31. Mavzu: Pirimidin 2,4,6 - trionxosilalari.
Reja:
1. Pirimidin 2,4,6, trion hosilalari tasniflanishi.
2. Pirimidin 2,4,6, trion hosilalari tahlili
3. Umumiy va xususiy reaksiyalari
4. Pirimidin 2,4,6, trion hosilalarining tibbiyotda qo`llanilishi.
Tayanch iboralar: Pirimidin-2,4,6-trion hosilalari, barbitur kislota hosilalari, barbital,
fenobarbital, benzonal.
Pirimidin- 2,4,6- trion hosilalari
(Barbitur kislota hosilalari)
Barbitur kislota siklik ureidlarga kirib, uning molekula tuzilishi 2,4,6- trioksi pirimidin
halqasidan tashkil topgan.
Barbitur kislotaning o‘zi dori ta’siriga ega emas. Ammo uning 5- holatdagi uglerod
vodorodlarining turli o‘rinbosarlarga almashilgan hosilalari organizmda uxlatuvchi va
tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |