115
6. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash.
7. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: gel'ga kiritish.
8. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: mikrokapsula olish.
9. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: liposomaga kiritish.
10. Fermentlarni fizikaviy usulda immobilizatsiyalash: nanosomalar olish.
MASHG‘ULOT № 14
MAVZU: Biogaz olish tehnologiyasi
Mashg'ulot shakli:
«Sanoat farmatsiyasi» yo‘nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg‘ulot.
Mashg'ulot uslubi:
«Klaster» usuli.
Trening «muloqot».
Mashg‘ulot maqsadi:
Mavzuning ahamiyati:
Biogaz biomassaning vodorodli yoki metanli bijg'ish jarayoni natijasida hosil bo'ladi.
Bijg'ish jarayoni 3 turdagi bakteriyalar ishtirokida sodir bo'ladi. Bir turdagi bakteriya o'zidan
avvalgisidan qolgan moddalar almashinuvi mahsuloti bilan oziqlanadi. 1-tur bakteriyalar –
gidrolizlovchilar, 2-tur bakteriyalar – kislota hosil qiluvchilar, 3- tur bakteriyalar – metan hosil
qiluvchilar. Biogaz ishlab chiqarishda ana shu uchchala turdagi bakteriyalarning barchasi
qatnashadi. Biogaz har doim ham metan bo'lavermaydi. Ba'zi bakteriyalar
vodorod ham sintez
qilishi mumkin. Hosil bo'lgan energiyaning bu turi biovodorod deyiladi.
Biogaz tarihi
Insoniyat biogazdan foydalanishni juda qadimdan yo'lga qo'ygan. Eramizdan avvalgi
birinchi mingyillikda hozirgi germaniya hududida ibtidoiy biogaz qurilmalari bo'lgan. El'ba
daryosi yoqasidagi botqoqliklarda yashagan alemanlar suvga botgan daraht to'nkalarini
ajdarholar deb o'ylashgan. Botqoqda hosil bo'lgan gazlarni ajdarhoning nafasidan chiqayapti deb
o'ylaganlar. Alemanlar «g'azabnok ajdarhoni jahlidan tushirish»
uchun botqoqqa qurbonliklar,
oziq-ovqat tashlaganlar. Ular teridan chodir tikib, u bilan botqoqlikni ustini berkitganlar hamda
teri quvurlar yordamida yashaydigan joylariga olib borganlar va uni yoqib egulik tayyorlaganlar.
Egulik tayyorlashning boshqa yo'li bo'lmagan. Chunki botqoqliklarda quruq o'tin topish ancha
mushkul ish edi.
XVII asrda bel'giyalik olim Yan Baptist Van Gel'mont
parchalanayotgan
biomassadan
alangalanuvchi
gaz
ajralib
chiqayotganini aniqladi.
55-rasm.. Yan Baptist Van Gel'mont.
Kimyogar, vrach va fiziolog
(1580-1644).
Alessandro Vol'ta (Italiya) 1776 yil parchalangan
biomassa miqdori
bilan ajralib chiqqan gazning miqdori orasida bog'liqlik borligini topdi. 1808 yil angliyalik ser
Hemfri Devi biogaz tarkibida metan borligini aniqladi. Eng birinchi
hujjatlashtirilgan biogaz
qurilmasi 1859 yil Hindistonning Bombey shahrida qurilgan. Biogaz 1895 yil Buyuk Britaniyada
ko'chalarni yoritish uchun ishlatilgan. 1930 yil biogaz ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi
bakteriyalar kashf etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: