78
Har bir nukleotidning o'z nomi bor. DNK asoslari 2 hil bo'ladi:
purin asoslari (adenin-A, guanin-G);
pirimidin asoslari (sitozin-C, timin-T(RNKda uratsil-U)).
Nukleotidlar L va D optik izomerlar shaklida bo'ladi. Barcha tirik organizmlar o'z nukleotidlarini
«qurishda» D – shakldagi izomerlardan foydalanadilar. L – shakldagi izomerlar DNK sintezi
uchun javob beradigan fermentlarni ingibirlaydi.
DNKda 1ta gidroksil guruhi bo'lgan 2'-dezoksiriboza bor. RNKda esa 2ta gidroksil guruhi
bo'lgan riboza bor. Nukleotidlar bir-biri bilan fosfodiefir bog'i orqali bog'langan.
Bunda bir
nukleotidning 5'- uglerod atomi fosfat guruhi «qo'shni» nukleotidning 3'- gidroksil guruhi bilan
bog'langan. Polinukleotid zanjirning bir uchi 3'-ON (3'-uchi), ikkinchi uchi esa 5'-fosfat guruhi
(5'-uchi) bilan tugallanadi.
Nativ
12
DNK spiral hosil qiluvchi 2 ta polimer zanjirdan iborat. Zanjirlar bir-biri bilan
vodorod bog'lari orqali bog'langan. Adenin faqat timin bilan, guanin
esa faqat sitozin bilan
birikadi. Adenin-timin juftligi 2 ta, guanin-sitozin juftligi 3 ta vodorod bog'lari orqali birikkan.
Ikki zanjirli DNK uzunligi komplementar nukleotidlar juftlarining soni bilan o'lchanadi.
Masalan, odamning DNK molekulasi 263 million nukleotidlar juftidan tashkil topgan.
DNK molekulasi zanjirlari bir-biriga antiparallel; biri 3'→5' yo'nalishda, ikkinchisi 5'→3'
yo'nalishda tuzilgan.
Genetik informatsiyani tashuvchisi ikki talabga javob berishi lozim:
yuqori aniqlikda replikatsiyalanishi kerak;
oqsil molekulalari sintezini kodlashi kerak.
Komplementarlik printsipiga muvofiq, har bir DNK
zanjiri yangi komplementar
zanjirning hosil bo'lishi uchun matritsa bo'lib hizmat qila oladi. Agar hujayra bo'linadigan bo'lsa,
ribosomalarda DNK molekulasidan nusha ko'chiriladi. Bunda DNK zanjirlari bir-biridan
ajraladi. Har bir zanjir o'sha zahoti aynan o'zi bilan bir hil bo'lgan ikkinchi zanjirni sintezlaydi.
Natijada 2 ta bir hil hromosoma hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan hromosomalar bo'linayotgan
hujayralarga taqsimlanadi. Hujayraviy tuzilishga ega bo'lgan barcha
tirik organizmlarda irsiy
belgilar ota-onadan keyingi avlodlarga shu tarzda o'tadi.
Replikatsiyaning har bir raundida DNK molekulasi bilan bir hil 2 ta yangi molekula hosil
bo'ladi. Strukturaviy gendagi nukleotidlar ketma-ketligi u kodlaydigan oqsildagi aminokislotalar
ketma-ketligini belgilaydi. Shuningdek DNKning har bir zanjiri yangi hosil bo'ladigan zanjir
uchun matritsa (qolip) vazifasini bajaradi. Matritsadagi azot asoslari
ketma-ketligi yangi
zanjirdagi azot asoslari ketma-ketligi qanday bo'lishini belgilaydi.
Prokariot va eukariot hujayralarda DNK sintezi turli hil fermentlar ishtirokida kechadi.
Asosiy rolni DNK-polimeraza fermenti o'ynaydi. Bu ferment fosfodiefir bog'lari hosil bo'lishini
katalizlaydi. Hamda o'sayotgan polinukleotid zanjiri zvenolarini komplementarlik printsipi
asosida bir-biriga ulaydi.
DNKni parchalash uchun agaroza (dengiz suv o'tlaridan ajratiladigan polisaharid)
asosida
mahsus gellar yaratilgan. Agaroza gelida DNK molekulasini parchalash usuli
Do'stlaringiz bilan baham: