Farmatsevtik biotexnologiya



Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/134
Sana28.09.2022
Hajmi4,16 Mb.
#850569
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Bog'liq
farmatsevtik biotexnologiya (1)

 
 
Bakteriyalar.
Hujayraviy tuzilishga ega organizmlar bo’lib, 
ularning yadrosi membrana orqali tsitoplazmadan ajratilmagan va oqsillar bilan bog'lanmagan. 
Sitoplazma qo’zg'almas, sitoplazmadagi ribosomalar tartibsiz sochilgan. Bakteriya hujayralarida 
endotsitoz va ekzotsitoz jarayonlari kuzatilmaydi. Ko’pchilik bakteriyalar-bir hujayrali. Eng 
kichik diametri 0.2-10.0mkm (mikrometr). Mikro-10
-6
metr. Bakteriyalar 2ta guruhga bo’linadi: 

arxeobakteriyalar 

eubakteriyalar 


63 
Bu guruhlarning o’zi ham yana alohida guruhlarga bo’linadi. 
Arheobakteriyalarga quyidagi bakteriyalar kiradi:
Galofil 
bakteriyalar 
Haloarcula, 
Halobacterium, 
Halococcus, 
Natrobacterium, Natrococcus
turlarini o’z ichiga oladi. Ular dengiz tuzlari ko’p joyda uchraydi. 
Galofillar uchun optimum natriy xlorid-3.5-5M. 
Termoatsidofil bakteriyalar pH=2-3, temperaturasi 70-90°C bo’lgan issiq buloqlar, pH=1-2, 
temperatura 59°C bo’lgan ko’mir konlari terrikonlari va temperatura 85-105°C bo’lgan dengiz 
tubidagi issiq buloqlar, vulqon yonbag'irlarida uchraydi. 
Metanogen (metan hosil qiluvchi) bakteriyalar:

kokklar-
Methanococcus vannielli 

sartsinalar-
Methanosarcina barkeri

tayoqchalar-
Methanobacterium formicicum

Methanobrevibacter ruminantium

spirillalar-
Methanospirillum hungatei
Metanogen bakteriyalar-anaerob mikroorganizmlar. Ular aholi yashaydigan punktlar 
va shaharlarning oqava suvlaridan hosil bo’lgan ko’lmaklar, go’ng, dengiz sohillari va kavsh 
qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida uchraydi. 
Eubakteriyalarga quyidagi bakteriya guruhlari kiradi: 
Fototrof
bakteriyalarga sianobakteriyalar, to’q qizil va yashil bakteriyalar kiradi. 
Xemotrof
bakteriyalarga 
esa 
grammusbat, 
grammanfiy 
bakteriyalar, 
batsillalar, 
miksobakteriyalar, vibrionlar, spirillalar, spiroxetalar, aktinomitsetlar, korinebakteriyalar, 
mikobakteriyalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikoplazma va spiroplazmalar kiradi. 
 
O'simliklar.
Ular sodda va murakkab tuzilgan o’simliklarga bo’linadi. Sodda
tuzilgan o’simliklar organ va to’qimalarga differentsiallanmaydi.
Ular asosan suvda xayot kechiradi. Murakkab tuzilgan o’simliklar esa organ, 
to’qimalarga ajraladi. Bugungi kunda xalq xo’jaligining turli sohalarida o’simliklarning minglab 
turlaridan foydalanilib kelinmoqda. O’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlar -fotosintez, tanasida 
sellyulozaning mavjudligi, kraxmal biosintezi. 
Suv o’tlarining 100 mingga yaqin turi mavjud.Ularning barchasi xlorofill, ksantofill, 
karotinoid va fikobilinlar xisobiga pigmentlangan. Suv o’tlari-polisaxaridlar va boshqa biologik 
faol moddalar manbai. Ular vegetativ, jinsiy, jinssiz yo’l bilan ko’payadi. Turli davlatlarda 
laminariya (dengiz karami) ishlab chiqariladi. Agar-agar, alginatlar xam suv o’tlaridan olinadi. 
Murakkab o’simliklarning 30 mingga yaqin turi bor. Ular differentsiallanadigan ko’p 
hujayrali, erda o’sadigan organizmlardir.Jinsiy va jinssiz yo’l bilan ko’payadi. O’simliklar 
to’qimalari bajaradigan funktsiyasiga ko’ra: 

qoplovchi 

yangi hujayra hosil qiladigan yoki meristem (yunoncha 
meristos
-bo’linadigan)

o’tkazuvchi 

asosiy 

sekretor (ajratuvchi) 
Ushbu to’qimalar orasida faqat meristem to’qimalargina bo’linish xossasiga ega. Boshqa 
to’qimalar meristem to’qimalardan hosil bo’ladi. 
Meristem to’qimalarning bu xususiyati biotexnologik jarayonda qo’llash mumkin bo’lgan 
hujayralarni olishda juda muhim.
O’simlikning butun hayoti davomida rivojlanishning embrional bosqichida rivojlanishdan 
to’xtagan meristem hujayralar-
initsial
va rivojlanishda davom etib o’simlikning turli 
to’qimalarini hosil qilgan hujayralar-
oxirgi
hujayralar deyiladi. Meristemalar apikal (lotincha 
apex
-tepa qismi, cho’qqisi), lateral (lotincha 
lateralis
-yon tomondagi, yonboshdagi), interkalyar 
(lotincha 
intercalaris
-oraliqdagi) turlarga farqlanadi. 
Birinchi marta 1902-yil G.Xaberlandt o’simlik hujayralarini o’stirishga urinib ko’rdi. O’tgan 
asrning o’rtalaridan boshlab ko’pgina davlatlar o’simliklarning, xususan, meva va 
sabzavotlarning organ, to’qimalarini o’stira boshladilar.G.Xaberlandt ilk marotaba 


64 
o’simliklarning t o t i p o t e n t l i g i haqidagi gipotezani olg'a surdi. Totipotentlik-o’simlik 
somatik (somatik-ko'p hujayrali organizmlarning ko'payishda ishtirok etmaydigan hujayralari) 
hujayralarining to’liq rivojlanib yaxlit, bir butun o’simlik hosil qila olish xususiyati. Istalgan 
o’simlik turidan tegishli sharoitlarda bo’linadigan hujayralar massasini olsa bo’ladi. Bunday 
hujayralar massasi 
kallus
(lotincha 
callus
-qadoq) deyiladi. Kallus to’qimalari orqali 
o’simliklarni sanoat miqyosida yirik masshtablarda ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek bir 
turga mansub o’simlik kallus to’qimasini bir necha marotaba ishlatish mumkin.
Bioob'ektlar orasida o’simlik hujayralarining protoplastlari xam muhim o’rinni egallaydi. 
O’simlik hujayralari protoplastlarini olish usullari bakteriya va zamburug'lar protoplastlarini 
olish usullariga o’xshash. 
Hayvonlar.
Hayvonlar ham o’simliklar kabi sodda va murakkab tuzilganlarga 
farqlanadi. Sodda tuzilganlar (
Protozoa
) bir hujayrali, mikroskopik hayvonlardir. Ular tabiatda 
keng tarqalgan, ba'zilari xatto inson tanasida xam yashaydi. Hujayrasining tuzilishi yirik 
hayvonlar hujayrasiga o’xshaydi. Ularda ham barcha strukturaviy elementlar ya'ni hujayra 
organoidlari bor. Oziqlanish tipiga ko’ra geterotroflardir. 
In vitro
usulida sodda hayvonlarni 
o’stirish juda qiyin. «Krutsin» preparati-ana shu murakkab jarayonlar mahsuli. 
XX asrning boshlarida R.Garrison va A.Karrel hayvon to’qimalarini 
in vitro
usulida 
o’stirish mumkinligini ya'ni to’qimadan ajratilgan hujayrani ozuqa muhitida ham yashay olishini 
aniqladilar. 
Hayvon hujayralari bilan ishlash qiyin bo’lishiga qaramay, ular yordamida o’ziga xos 
mahsulotlar olish mumkin. Masalan, monoklonal antitelolar, transgen hayvonlar. 
Biotexnologik jarayonlarni o’tkazish uchun bioob'ektlar quyidagi o’ta muhim 
parametrlarga ega bo’lishi lozim:
tozalik 
hujayralarning ko’payish tezligi va virus zarrachalarining reproduktsiyasi 
biomolekula yoki biosistemalarning faolligi va barqarorligi 

Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish