Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Auditorlik tekshiruvlarini nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tashabbusi bo‘yicha o‘tkazish



Download 1,63 Mb.
bet82/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Auditorlik tekshiruvlarini nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tashabbusi bo‘yicha o‘tkazish
Auditorlik tekshiruvini nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tashabbusi bo‘yicha o‘tkazish auditorlik tashkiloti tomonidan ular o‘rtasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik tekshiruvini tayinlagan idora hisobidan amalga oshiriladi22.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklanishlar. Quyidagilarga auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi:

  • tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindoshlik munosbatlarida bo‘lgan shaxsga;

  • tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy mulkiy bo‘lmagan manfaatlarga ega bo‘lgan shaxsga;

  • davlat xokimiyati va boshqaruvi idoralarining, hamda xo‘jalik boshqaruvi idoralarining mansabdor shaxslariga;

  • tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xodimiga;

  • auditorlik tashkilotlari va auditorlarga:

a) o‘zlari mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori, kreditori, sug‘urtalovchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdor, qatnashchi, aksiyador hisoblanadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan;
b) mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar bo‘ladigan shaxs ayni bir paytning o‘zida ushbu auditorlik tashkilotining mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan;
v) mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektga auditorlik tekshiruvi qamrab oladigan davrda professional xizmatlar ko‘rsatgan bo‘lsa.
Auditorlik tashkilotlarining professional xizmat ko‘rsatishi.Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarni ko‘rsatishlari mumkin:

  • buxglteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish;

  • moliyaviy hisobotni tuzish;

  • milliy moliyaviy hisobotni tarjima qilish;

  • milliy moliyaviy hisobotni xalqaro buxgalteriya hisobi standartlariga o‘tkazish;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;

  • buxgalteriya hisobi, soliqlar, rejalashtirish, boshqaruv va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha konsalting;

  • soliklar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalar tuzish.

Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlari bilan ko‘zda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ko‘rsatishlari mumkin.
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo‘lishi kerak.
Agap auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qatnashchilari (aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari topshirig‘iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig‘iga binoan o‘tkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning milliy standartlari bilan belgilanadi.
Auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi cyb’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining milliy standartlari bilan belgilanadi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish