Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet12/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Moddiy javobgarlik – bu tashkilotlar, bo‘g‘inlar, mutasaddi hodimlar va mansabdor shaxslarning belgilangan vazifalarni sifatli, o‘z vaqtida bajarish hamda xo‘jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatilgan ma’suliyatdir. Moddiy javobgarlik mehnat shartnomasida belgilangan jarimalarda, to‘lovlar kechiktirilgan xollarda belgilangan jarimalar kabi choralarda ifodalanadi.
Intizomiy javobgarlik – bu belgilangan vazifalarni bajarmaslik va xizmat burchlarini buzish, vakolatlarni suiste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan ma’suliyatdir. Mazkur javobgarlik quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:

  • tanbeh (ogohlantirish);

  • hayfsan;

  • ma’lum muddatga lavozimini pasaytirish;

  • muayyan ijtimoiy imtiyozlardan mahrum qilish va boshqalar.

Ma’muriy javobgarlik – huquqiy javobgarlik bo‘lib, vakillik idorasi yoki mansabdor hodimning qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Bunday jazo quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

  • Harajatlarni undirib olish;

  • Keltirilgan zararni qoplash;

  • Intizomiy choralar;

  • Jarima va boshqalar.

Jinoiy javobgarlik – bu mansabdor shaxs tomonidan lavozimini suiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir etilganida sudda belgilanadigan jazolardir. Bularga:

  • ozodlikdan mahrum etish;

  • moddiy va ma’naviy ziyonni undirish;

  • ma’muriy va intizomiy chora ko‘rish va boshqalar kiradi.

3. Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan xodimlarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olgan holda boshqarishni bildiradi. Bu usullar ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik iqlimni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan.
Ijtimoiy-psixologik usullar quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:

    1. Hodimlarning dunyoqarashlari, fe’l-atvorlari, qobiliyatlari,manfaatlari kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olgan holda jamoalarni shakllantirish. Buning natijasida jamoada hamkorlik va hamjihatlik ruhida ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

    2. Jamoada tashkiliy madaniyatni shakllantirish, tashkilot qadriyatlari tizimi, namunali an’analar va urf-odatlarni joriy qilish.

    3. Hodimlarda ijtimoiy rivojlanishni, yangiliklarga intilishni va tashabbusni rag‘batlantirish, ularning umumiy bilim va malaka darajasining ortishini ta’minlaydi.

    4. Hodimlarning madaniy va maishiy extiyojlarini qondirish, ya’ni uy-joy sharoiti, farzandlarining bog‘chalarga joylashganligi, davolanish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan talabning qondirish imkoniyatlari.

    5. Hodimlarning o‘z mehnat faoliyatlaridan, tanlangan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish.

Ijtimoiy-psixologik usullar “Boshqaruv sotsiologiyasi” va “Boshqaruv psixologiyasi”ga asoslanadi.
Boshqarish sotsiologiyasi mehnat jamoasini tarkib topdirish, rivojlantirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni hal etishga qaratilgan.Boshqarish psixologiyasi – kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rahbatlantirishda, intizomni mustaxkamlashda qo‘llanadi.Sotsial psixologiya – insonlar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarining o‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruxlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining soxasidir.
Boshqaruv qarorlari.
Qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish — bu boshqaruvning bosh jarayoni bo‘lib, qarorning o‘zi esa boshqaruv tizimining mahsulidir.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish