Farmatsevtik etika va deontologiya



Download 287,7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2022
Hajmi287,7 Kb.
#472281
Bog'liq
Farm etika va deontologiya



FARMATSEVTIK ETIKA VA DEONTOLOGIYA 
REJA: 
10.1. Farmasevtik tashkilotlarda ahloq va deontologiya haqida tushuncha va 
ularga qo‘yilgan talablar. 
10.2. Farmasevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari. 
10.3. Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti. 
10.4. Jamoani boshqarish jarayonida rahbar ahamiyati va tadbirkorlik ahloqi. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: aloq, odob, etika, fe'l-atvor, burch, ahloq me'yorlari, 
deontologiya, 
hamkasaba, 
jamoa, 
rasmiy 
murojaat, 
ishbilarmon 
odob, 
kelishmovchilik, nizolar. 
Farmasevtik tashkilotlarda ahloq va deontologiya haqida tushuncha hamda ularga 
qo‘yilgan talablar 
Dorixona xodimlari faoliyatida ahloq va deontologiya, ya'ni farmasevt xodimlarni 
kasbiy burchlarini bajarishlaridagi fe'l-atvor va ahloq me'yorlari majmui muhim 
o‘rin tutadi. 
Etika so‘zi yunoncha «aeyyuz» degan so‘zdan kelib chiqib, “yurish-turish, ahloq” 
degan ma'nolarni bildiradi. “Ahloq;” deganda kishilarning bir-biriga munosabati, 
jamiyat, davlat, vatan, kasb hamda oilaga bo‘lgan munosabatlarni tartibga solib 
turadigan va shaxsiy e'tiqod an'analari, tarbiyasi butun jamiyat yoki guruhning 
kuchi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan qoidalar, xulq-atvorlar talablari tushuniladi. 
Qadimda birinchi bor bu so‘z (termin) ni qadimgi buyuk yunon faylasufi 
mutafakkir olim Aristotel' qo‘llagan. 
Farmasevtik ahloqning asosiy kategoriyalari: 

burch, majburiyat, xalollik, vijdonlilik, raxm-shavqat, ziyraklik bo‘lib, ular 
bemor va uning qarindoshlarini dori-darmon bilan ta'minlashda asosiy rol' 
o‘ynaydi. 
Ahloqning kasb turlariga qarab bir necha turlari mavjud: 

tibbiyot xodimining; 



farmasevt xodimning 

yuristning; 

o‘qituvchining va hokazolar ahloqi. 
Deontologiya - kasbiy burch xavddagi fan. Deontologiya - bu etikaning bir qismi. 
Deon (yunoncha) - bo‘lishi lozim, logos - ta'limot demakdir. Shifokor va farmasevt 
faoliyati, inson salomatligini mustahkamlashga qaratilganligidan farmasevtik 
deontologiya tibbiy deontologiya bilan uzviy bog‘liq. Farmasevt bemor va 
atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‘lishi, sekin gapirishi, o‘z ishini tez va sifatli 
qilishi, ish joyini toza, saranjom tutishi, yumushini tashlab ketmasligi, hujjatlarni 
qonuniy yuritishi, kasb sirlarini saqlashi lozim. 
U hamisha ish kiyimida, sochlar qalpoq ostiga yig‘ilgan, tirnoqlari kalta olingan, 
ish vaqtida har xil taqinchoqlar taqmagan bo‘lishi kerak. Farmasevt Hamma 
bemorga kelib chiqishi, dunyoqarashi, yoshi, jinsi millatidan qat'iy nazar bir xil 
namunali xizmat ko‘rsatishi shart. Doimo o‘z ustida ishlab, bilimini va amaliy 
ko‘nikmalarini oshirib borishi zarur. 
Farmasevtik deontologiya farmasevtlarning jamiyat, bemorlar, shifokorlar va 
hamkasabalar bilan o‘zaro munosabatlari masalalarini o‘z ichiga oladi. Dorixonaga 
murojaat etuvchilarning o‘zaro munosabati farmasevtik deontologiyaning bosh 
yo‘nalishidir. 
Azaldan farmasevtlarning ahloqiy va ma'naviy jihatlariga alohida talablar 
qo‘yilgan va bu kasb egasi o‘z navbatida jamiyatga, hamkasblariga, bemorlarga 
nisbatan ma'lum bir ahloqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. 
Bemorlar bilan muloqotdagi deontologik me'yorlarga quyidagi talablar quyiladi: 

tashqi qiyofa (bejirim tashki qiyofa bemorlarning ishonch bilan qarashiga 
sharoit hozirlaydi); 

fe'l-atvor (bemorlar bilan munosabatda bo‘lganda ularga diqqat bilan e'tibor 
berish va o‘zini tuta bilish zarur); 

nutq (ko‘p hollarda shirinsuhanlik doriga nisbatan yaxshiroq davolaydi, 
o‘ylanmay aytilgan so‘z esa, bemorni farmasevtga bo‘lgan ishonchiga putur 
yetkazishi mumkin); 

bemorni tinglay bilish, uning holiga achinish, o‘zgalar qayg‘usiga 
hamdardlik - deontologiyaning muhim talabidir. 


Bundan tashqari, farmasevtning diqqat bilan e'tibor bermasligi bemor ruhiyatiga 
zarar yetkazadi; 

dori vositalarni estetik rasmiylashtirish (bemorni tayyorlangan dorilarga 
ishonchini mustahkamlash maqsadida dorilarni rasmiylashtirishga e'tibor berish 
zarur. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, o‘ziga jalb etmaydigan dori bemorda uning 
sifatiga shubha tug‘diradi); 

bemordan ba'zi noxush ma'lumotlarni sir saqlash (xastalik jarayoniga va uni 
davolashga ijobiy ta'sir etishi mumkin. Xastalikni emas balki dorining muntazam 
ta'sirini ko‘rsatish tavsiya etiladi); 

malaka oshirish (nihoyat, oqibatda inson salomatligi farmasevt xodim 
malakasining darajasiga bog‘liqligi boisidan ham, ish usullarini takomillashtirish 
deontologiya omillar orasida muhim o‘rin tutadi. Farmasevt ishida yo‘l qo‘yilgan 
xato tuzatilmas, qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini doim yodida tutishi 
lozim); 

dorixona xodimi dorilarni qabul qilish qoidalarini batafsil tushuntirishi, 
dorilarning qo‘shimcha ta'sirlari haqida bemorni ogohlantirishi lozim. 
Deontologiyada farmasevt bilan shifokor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga muhim 
o‘rin ajratiladi. Farmasevtlar shifokorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan holda faoliyat 
ko‘rsatishlari 
lozim. 
Farmasevtlarning 
shifokorlar 
bilan 
aloqasini 
mustahkamlanishi dorixonada axborot ishini yaxshilaydi. 
Bemorning davolanishga bo‘lgan ishonchini saqlab qolish maqsadida farmasevt 
shifokor fikrini qo‘llab-quvvatlashi kerak. 
Farmasevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari 
Farmasevt shlosining asosiy vazifalaridan biri - jamiyat va bemor kishi salomatligi 
yulida holis mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda ham tibbiy yordam 
ko‘rsatish, bemorga diqqat-e'tibor, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishdir. 
O‘zining barcha xatti-harakatlarida yuksak insoniy qoidalarga rioya qilish, 
farmasevt xodimining yuksak vazifasini anglash, o‘z Vataniga mehr-muxabbat va 
sadoqatni, burchiga sodiqlikni tarbiyalash, yuksak insonparvar kasbning olijanob 
an'analarini saqlash hamda ko‘paytirishdan iboratdir. Buyuk allomalar fikricha, 
ahloqda diyonat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, intizom, vijdon, burch, javobgarlik, 
mas'uliyat, iffat, hayo, idrok, hayrixohlik, sadoqat, muxabbat, qadr-qimmat, 
nomus, xulq-atvor, baxt kabi insoniy hislatlar mujassamlashgandir. Yuksak 
ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan farmasevt xodimi o‘z burchini aniq va sifatli 
bajaradi. 


Farmasevt xodimlar bemor bilan muomala qilishda ahloq qoidalariga amal 
qilishdan tashqari, sabr-toqat bilan va o‘zini tuta bilishi ham kerak. Farmasevt 
shifokor bilan bemor o‘rtasida ishonchni yaratishi, shifokor va farmasevtlarning 
obro‘-e'tiborini oshirishga hissa qo‘shishi kerak. 
Farmasevt deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

tibbiyot va farmasevt xodimlar xulq-atvorining natijasini yana ham 
oshirishga qaratilgan qoidalarni o‘rganish; 

farmasevtika sohasidagi noqulay omillarga chek qo‘yish; 

farmasevt xodimlar bilan bemorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni 
o‘rganish; 

samarali bo‘lmagan farmasevtik faoliyatining zararli oqibatlarini tugatish. 
Korxona rahbari yoki dorixona mudirining topshiriqlari, ko‘rsatmalarini o‘z 
vaqtida aniq bekamu-ko‘st, vijdonan bajarishi hamda kasbiy faoliyatining ahloqiy 
asoslarini va madaniyatini yuksaklikka ko‘tarishni tadbiq etish farmasevtning 
asosiy deontologik vazifalaridan biridir. 
Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti 
Jamiyatimizning asosiy bir ligi mexnat jamoasidir. Jamoadagi barcha a'zolarni 
uning rax,bari ostidagi jipsligi, dustona uzaro munosabatlari, bir-birlarini hurmat 
qilishlari, oshkora samimiy tanqid ishning sifatini oshiradi. 
Shuning uchun ham ko‘p hollarda farmasevtik deontologiyada mehnat jamoasidagi 
shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, kasbiy tayyorgarlik darajasi, 
muassasadagi anik sharoit, ma'lum holatda rahbar shaxs, uning uslubiy tomonidan 
belgilanuvchi ahloqiy muhit alohida o‘rin tutadi. 
Farmasevtik muassasalarning ruhiy muhitiga alohida talab qo‘yiladi. Bu yerda na 
bemorlarga nisbatan, na hamkasblarga nisbatan qo‘pollik o‘rinsiz harakat va 
e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bir jon, bir tan bo‘lib ishlovchi ahil jamoani shakllantirish, unda mehnat uchun 
sog‘lom muhitni yaratish rahbarning muhim vazifalaridan biridir. Jamoani 
uyushtirish uchun rahbar rasmiy va norasmiy munosabatlarni e'tiborga olib, 
xodimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va munosabatlar o‘rnatilishini ta'minlashi kerak. 


Agar rasmiy tizim jamoa a'zolarining ma'muriyat tomonidan biriktirilgan 
aloqalarini tasvirlasa, norasmiy aloqalar shaxsiy xush ko‘rish va xush ko‘rmaslik, 
manfaatlar umumiyligi, harakterlar mushtarakligi, bir- birini tushunish kabilar 
asosida tashkil topadi. Ular o‘ta mos yoki yaqin kelganda nuxsonsiz ideal holat 
hisoblanadi. 
Modomiki, dorixonada ishlovchilarning ko‘pchiligi xotin-qizlar tashkil k;ilar ekan, 
ularning o‘ziga xos ruhiyati nazarda tutilishi lozim. Shuningdek, xodimlarning 
yoshi, mehnat staji, faoliyatining tavsifi, ma'lumoti, oilaviy ax;voli kabilar ham 
e'tiborga olinadi. Masalan, turli yoshdagi kishilardan tashkil topgan jamoalarda - 
intizom yuqori darajada ustozlar g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarda tezrok o‘sish kuzga 
tashlanadi, ruhiy va ruhiy-jismoniy mos kelishlik muammosi osonlik bilan 
yechiladi. 
Mehnat jamoasida talab darajasidagi o‘zaro munosabatlar xodimlar qo‘nimsizligi, 
kelishmovchilik kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olib, ularning salomatligi va 
o‘zlarini his etishlariga ijobiy ta'sir etadi. 
Jamoani boshqarish jarayonida rahbarning ahamiyati va tadbirkorlik ahloqi 
Rahbar jamoadagi asabiy tanglikni bartaraf eta bilishi lozim. X,ar bir 
kelishmovchilik tahlil etiladi va eng muhimi uni keltirib chiqaruvchi sabablar 
bartaraf etiladi. Kelishmovchiliklar tabiatiga ko‘ra, ishlab chiqarish va shaxsiy 
xarakterga ega. Mehnatni tashkil etish va me'yorlashdagi kamchiliklar, xususan, 
xodimning qaysi ishni, qanday hajmda bajarilishi lozimligi haqida aniq tasavvurga 
ega emasligi, rahbarning noo‘rin harakatlari, jamoa a'zolari o‘rtasidagi nomoslik 
kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Kelishmovchiliklarni hal etishning ikki usuli mavjud: pedagogik va ma'muriy. 
Ishontirish usuli asosiy pedagogik usulidir. 
Hozirgi zamon rahbarining faoliyatida ijtimoiy vazifalarni hal eta olish, odamlar 
bilan ishlay olish, jamoada mehnat natijalaridan ma'naviy- ahloqiy va moddiy 
manfaatdorlikni vujudga keltirish, xodimlarga topshirilgan ish uchun ma'suliyat 
xissini tarbiyalash qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. 
Dorixona rahbari, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun jazoni qo‘l ostidagi xodim 
tomonidan adolatli deb qabul qilinishiga ishonch hosil qilgandagina beradi. Jazoni 
tee-tez qo‘llash rahbarning qat'iyatsizligidan, uning bo‘shligidan va ishni tashkil 
eta olmasligidan guvohlik beradi. 
Xodimni maqtash, har doim jamoa oldida bo‘lishi, beriladigan tanbex esa uning 
izzat-nafsoniyatiga tegmasligi va qadr-qiymatini kamsitmasligi lozimligini yodda 


tutish kerak. Qo‘l ostida ishlayotgan har bir kishi shaxsini xurmat qilish, 
xodimlarga nisbatan qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. Rahbarni qo‘l ostidagilar 
tomonidan qilingan tanqidga qanday qarashi uning faoliyatining muhim qirrasidir. 
Agar rahbar tanqid qiluvchiga emas, o‘ziga nisbatan chora ko‘rib, xatolarini tuzatar 
ekan, bu uning yetuklik sinoviga bergan bardoshi. Tanqid muammosi - qo‘l 
ostidagi xodimning fikriga, uning tashabbusiga hurmat muammosidir. 
Rahbarning yaxshi tashkilotchiligida hamma tarmoqlarda ahil, intizomli, 
mehnatsevar jamoa shakllanadi. 
O‘ta rivojlangan ishbilarmon o‘z mehnatini faqat o‘zi uchungina emas, balki 
boshqalar uchun, jamiyat va davlat uchun ham foydali ekaniga ishonadi. 
Ishbilarmon rahbarning ish uslubidan: 

raqqobat zaruriyatini e'tirof etadi, hamkorlik lozimligini tushunadi; 

har bir shaxsni o‘zi kabi xurmat qiladi; 

mulkning har bir shaklini, davlat hokimiyatini, ijtimoiy tartibni, qonunlarni 
xurmat qiladi; 

ma'rifatni, fan va texnikani, informatikani, madaniyatni qadrlaydi, 
ekologiyani xurmat qiladi. 

yangiliklarni ishga takdim etishga intiladi. 
Tadbirkorlik ahloqi - butun dunyo ishbilarmonlarining amaliyotida kup yillar 
davomida orttirilgan tajribalardan kelib chikdan xatti-xarakat me'yorlarining 
majmuidir. Bunday me'yorlarning uzagi - xalk;aro xushmuomalalik tamoyillaridir, 
boshqacha aytganda, nimaiki hamkor davlat timsoli va vakili bo‘lsa, hammasini 
qat'iy hurmatlash va yod etishdan iborat. 
“Har kanday sharoitda ham xodimlaringizni, buyurtmachilaringizni, nazoratchi 
hokimiyatni, 
aksiyadorlaringizni, 
boshlig‘ingizni, 
hamkasabalaringizni, 
ta'minlovchilaringizni, hatto raqiblaringizni ham hech qachon aldamang”. 
Tadbirkorning bu burchlarini amerikalik menejer Robert Cheyz o‘zining 
“Boshqarish sirlari” degan kitobida aytib o‘tgan. Biznesda halollik - har qanday 
amaliy munosabatlarning zaminidir. Unga bepisandlik qilish oxir - oqibatda 
obro‘ni yo‘qotishga olib keladi. Obro‘ni bir marta yo‘qotgandan keyin, qayta 
tiklash juda qiyin. 


Ishonch - tadbirkorlik amaliyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, uning 
ahamiyati ortib borayapti. O‘zaro ishonch juda muhim omil. Ishbilarmonlik 
munosabatlarida ikki pog‘ona mavjud: rasmiy va norasmiy. Rasmiylari o‘zaro 
tuzilgan 
turli 
kelishuvlar, 
shartnomalarga 
asoslanib, 
sheriklarining, 
sotuvchilarning, xaridorlar va boshqalarning huquqlarini aks ettiradi. Norasmiylari 
o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanib qoladi va hech qanday yozma 
majburiyatlar bilan bog‘lik bulmasligi mumkin. Bunday xolda umumiy ishning 
yutugi hamkorlar urtasidagi uzaro ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Madaniylashgan 
tadbirkorlik 
odobining 
shakllanish 
shart-sharoitlari 
kuyidagilardan iborat: 

siyosiy va iktisodiy erkinlik, demokratik davlat, ko‘p partiyaviylik, so‘z, 
matbuot va e'tiqod erkinligi, tovar ishlab chiqaruvchilarning erkin raqobati, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda istalgan jismoniy va huquqiy 
shaxslarning tengligi, iste'molchining mustaqilligi va shu kabilar; 

barqarorlik - kuchli ijrochi hokimiyat, siyosiy kurashning parlament 
vositalari, qonunlarning barqarorligi; 

tashviqot - ommaviy axborot vositalari yordamida muvoffaqiyat 
qozonayotgan, yuksak ma'naviy tamoyillarni egallagan ishbilarmon qiyofasini 
yaratish, poraxo‘rlik, ta'magirlik, noxalol raqobatni qoralash; 

huquq - nafakat tadbirkor faoliyatini cheklab qo‘yadigan eng umumiy, 
ijtimoiy standart hatti-harakatlarini me'yorlarini belgilaydi, balki undan kam 
bo‘lmagan darajada mamlakat biznesida uchraydigan salbiy xodisalar bilan 
kurashish hamdir. 
Uyushma - tadbirkorlarning kasaba uyushmalarini yaratish. Ular a'zoliylik 
darajasiga baho berishda xolis turishlari va guruh ma'naviyati me'yorlari buzulgan 
paytda eng qat'iy choralar ko‘rishlari lozim. 
“Biznesda toza qo‘l, moslashuvchanlik, tadbirkorlik, xalollik - jamiyatga xizmat 
kiladi”. 
D.Kornegi va boshka mashhur kishilarning nasihatlarini o‘rganing. Ularni kundalik 
va ish bilan bog‘liq xdyotimizning me'yori va tamoyili k;ilib oling. Birok; uzil-
kesil koidalar bilan bir katorda bizning endi oyokka turatgan biznesimizda ishni 
yaxshi yurtishning yashirin nozik tomonlari uchraydi. Ularni ko‘ra bilish va ular 
yetuk uslubga aylanishiga ko‘maklashish - amaliy munosabatlar nazariyasining 
masalalaridan biri. Shuning uchun ham ish munosabatlarining tadbirkorlik 


amaliyotida nazariy jihatdan hali shakllanib ulgurmagan uslubini me'yorlashtirish 
o‘rinli emas. 
Tadbirkorning 80-90% vaqti muloqotlarga sarf bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lish - 
muloqot ila olish demakdir. 
Amaliy va ishchan munosabatning asosiy vazifasi - hamkorlik. Xdmkorlik 
sheriklarning uzlarini bir-birlariga tanishtirishdan boshlanadi. Shuni unutmaslik 
kerakki, bunday paytda xar bir tomonning xayolida sherigi haqida: “Bu aslida kim 
uzi?” degan savol tugiladi. Shu savolga javob bera turib, biz munosabat turini 
tanlaymiz. Agar uzini tanishtirish amalda isbotlanmasa, kungil soviydi, 
munosabatlar uzilishiga boradi. Sheriklar bir-birining xatosi va kamchiliklariga kuz 
yumishlari mumkin, lekin bularni kechirmaydilar. Shuning uchun ishchan 
munosabatning muhim tamoyillaridan biri - so‘zning ustidan chikish va amalda 
isbotlashdir. 
Ishchan munosabatning aksariyat qismi muzokaralardan iborat. Muzokara 
mahorati ham - fan va san'at. Muzokara usullarini o‘rganish kerak. Suhbat 
mavzuidan qat'iy nazar bu usullari bir xil. 
Muzokara - kundalik hayotimizning omili. O‘z maqsadlarimizga erishish uchun biz 
hamma yerda turli sabablar bilan gaplashamiz. Biz ko‘pincha yomon gaplashamiz. 
Betoqat, xudbin, yon bermaydigan bo‘lib, ikkinchi tomonning manfaatlarini 
hisobga olmasdan ko‘pincha munosabatni buzib qo‘yamiz. 
Xulosada shuni ta'kidlash joizki, odob muammolari hamma mamlakatda (milliy, 
xududiy, mahalliy) muhim o‘rin tutadi. Eski muammolar: korrupsiya manfaatlar 
kurashi, beodoblik, kamsitish kabilar bilan bir qatorda, xususiylashtirish, 
mustaqillik, axborot texnologiyasi va boshka yangiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan 
yangi muammolar yuzaga keladi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmon quyidagi hollarda: stul atrofida, 
jamoat, mehmondorchilik tashriflarida, jamoat joylarida va kuchada, chet ellik 
deligasiyani qabul qilish vaqtida, tabriklar va tanishuvlarda, deligasiyani kutib 
olish jarayonida, avtomobillarga o‘tkazish vaqtida, ishtirokchilarni muzokaralar 
stoli tevaragiga joylashtirishda, rasmiy shaxslar bilan telefon orqkali gaplashishda, 
ishbilarmonlar qkabulida, yangi xodimni hamkasblarga tanishtirishda va 
hokazolarda ishbilarmonlik odobi me'yorlariga rioya qilishi kerak. 

Download 287,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish