367
Allergiyaning tez rivojlanadigan og‘ir shakli hisoblanadigan
anafilaktik shokda H
1
-gistaminoblokatorlar uncha kor qilmaydi.
Shuning uchun ham bunday holatlarda qon tomirlarini toray-
tiradigan va qon bosimini ko‘taradigan boshqa preparatlar
(adrenalin, noradrenalin va boshqalar tavsiya etiladi).
Ayrim hollarda sedativ ta’sirga ega bo‘lgan antigistamin
vositalar uyqusizlikda, parkinsonizm va boshqa kasalliklarda ham
beriladi. Preparatlarning noxush ta’sirlaridan qorinning dam
bo‘lishi, og‘iz qurishi, uyquchanlik va umumiy bo‘shashish
qayd etiladi. Jigar va buyrak xastaligida
antigistamin dorilar
ehtiyotlik bilan beriladi.
H
1
-gistaminoblokatorlar ta’siri va farmakologik samarasiga
ko‘ra H
1
-gistaminoblokatorlardan tubdan farq qiladi. Ular me’da
shilliq qavatida joylashgan pariyetal
hujayralar H
2
-gistamino-
retseptorlarini to‘sib, xlorid kislota ishlab chiqarilishini
susaytiradi. H
2
-gistamin dorilar me’da shirasidagi pepsin fer-
menti miqdoriga deyarli ta’sir etmaydi, shira ajralishini
kamaytiradi. Ular allergiyaga qarshi ta’sir etmaydi.
H
2
-gistaminoblokatorlarning
xlorid kislota ishlab chiqa-
rilishiga ta’siri tibbiyotda ushbu kislota ko‘payishi bilan
kechadigan me’da xastaliklarida (gastrit, me’da va o‘n ikki
barmoq ichak yarasi va hokazolarda) keng qo‘llaniladi. Bu
dorilar qatoriga simetidin, famotidin, nizotidin va ranitidin
kiradi.
Ular H
2
-gistaminretseptorlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadi,
ayniqsa, famotianning ta’siri samarali va nojo‘ya ta’siri kamroq
(me’da-ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi vositalar mavzusiga
qarang).
I k k i n c h i g u r u h g a qarashli antigistamin preparat
gistoglobulin hisoblanadi. U o‘z tarkibida
juda kichik miqdorda
Bronxial astma
Xurujga qarshi
+++
+
+++
+++
—
+
+++
Sistematik davo
+
+++ ++
++
+
—
+++
Allergik dermatit
—
—
+++
+++
++
—
—
Me’da-ichak-
ning allergik
zararlanishi
—
—
—
—
+++
+++
+
Eshak yemi
—
++
—
—
+++
—
—
368
(0,1 mkg) globulin bilan bog‘langan gistamin saqlaydi. Shu
sababdan qondagi gistaminga qarshi antitana ishlab chiqarilishini
ta’minlaydi va allergik o‘zgarishlarni kamaytiradi.
Gistoglobulin ampulada (3 ml) ishlab chiqariladi va
inyeksiyaga mo‘ljallangan.
U c h i n c h i g u r u h g a kiruvchi dori vositalari bazofil —
Erlix hujayralarida
granulatsiyani buzib, ulardan gistamin va
yallig‘lanishga sabab bo‘lgan moddalarni (bradikinin, seratonin
va boshqalar) ajralib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday
xususiyatli preparatlarga kromolin natriy, ketotifenlar misol
bo‘la oladi.
Kromolin natriy ingalatsiya — havo yo‘llari bilan yuborishga
mo‘ljallangan bo‘lib, asosan, bronxial astma xurujining oldini
olish maqsadida qo‘llaniladi. Astma xuruji davrida deyarli samara
bermaydi. Ketotifenning tabletkasi ham shu maqsadda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: