Asosli tuzlar nomenklaturasi.
Asosli tuzlar nomeklaturasi va olinishi
26.07.20200
Asosli tuzlar – tarkibida metall atomi, gidroksid guruhi va kislota qoldig‘i saqlagan murakkab moddalar. Gidrokso-tuzlarni nomlashda avval metall nomi aytilib, «Gidrokso» so‘zi qo‘shiladi, so‘ngra kislota nomi aytiladi. Masalan: (CuOH)2CO3, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Br, Cr(OH)2NO3, Mn(OH)Cl, [Fe(OH)2]2SO4, Cr(OH)(CH3COO)2, Al(OH)SO3 va h.k. Asosli tuzlarni nomlash: metall nomi (metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa rim raqamda qavs ichida valentlik ko‘rsatiladi)ga molekulada bitta gidroksid guruhi bo‘lsa ―gidrkosi so‘zi, ikkita gidroksid guruhi bo‘lsa ―digidroksi so‘zi va kislota qoldig‘i nomi qo‘shib aytiladi. Masalan: (CuOH)2CO3 – mis (II) gidroksi karbonat, Mg(OH)NO3 – magniy gidroksi nitrat, Al(OH)2Br alyuminiy digidroksibromid, Cr(OH)2NO3 – xrom (III) digidroksinitrat, Mn(OH)Cl – marganets (II) gidroksixlorid, [Fe(OH)2]2SO4 – temir (III) digidroksisulfat, Cr(OH)(CH3COO)2 – xrom (III) gidroksiatsetat, Al(OH)SO3 – alyuminiy gidroksisulfit, Fe(OH)2Cl-temir digidroksoxlorid, Ti(OH)3Cl- titan trigidroksoxlorid, Ni(OH)NO3– nikel gidroksonitrat.
Gidrokso–tuzlar qizdirilganida yoki umuman vaqt o‘tishi bilan tarkibida suv molekulalarini chiqarib, okso-tuzlarga aylanadi: 2Mg(OH)Cl → Mg2OCl2 + H2O Okso-tuzlar ham asoslar xosasini namoyon qiladi. Binobarin, kislota ta‘sirida okso- tuzlarni normal tuzga aylantirish mumkin.
Gidrokso-tuzlar dissotsilanganda metall kationi, kislota qoldig‘i va gidroksil anioniga dissotsilanadi; masalan:
Cu2(OH)2SO4 = 2Cu2+ + 2OH– + SO4-2
Qo’sh tuzlar nomenklaturasi.
neytral) tuzlar, nordon (Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~ guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |