Farmatsevtik biotexnologiya


 mavzu Biotexnologiya yordamida ekologik vaziyatni saqlash



Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/134
Sana28.09.2022
Hajmi4,16 Mb.
#850569
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Bog'liq
farmatsevtik biotexnologiya (1)

14 mavzu Biotexnologiya yordamida ekologik vaziyatni saqlash 
va qayta tiklash jarayonlari 


59 
4.
Biologik mikroqurilmalar yaratish, shu jumladan biokimyoviy signallarni elektrik 
signallarga aylantiruvchi ditektorlar va biologik mahsulotlardan (fermentlar, antigenlar, hujayra va 
x.k) tuzilgan bioaniqlagichlar (biodatchiklar) yaratish. 
Mazkur bo‘limda energiya biokonversiyasining elektrokimyoviy energiya bilan bog‘liq bir 
necha yo‘nalishlari haqida so‘z yuritiladi. Energiya biokonversiya tizimlari ayni vaqtda har doim 
maxsus xususiyatlariga ko‘ra ulardagi jarayonlarning o‘rganilganligi, texnologik qulaylikka 
yaqinligi bilan farq qiladi. 
Energiya biokonversiya tizimidagi qator muammolar izlanishlar boshida hamda ulardan 
foydalanish jarayonlarida vujudga keladi. Zamonamiz talablaridan kelib chiqqan holda yangi 
yaratilajak istiqbolli texnologiyalar ularni atrof muxit va biosfera bilan munosabatlari uzviy 
bog‘liq bo‘ladi. Energetikaning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati ekologiya sohasida 
“enerkologiya” termini bilan atalishi taklif etilgan. 
Enerkologik nuqtai nazardan keng asoslangan istiqbolli energiya turlaridan biri atom 
energiyasi bo‘lsada, ularning bir qator salbiy xususiyatlarga egaligi shu jumladan, issiqlik ajratishi, 
radiaktiv nurlar chiqarishi va x.k ko‘pchilikka ma’lum. 
YAngi energiya manbalarini izlash, eng avvalo erning issiqlik balansiga zarar etkazmaydigan 
tizimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ayni vaqda ma’lum bo‘lgan bunday 
manbalardan biri- ekologik toza bo‘lgan quyosh energiyasidir. 
Quyosh energiyasidan foydalanish 
Bir qator “toza” va “mukammal” quyosh energiyasidan foydalanish sxemasi 2.7-rasmda 
keltirilgan.
Quyosh energiyasidan foydalanish ekologik raqobatbardosh texnologiyalardan eng istiqbollisi 
desak xato bo‘lmaydi. Ayni paytgacha quyosh energiyasi spektridan elektr toki hosil qiluvchi, 
anorganik kristallarga asoslangan yarimo‘tkazgich fotobakteriyalar yaratilgan. Aytish mumkinki, 
asosiy vazifa o‘z echimini topgan. Keyingi qilinadigan asosiy vazifa - rentabelli tizim qurishning 
texnologik echimini topish bilan bog‘liq.
Ushbu vazifani hal qilishda tabiatda mavjud bo‘lgan fotobakteriyalar va yashil o‘simliklar 
fotosintezining birqator mexanizmlaridan foydalanish mumkin. Tadqiqotchilar e’tibori fotosintez 
mexanizmlaridan foydalanib, sun’iy fotosistema qurishga qaratildi.Bunday sistemalardan 
foydalanib quyosh nuri kvantlar energiyasidan kimyoviy energiya potensialida, o‘simliklar 
fotosintezining maksimal energiyasiga qaraganda ko‘proq energiya hosil qilish mumkin. 
Sun’iy fotosistemalar qurishda fotoretseptorlar sifatida: 
1.
Xlorofil va boshqa pigmentlar; 
2.
Pigment saqlovchi izolatsiyalangan hujayraviy strukturalar; 
3.
Hujayradan ajratilgan fermentli tizimlardan foydalaniladi.
Har qanday energiya almashtiruvchi tizim uchta asosiy blok saqlaydi: 
1. zaryad bo‘linishi uchun fotokimyoviy tizim; 
2. elektronlarni fermentga tashuvchi mediatorlar; 
3. mobilizatsiyalangan elektron yoki “chidamli fotomahsulotlar olish uchun “teshikcha” 
(poralar) quyosh nurlari kvantlar energiyasi zahirasidan foydalanish qobiliyatiga ega fermentli 
tizim. 
Fotokimyoviy faol mahsulotlar hosil qilishni (faol oksidlash va qaytarilish) ajratish uchun 
sun’iy membrana yaratish istiqbolli hisoblanadi. Qator laboratoriyalarda - energiya nuri zahirasini 
saqlovchi turli xil potensialllar hosil qiluvchi elektronlar va inert elektrod bilan o‘zaro 
ta’sirlashuvchi “teshik” to‘playdigan xlorofil va boshqa pigmentlar qo‘llaniladigan fotoelektrik 
jarayonlar o‘rganiladi. 
Laboratoriya sharoitida doimiy ravishda fotosintezlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tizim yuqori 
ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Birinchi navbatda bu - yuqori samarali fotosintez bilan 
xarakterlanuvchi mikrobiologik sistemaga ta’luqlidir.
Ilmiy adabiyotlarda quyoshdan keladigan energiyasi kuchidan qariyib 18 % gachasi mikrob 
kulturalar tomonidan qayta hosil bo‘lishi haqida ma’lumotlar mavjud. 
SHunday qilib, yaratilgan fotosintezlovchi biotexnologik tizim, quyoshdagi amaliy vazifalarni 
echimini topishiga ishonch hosil qilish mumkin, buning : 


60 

Er yuziga tushadigan butun quyosh nurining 30% igacha foydalanish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan uzluksiz fotobiokimyoviy tizimni yaratish;
 

Gen muxandisligi usullari yordamida maqsadga yo‘naltirilgan qimmatli birikmalar: 
uglevodorodlar, oqsillar lipidlar va boshqa biologik faol mahsulotlar sintezlovchi fotobiotexnik 
tizim yaratish;

Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish