Farmatsevtik biotexnologiya



Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/134
Sana28.09.2022
Hajmi4,16 Mb.
#850569
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134
Bog'liq
farmatsevtik biotexnologiya (1)

Oqsil immunogenligi 
Aksariyat an’anaviy farmatsevtik mahsulotlari nisbatan kichik molekulyar massaga ega 
moddalar bo‘lib, ular umuman immun tizimiga aloqadorlikdan yiroqdir. Boshqa tomondan 
oqsillar makromolekulalar bo‘lib, kuchli immun javobini potensial harakatga keltiruvchi 
molekulyar xususiyatlarini namoyon etadi. Uning shakllanishi davrida bizning immun tizimimiz 
autoantigenlarga nisbatan chidamlilik sifatini rivojlantiradi. Bu kabi immunologik bardoshlilik 
umuman olganda bizning hayot tarzimiz davomida turli mexanizmlar orqali rag‘batlantiriladi. 
Bular autoantigenlarga nisbatan javobgarga aylanishdan V- va T- limfotsitlarni himoyalaydi (a) 
yoki ular autoantigenlar bilan uchrashgan vaziyatda bu kabi immun effektor hujayralarnng 
faoliyatini to‘xtatadi (b). 
YUqoridagi prinsiplarga asosan inson manbalaridan (masalan, ayrim antitela preparatlari) 
bevosita ajratib olingan yoki inson genining (kDNK ketma-ketligi) “begona” terapevtik oqsillar 
(masalan, muxandislikka aloqasi bo‘lmagan monoklonal antitelalar) bo‘lganida odamlarda 
immunnogen bo‘lmaydi va rekombinant ekspressiya (masalan, rekombinant odam garmonlari 
yoki sitokinlar) orqali ishlab chiqarilgan terapevtik oqsillar inson immun tizimini 
rag‘batlantiradi. Ushbu umumiy prinsip ko‘p hollar uchun taalluqli, lekin hamma holatlar uchun 
emas. SHunday ekan nima uchun odam amino kislota ketma-ketliklarining davolash oqsillari 
immun tizimini faollashtiradi? Potensial sabablar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

Post-tranlyasion modifikatsiyalardagi farqlar.
Inson terapevtik oqsillari turli 
rekombinant tizimlar orqali ishlab chiqariladi (masalan, achitqi, o‘simlik va hashoratlarga 
asoslangan tizimlar), bular post-tr nanlyasion modifikatsiyalarning batafsil namoyon 
etishi mumkin, ayniqsa glyukotsilyasiya holatida. Ushbu tizimlarning ayrim qand 
qoldiqlari (motivlari) xususiyatlari odamlarda yuqori immunnogen bo‘lishi mumkin. 

Ishlab chiqarishda yoki saqlashda oqsilning strukturaviy o‘zgarishi.
Suboptimal 
mahsulot ishlab chiqarish yoki hosil bo‘lishi qisman degradatsiya, denaturatsiya, 
agregatsiya yoki terapevtik oqsilning cho‘kishiga uchrashi mumkin. Epitoplar odatda 
immun nazoratdan himoyalangani immun tizimini faollashtrish orqali aniqlanishi 
mumkin. 

Preparatlarni qabul qilishning ba’zi usullari.
Asosan teri osti in’eksiyasi oqsil 
agregatsiyasini harakatga keltirishi mumkin yoki oqsil va immun tizimi hujayralari 
o‘rtasida uzaytirilgan aloqaga sabab bo‘lishi mumkin, bu orqali immun javob uchun 
potensialni takomillashtiradi. Bunga qiziqarli misollardan biri inson rekombinant 
eritropoetini asosida ishlab chiqilgan “Eprex” mahsulotidir. 1990 yillarning oxirlaridat 
to‘ldiruvchi sifatida odam zardobi albuminining olib tashlanishi va uning o‘rni glitsin va 
polioksietilen moy kislotasi efiri bilan almashtirilishi natijasida mahsulotning 
formulyasiyasi o‘zgardi. Mahsulot teri osti usuli orqali kiritilgan. Formulyasiyadagi 
o‘zgarishlar bilan bir vaqtda retsipient odamlar nisbatida mahsulot immunnogenlik 
xususiyatiga ega bo‘ldi. Polioksietilen moy kislotasi efiri chiqargan mitsellyar yuzalarda 
ko‘plab eritropoetin molekulalarining assotsiatsiyasi orqali immunogenlik va bu bilan bir 
vaqtda immun tizimi hujayralariga uzaytirilgan ta’siri vujudga keltirildi. Mahsulot 
kiritilishining teri osti usulidan vena qon tomiri usuliga o‘zgartirilishi muaamo keltirib 
chiqaradi.


43 

Qabul qilish me’yorlari va davolash muddatlari.
Qabul qilish me’yorlarining yuqori 
darajalari (normaldan yuqori fiziologik faolliklarda) asosan agar mahsulot hozirda qabul 
qilinayotgan va doimiy tartibda bo‘lsa, u holda potensial autotolerantlikning 
buzishilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Genetik va immunologik omillar.
Ayrim individlar ahamiyatli yoki induksiyalangan 
immunologik abnormal holatlarni namoyon etadi, bunda ularga autotolerantlikning 
buzilishiga bo‘lgan ta’sirchan sharoit yaratiladi. Masalan, odam zardobidan bevosita 
ajratilgan ayrim qon omillari va garmon preparatlari yoki ularni qabul qilgan bemor 
odamlarga nisbatan to‘qima rag‘batlantirgan immunologik javoblar. Bular bemorlarning 
o‘zlarida tabiiy holda immun tizimi etishmovchiligi holatlarida yuzaga kelishi mumkin 
edi. Mahsulotda turli aralashmalarning mavjudligi yoki o‘zgartirilgan mahsulot formalari 
ham omillar kelib chiqishiga ehtimol sababchidir. 
Hatto biron biofarmatsevtika mahsuloti immun tizimini ishga tushirsa ham ushbu holat 
klinika uchun ahamiyatli yoki keraksiz bo‘lishidan qat’iy nazar u avtomatik ravishda 
takrorlamaydi. Ba’zi vaziyatlarda mahsulotga qarshi antitelalar havfsizlik yoki samaradorlikka 
ko‘rsatkichlariga qanday ta’sirga ega emas. Boshqa vaziyatlarda antitela bog‘lanishi 
mahsulotning farmakokinetik hususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin yoki biofarmatsevtik 
preparatning biologik faolligini neytrallashi mummkin. YAnada jiddiyroq holat bu antitellarning 
mahsulotga nisbatan qarshi ortishi oqsillarning endogen formalari bilan reaksmyaga kirishib uni 
neytrallaydi. Mahsulotlarga qarshi shakllangan antitelalar eritpoetin bilan reaksiyaga kirishadi va 
qizil qon hujayralarining (eritpoetin stimullagan) ishlab chiqarilishini to‘xtatadi, bunda antitela 
vositasidagi toza qizil hujayra aplaziasini vujudga keltiradi. 
Oqsil immunnogenligini kamaytirish yoki olib tashlash uchun ko‘plab usullar ishlab 
chiqilgan va moslashtirilgan. Masalan, oqsil muxandisligida monoklonal antitelalardan 
foydalanilgan. Bunga muqobil variant polietilen glikolning oqsil skeletiga kovalent bog‘lanishi 
hisoblanadi. Bu immun tizimlardan oqsil immunogenik epitoplarini potensial himoyalashi 
mumkin.

Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish