234
Birlamchi peshobning kanalchalarda qaytadan so‘rilishi
(reabsorbsiya) tanada suv-elektrolit balansini bir meyorda
ushlab turadigan jarayon hisoblanadi. Reabsorbsiya natijasida
buyrak kanalchalarida birlamchi peshobning 99% i so‘riladi
va 1% i (1200 g) filtrdan o‘tgan natriyning 1195 grami qayta
so‘riladi. Reabsorbsiya faol jarayon bo‘lib, quvvat talab qiladi.
Bu jarayonning sodir bo‘lishida fermentlar tizimi qatnashadi
(suksindegidrogenaza, karboangidraza). Proksimal kanalchalarda
natriy ionlari suksin gidraza (tarkibida SH guruhi bo‘ladi)
ferment yordamida faol ravishda qaytadan so‘riladi. Kanal-
chalarning distal qismida esa karboangidraza fermenti qatnashadi.
Ushbu tizimda reabsorbsiyaning qisman bo‘lsa ham tor-
mozlanishi peshob ajralishini ko‘paytiradi. Ko‘pchilik peshob
haydovchi dori moddalarining ta’siri
aynan shu jarayonga
qaratilgan. Elektrolitlarning va ular bilan birga suvning reabsorb-
siyalanishi kanalchalarning deyarli hamma qismlarida sodir
bo‘ladi. Lekin ayrim elektrolitlar (kaliy, xlor) kanalchalarning
proksimal (boshlang‘ich), ayrimlari (kaliy ionlarining sek-
retsiyasi, natriy) distal (oxiri), boshqalari esa nefronning ikkala
qismida (natriy, xlor) qaytadan so‘riladi.
Suvning passiv so‘rilishi (elektrolitlarsiz) kanalchaning
distal qismida bajariladi va bu jarayon giðofiz bezining
antidiuretik va buyrakusti bezining aldosteron gormonlari
tomonidan boshqarilib turadi. Shu bilan birga aldosteron natriy
ionlarini ushlab, kaliy ionlar sekretsiyasini jonlantiradi.
Demak, birlamchi peshobning elektrolitlar hisobiga qayta-
dan so‘rilishi ancha murakkab jarayon bo‘lib, peshob hay-
dovchi dori moddalarining ta’sir mexanizmi, asosan, ana shu
reabsorbsiyaning o‘zgarishiga bog‘liq.
Òibbiyot amaliyotida ishlatiladigan diuretiklar kimyoviy
tuzilishi, olinishi, ta’sir mexanizmi va ishlatilishi bo‘yicha
turlicha. Shu sababli ular quyidagi guruhlar bo‘yicha
tasnif-
lanadi.
A. Saluretiklar:
a) tiazid va tiazidsimon diuretiklar — gidroxlortiazid,
siklometazid, oksodolin;
b) sulfamoilantranil, sulfamoil
benzoy va diklofenaksirka
kislotasi hosilalari — furosemid, bufenoks, klopamid, indap-
amid, ksiðamid, etakrin kislota, piretanid.
235
B. Kaliyni saqlab qoluvchi diuretiklar — triamteren,
amilorid, spironolakton.
D. Osmodiuretiklar — mannit, mochevina, kaliy asetat.
E. Òurli xil diuretiklar:
a) kislota hosil qiluvchi diuretiklar —
ammoniy xlorid;
b) o‘simliklardan olingan ekstrakt va tindirma — archa
urug‘i, dala qirqbo‘g‘imi, ko‘k bo‘tako‘z, qayin, lespenefril,
flaronin.
Do'stlaringiz bilan baham: