va kabul kilish kobiliyatiga ega bulgan amfoter xarakterdagi spirt-lar,
ketonlar va fenollarga uxshash erituvchilar),
protogen
(kislota) va
protofil
(asos) xossadagi
erituvchilarga bulinadi.
Protogen yoki kislota erituvchilarga kuchli proton berish kobiliyatiga ega bulgan organik
kislotalardan — chumoli, sirka, propion va moy kislotalari kiradi. Bu gurux erituvchilarda proton
berish xossasi, kabul kilish xossasiga nisbatan bir muncha kuchlidir. SHuning uchun xam kislota
erituvchilarda organik asoslar proton kabul kilish xisobi-ga, uzlarining asos xossalarini
kuchaytiradi.
Protogen (kislota) erituvchilarda kislota xossasidagi moddalar uzlarining kislotali xususiyatini
namoyon kilish kobiliyatini yukotadi yoki uning birmuncha pasayib ketganli-gi bilinadi.
Masalan, suvli sharoitda kuchli xisoblangan NS10
4
, NS1, H
2
S0
4
, HNO3 kabi kislotalar, kislota
erituvchilarda, jumladan, sirka yoki chumoli kislotalarda, ularning kislotalik xossalari
differensial ravishda pasayib borishi kuzatiladi. Bu sirka va chumoli kislotala-rida proton-
donarlik konkurent xossalarining kuchli ri-vojlanganligini kursatadi. •
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
30
Jadvalda keltirilgan misollardan kurinib turibdi-ki, perxlorat kislotasining suvsiz sirka
kislotasidagi eritmasi sulfat va xlorid kislotalarga nisbatan taxmi-nan 1000 baravar, nitrat
kislotaga nisbatan esa SHOOObara-var kuprok ionlashadi. SHuning uchun xam suvsiz sharoitda
titrlashda, titrant sifatida perxlorat kislotasining suvsiz sirka kislotasidagi 0,1 mol/l eritmasi
ishla-tiladi.
SHunday kilib, kislota erituvchilarida ikki xil xossa mavjud. Bir tomondan ularda asos xossa
namoyon bulib, uzlariga proton kabul kilib, kislota xossali SNzSOONg
1-
— atsetoniy ioniga utsa,
ikkinchidan esa ular donor sifatida proton berib, kislota xossada ekanligini bildiradi. Buni
yukorida keltirilgan perxlorat kislota bilan asos vazifa-sini bajaruvchi sirka kislota urtasidagi
tenglamalardan kurish mumkin. Reaksiyadan kurinib turibdiki, bu erda sirka kislota asos sifatida
uziga perxlorat kislotadan proton kabul kilib, atsetoniy ioniga utadi va eritmani kuchli kislota
xossaga keltiradi.
YUkorida aytib utilganidek, kuchsiz organik asoslarni kislota erituvchilarda, jumladan, sirka
kislotada eri-tilganda u kuchli proton-donor sifatida uzining kislota xossasini namoyon kiladi va
shu bilan birga eritmadagi asos xossali moddalarni kislota shakliga utishi va ularning asos
xossalari kuchayishiga olib keladi. Buni (DF kursatmasi buyicha) amidopirinni suvsiz muxitda
kislota-asos usuli buyicha mikdorini aniklash misolida kurish mumkin.
Sungra amidopirinning sirka kislotadagi eritmasi perxlorat kislotaning suvsiz sirka kislotadagi
0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Bunda titrant eritmasidagi atsetoniy ioni amidopirin
eritmasidagi atsetat ionini neytrallab, uni kaytadan sirka kislotasiga utkazadi, perxlorat poni
esa kuchli asos sifatida kislota shakliga utgan amidopirin molekulasi bilan uzaro birikadi.
yoki
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
31
Organik asoslarning galogenovodorodli tuzlarini, shu-ningdek turtlamchi amin saklagan
organik asos prepa-ratlarining galogenli tuzlarini kislota erituvchilar ishtirokida titrlashda
ulardagi galogenlarni kam disso-siyalanuvchi tuzlariga utkazish maksadida (kislota eri-
tuvchilarda preparatlarning galogenvodorodli tuzlari kislotali xossasini saklab koladi)
titrlanuvchi eritmaga 5 % li simob (II)-atsetat tuzining eritmasi kushiladi. Titrlashni kristall
binafsha indikatorining 0,1 % li sirka kislotadagi eritmasi ishtirokida, suyuklik binafsha
rangdan sarik-yashil rangga utgunga kadar olib boriladi.
Kristall binafsha indikatorining suyuklikdagi muxit-ga karab rang uzgartirishini taxminan
kuyidagicha ifoda-lash mumkin.
Kristall binafsha molekulasidagi azot atomlari koordinatsiey tuyinmagan bulib, u indikator-asos
sifatida uziga bir kancha proton kabul kilish mumkin va kabul kilgan protonga karab, uzining
rangini uzgartirib turadi. Kislota erituvchilar ishtirokida titrlashda indikator sifatida yana
metiloranj, metilbinafsha, tropeolin kabi buyok moddalar ishlatiladi.
Kislota-asos titrlashning, kislota erituvchi ishtiro-kidagi usuli kup sonli alkaloidlar, turli azot
saklagan geterotsiklik birikmalar, arilalkilaminlar, oksifeni-lalkilaminlar, vitaminlar va boshka
organik asos xossali moddalar mikdorini aniklashda foydalaniladi.
Kuchsiz organik kislota yoki kislota xossasi mavjud turli organik moddalar mikdorini suvsiz
mux^itda aniklashda asos xossali (protofil) erituvchilardan kupincha etilendiamin, butilamin,
piridin, dimetilformamid yoki ularning benzol va xloroform bilan bulgan aralashmalari
kullanadi.
Asos xossali erituvchilar proton-akseptor, ya’ni proton kabul kiluvchi xossadagi erituvchilarni
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
32
uz ichiga oladi. Ulardan farmakopeya taxlilida asosan dimetilformamid ishlatilib kelinmokda.
Asos xossali erituvchilar ishtirokida kuchsiz kislota xossadagi dori moddalarini titrlashda,
titrant sifatida natriy gidroksidning metanol bilan benzol (1:4.) aralashmasidagi 0,1 mol/l
eritmasi yoki natriy metilatning DF kursatmasi buyicha tayyorlangan 0,1 mol/l eritmasi
ishlatiladi. Dimetilformamid kuchsiz kislota xossadagi moddalar bilan uzaro reaksiyaga kiri-
shib, proton-akseptor sifatida ulardan proton kabul kilib olishi natijasida suyuklikda kislota
muxit darajasi oshadi. Buni DF buyicha ftalazol mikdorini aniklash misolida, kuyidagi
kimyoviy tenglamalar buyicha ifodalash mumkin. " ;
Asos xossaga ega erituvchilar ishtirokida kuchsiz organik kislota va shu xossadagi boshka
moddalarni titrlashda indikator sifatida kupincha timol kuki yoki bromtimol kukining
dimetilformamiddagi eritmasi ishlatiladi va titrlash suyuklik kuk rangga kirgunicha olib
boriladi. Davlat farmakopeyasi asos xossaga ega erituvchilar ishtirokida barbiturat gurux
preparatlaridan benzonal, feno-barbitalni, sulfanilamid preparatlaridan ftalazolni aniklashni
tavsiya kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |