288
ishlab chiqariladi. Bulardan ahamiyatlisi insulin gormoni
hisoblanadi. Uning ishlab chiqarilishi birinchi galda uglevod va
yog‘ almashinuvini izdan chiqaradi va qandli diabet kasalligi
rivoj topadi.
Insulinning asosiy ta’siri uglevod almashinuviga qaratilgan
bo‘lib, uni boshqaradi.
Bundan tashqari, u boshqa modda
almashinuviga ham bilvosita ta’sir etadi.
Insulinning farmakologik ta’siri natijasida:
— to‘qimalarda (asosan, jigarda) glikogen shaklida yig‘ilishi
hisobiga qondagi qand (glukoza) miqdori kamayadi. Yog‘ va
oqsillardan glukoza hosil bo‘lishi tormozlanadi;
— qondagi glukozaning to‘qima hujayralariga kirishi va
uning sarflanishi ta’minlanadi;
— modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chala
oksidlangan moddalar (keton tanalar) hosil bo‘lishi kamayadi
va oksidlanishi
tezlashadi;
— oqsil va yog‘ sintezi ortadi.
Insulinning ta’sir mexanizmida uning to‘qima hujayralari
pardasidan glukozaning o‘tishini ta’minlashi va sarflanishi katta
ahamiyatga ega deb qaraladi.
Òurli sabablarga ko‘ra (irsiy faktor, alimentar — ovqat
faktori, giðodinamiya — kamharakatlik, asab faktori va
boshqalar) insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqarilmasligi
natijasida modda almashinuvlari, ayniqsa, uglevod almashinuvi
buziladi. Glukozaning to‘qima hujayralariga
kirishi va sarflanishi
hamda glukozaning glikogenga o‘tishi kamayadi. Qonda qand
miqdori oshadi (giðerlikemiya), oqsil va yog‘lardan glukoza hosil
bo‘lishi ortadi. Glukozaning ma’lum miqdorda qonda ko‘payishi
uning siydik bilan chiqishiga (glukozuriya) olib keladi.
Insulin garchand sintez qilingan bo‘lsa-da, tibbiyotda uni
ancha arzon usul bilan so‘yilgan molning (cho‘chqaning ham)
me’daosti bezidan ajratib olinadi. Keyingi paytda gen muhan-
dislik usuli bilan odam insulini ham olingan.
Qandli diabetga duchor bo‘lgan bemorlarga davo ko‘rsa-
tishda parhezning ahamiyati kattadir.
Kasallikning yengil
shaklida parhez tutishning o‘zi yetarlidir. O‘rtacha va og‘ir
holatlarda insulin va uning ta’sir etish muddati uzaytirilgan
preparatlari ishlatiladi. Ularga protamin — rux insulin suspen-
289
ziyasi, kristallsimon suspenziya, rux insulinlar va boshqalar kiradi.
Ularning ta’siri 24—40 soatgacha bo‘lishi mumkin (33-rasm).
Bular bir kunda 1 marta yoki ikki kunda 1 marta yuboriladi.
Ushbu preparatlar giðerglikemik koma holatida ishlatilmaydi.
Qandli diabet kasalligida insulin o‘rinbosar preparatlari sifatida
ishlatiladi. Lekin, ayniqsa, diabetning insulinga qaramsiz shaklida
sintetik preparatlar ham qo‘llaniladi. Ular, asosan, sulfonilmo-
chevina unumlari va biguanid guruh preparatlari hisoblanadi va
og‘iz orqali qabul qilishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: