Farmakologiya


Dori-darmonlarni saqlash va tarqatish



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Dori-darmonlarni saqlash va tarqatish
Dori-darmonlar va farmatsevtikada ishlatiladigan kimyoviy
moddalar o‘z ta’sir etish quvvatiga ko‘ra zararli, kuchli ta’sir
etuvchi va oddiy ta’sirga ega bo‘lgan moddalarga ajratiladi.
Birinchi guruhga kiruvchilar farmakopeyada „A“ ro‘yxatiga
kiritilgan, ya’ni kuchli zaharlovchi ta’sirga ega bo‘lgan („Venena“)
dori-darmonlar. Bunday dorilarni ishlatishda va saqlashda juda
ehtiyot bo‘lishlik talab etiladi. Narkomaniyaga duchor qiluvchi
dori-darmonlar, kimyoviy moddalar ham shular jumlasiga kiradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi dori-darmonlar farmakopeyada
„B“ ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ular kuchli ta’sir etuvchi
(„Geroika“) dorilardir. Ularni ishlatish va saqlashda ham
ehtiyotkorlik qoidalariga qattiq amal qilish talab etiladi. Chunki
ular nazoratsiz ishlatilgudek bo‘lsa bemorga zaharli ta’sir
ko‘rsatishi va noxush oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan
dori-darmonlarni, moddalarni ishlatishda va ularni saqlashda
dorixonalarda, davolash muassasalari, kasalxonalar, poliklini-
kalar, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari va boshqa joylarda,
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan maxsus in-
struksiyalarga rioya qilish talab etiladi. Tarkibida zaharli mod-
dalar bo‘lgan dori-darmonlar „A“ deb nomlangan shkafda (seyf)
saqlanishi kerak va shkafning ichki devoriga „A“ („Venena“)
degan so‘z hamda dori moddalarining ro‘yxati yopishtirilgan
bo‘lishi shart. Shkaf ishonchli holda qulflangan bo‘lishi kerak.
Tarkibida kuchli ta’sir etuvchi moddalar bo‘lgan dori-dar-
monlar „B“ deb nomlangan maxsus seyfda saqlanishi kerak va
shkafning ichki devoriga „B“ („Geroika“) degan so‘z hamda
dori moddalarining ro‘yxati yopishtirilishi shart. Shkaf ishonchli
holda qulflangan bo‘lishi kerak. „A“ va „B“ ro‘yxatiga kiradigan
dori moddalarining va boshqa dorilarning shkafda ishonchli
saqlanishiga bo‘lim mudirlari va katta hamshiralar javob beradi.
Umuman hamma dori moddalari „A“ va „B“ yoki boshqa
ro‘yxatlarda qulflanadigan shkaflarda saqlanishi va har biri
alohida-alohida shkaflarda bo‘lishi va har qaysi guruh dori-
darmonlarda katta-katta harflar bilan „Ichishga“, „Sirtga“,
„Inyeksiya uchun“, „Ko‘z tomchilari“, va boshqa so‘zlar
yo‘zilgan yorliqlar (etiketkalar) yopishtirilgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ular o‘ralgan holda, zavod va dorixonalarda
chiqarilgan shaklda, tez buziladigan suyuq dorilar, antibio-


26
tiklar esa muzxonalarda, quyosh nuri tushmaydigan joylarda
saqlanishi kerak.
 Bemorlarga beriladigan dori-darmonlar shifokor ko‘rsat-
masi yoki kasallik tarixida ko‘rsatilgan yozuvlarga amal qilingan
holda tarqatilishi kerak. Tibbiy ma’lumoti bo‘lmagan xodimlarga
bunday vazifalarni buyurish qat’iyan man etiladi. Davolash-
profilaktika muassasalari bo‘limlari va kabinetlari, shuningdek,
ambulatoriyalar, poliklinikalarda tarkibida kuchli zaharli ta’sirga
ega bo‘lgan dori moddalari, muassasa rahbarining yoki uning
davolash bo‘yicha muovinining imzosi, muassasa muhri bo‘lgan
retseptlar va tabletkalar dorixonalarda qoldiriladi.
Tez yordam ko‘rsatish zarur bo‘lib qolgan taqdirda tibbiyot
muassasasi mudirlarigina bemorga retsept yozib berish huquqiga
egadirlar. O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan tibbiyot xodimlari
bunday huquqga ega emaslar.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish