Kofein natriy benzoat. Suvda yaxshi erishi va parenteral yo‘l
bilan yuborilishi sababli tez yordam ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Asosan, nafas sustlashganda (uxlatuvchi, narkoz vositalari va
boshqalar bilan zaharlanishda), yurak va qon tomirning o‘tkir
yetishmovchiligida (kollaps, shok holatlari) va boshqa holatlarda
ishlatiladi.
Òeofillin. Choy bargidan olinadigan alkaloid bo‘lib, mar-
kaziy nerv tizimiga kofeinga nisbatan kuchsizroq ta’sir ko‘rsa-
tadi. Fosfodiesteraza fermentining kuchli ingibitori hisoblanib,
kofeinga nisbatan kuchliroq peshob haydash, tomirlarni
kengaytirish, bronx mushaklarini bo‘shashtirish xususiyatiga
ega. Asosan, yurak faoliyatining surunkali yetishmovchiligida,
yurak va buyrak kasalligi tufayli hosil bo‘lgan shishlarda,
bronxial astma, emfizema (o‘pkaning kengayib qolishi) va
boshqa hollarda tavsiya etiladi.
Òeobromin. Kakao urug‘idan olinadigan alkaloid. Markaziy
nerv tizimiga ta’siri deyarli bilinmaydi. Koronar qon tomirlarini
kengaytiradi, yurak ishini jonlantiradi, bronx mushaklarini bo‘-
188
shashtiradi, peshob ajralishini oshiradi. Qo‘llanilishi teofillinga
o‘xshash.
Eufillin. Òarkibida 80% teofillin va 20% etilendiamin saqlaydi.
Etilendiamin spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi va erituvchi modda
vazifasini bajaradi. Eufillin markaziy nerv tizimini qisman
qo‘zg‘atadi. Qon tomirlarini, ayniqsa, koronar qon tomirlarini
kengaytiradi, qon bosimini tushiradi. Silliq mushaklarga
spazmolitik (bo‘shashtiruvchi) ta’sir ko‘rsatadi. Peshob hay-
dash xossasi ham mavjud.
Eufillin ko‘proq bronxial astma, stenokardiya, yurak
faoliyatining susayishi sababli paydo bo‘lgan shishlar, giðer-
toniyada tavsiya etiladi.
Preparatlar.
K o f e i n (Coffeinum). Kukun, amidopirin, fenasetin va
asetilsalitsil kislotasini saqlaydigan tabletkalar shaklida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,01— 0,1 g dan bir kecha-
kunduzda 2—3 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi:
ichish uchun bir martalik 0,3 g, bir kecha-kunduzlik—1 g.
K o f e i n n a t r i y b e n z o a t (Coffeinum Natrii-benzoas).
Kukun, 0,01— 0,2 g dan tabletka shaklida, 10% li va 20%
li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng
0,05 — 0,2 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun, 10% —
20% li eritmasi 2 ml dan teri ostiga va mushaklar orasiga
yuboriladi. Yuqori dozalari: ichish uchun bir martalik — 0,5 g,
bir kecha-kunduzlik — 1,5 g.
Ò e o f i l l i n (Theophillinnum). Kukun, 0,2 g dan sham-
chalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,1 — 0,2 g dan bir kunda
3—4 marta ichish uchun 0,2 g dan shamcha holida to‘g‘ri
ichakka qo‘yish uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun,
to‘g‘ri ichakka bir martalik — 0,4 g, bir kecha-kunduzlik —
1,2 g.
Ò e o b r o m i n (Theobrominum) 0,25 g dan kukun,
tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,25 —
0,5 g dan bir kunda 1 — 2 marta ichish uchun beriladi. Yuqori
dozasi: ichish uchun bir martalik — 1 g, bir kecha-kunduz-
lik — 3 g.
E u f i l l i n (Euphellinum) 0,15 g dan kukun va tabletkalar
shaklida, ampulada 2,4% li eritmasi 10 ml dan venaga
yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun 1,5 g, venaga bir marta
yuborish uchun 0,25 g, bir kecha-kunduzligi—0,5 g.
189
Rp.: Tab. Meridili 0,01
D.t.d.N. 20
S. 1—2 tabletkadan ovqatdan so‘ng ichiladi.
#
Rp.: Sol. Coffeini Natrii-benzoas 20%—1 ml
D.t.d.N. 10 in ampullis
S. 1 ml dan teri ostiga yuborish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |