Farmakologiya va klinik farmatsiya



Download 2,78 Mb.
bet30/31
Sana18.03.2017
Hajmi2,78 Mb.
#4838
TuriReferat
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

GLOSSARIY (LUG’AT)
Rh – antitelolar – Rh odamlarning qoniga Rh – omili mavjud bo‘lgan eritrotsitlarni tushishi natijasida xosil bo‘ladigan antitelolar.

Rh – konflikt – rezus – musbat eritrotsitni antirezus – agglyutinin bilan to‘qnashishi, natijada eritrotsitlarni emirilishi ro‘y beradi.

Rh – faktor – 85% odamlarning eritrotsitlarida joylashgan, makaka – rezus maymunlarining qonidagi mavjud bir oqsil bilan bir xil agglyutinogen.

Azot balansi-ovkat bilan birga tushib turadigan azot mikdori bilan organizmdan chikarib turiladigan azot mikdori urtasidagi farki

Agglyutinogen – oqsil (antigen), to‘qima xujayralarida bo‘lib, guruxga mansublikni belgilaydi.

Agglyutinatsiya – xujayralarni (bakteriyalar, eritrotsitlarni) bir – biri bilan va atrof – muxit bilan immunologik bog‘lanishi natijasida g‘uj bo‘lib yopishishi.

Agglyutinin – guruxga mansublikni belgilovchi, biologik suyuqliklarni (plazmani) spetsifik oqsili, antitelo.

Adgeziya – to‘qnashayotgan xujayralarni bir – biriga yopishishi.

Akselerin – qon ivishining V omili, plazmada nofaol xolda bo‘ladi. Trombin ta’sirida faollashadi.

Antianemik ichki omil – Me’da shilliq qavatida ishlab chiqariluvchi V12 vitaminini o‘zlashtirilishini ta’minlovchi mukopolisaxarid.

Anabolizm- past malekulyar moddalardan yukori molekulyar moddalarni xosil bulishi.

Antianemik tashqi omil – V12 vitamini, eritrotsitlarga gemoglobin sintezlanishini ta’minlaydi.

Antigemorragik K vitamini – bu vitamin ishtirokida jigarda protrombin xosil bo‘ladi.

Antigemofilik globulinlar – qon ivishida ishtirok etadigan, bir gurux plazma omillari (VII,IX,X).

Antigenlar – odam va xayvon organizmiga kirishi natijasida spetsifik antitelolar ishlab chiqarilishiga olib keluvchi oqsil va boshqa tabiatli moddalar.

Antikoagulyantlar (qon ivishini ingibitorlari) – qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar.

Antitelolar – qon yoki to‘qimalarda yot moddalar (antigenlar) paydo bo‘lishiga javoban organizmda ishlab chiqariluvchi spetsifik oqsillar.

Antitrombinlar – trombin xosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi bir gurux (plazma, xujayra va to‘qima) omillari.

Antifibrinolizinlar – fibrinni parchalanishiga to‘sqinlik qiluvchi, organizm qon ivish tizimining omillari.

Vitamin K avitaminozi – organizmda K vitamini etishmovchiligi natijasida qonda protrombin miqdorini kamayishi.

Gemagglyusinatsiya – suyuqlikda muallaq xoldagi eritrotsitlarni yopishib, cho‘kmaga tushishi.

Geparin – qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi tabiiy antikoagulyant. Jigarda, o‘pka to‘qimasida va boshqa to‘qimalarda xosil bo‘ladi.

Glikoliz - glyukozani kislorodsiz sharoitda parchalanishi.

Glyukoneogenez- uglevod bulmagan moddalardan glyukozani sintezlanishi.

Guruxli to‘qima kelishmovchiligi – antigen tarkibi bo‘yicha organizm to‘qimalari kelishmovchiligi, transplantatni saqlanib qolishiga to‘sqinlik qiladi.

Katabolizm - yukori molekulyar moddalarni past molekulyar moddalargacha parchalanishi.

Koagulogramma – gemokoagulograf yoki tromboelastograf asbobi yordamida yozib olinadigan qon ivish jarayoni dinamikasi egri chizig‘i.

Qon guruxi – qonning tarkibida agglyutinogenlar va agglyutininlar mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘lgan qonning xarakteristikasi.

Qon guruxlari tizimi – turli antigenlar (AVO, Rh va boshqalar) mavjudligiga qarab bo‘lingan qon guruxlari yig‘indisi.

Qon deposi – vaqtincha qon aylanishidan chiqarilgan qon saqlanishi mumkin bo‘lgan organlar (taloq, jigar, teri osti to‘qimasi, o‘pkalar).

Qon zardobi – plazmaning fibrinogensiz suyuq qismi.

Qon ivish vaqti – oynaga tomizilgan qon tomchisini ivishigacha ketgan vaqt (normada 3 – 7 min).

Qon ivishi – murakkab fermentativ jarayon bo‘lib, eruvchan fibrinogendan erimaydigan fibrin xosil bo‘lishi natijasida laxta xosil bo‘lishi.

Qon ivishi omillari – qon ivish jarayonida ishtirok etadigan moddalar.

Qon ivishini qon plastinkalari omillari – trombotsitlardan ajraladigan va qon ivishida ishtirok etadigan moddalar.

Qon ivishini kontakt omili – kontakt Xageman (XII) plazma omili; plazmani shikastlangan tomirlar va to‘qimalar yuzasi bilan to‘qnashishi natijasida faollashadi. Qon ivishi I fazasi barcha reaksiyalarini boshlovchi omil.

Qon ivishining plazma omillari – qon ivishida ishtirok etadigan plazmaning ferment va boshqa moddalari yig‘indisi.

Qon yo‘qotish – qonning tomirlardan chiqib ketishi natijasida organizmda qon xajmini kamayishi.

Qon ketish vaqti – Qon oqimi to‘xtashigacha ketgan vaqt.

Qon laxtasi – qon ivishi maxsuloti. Jemsimon, plastik, yaltiroq silliq yuzali tuzilma. Mikroskopik nozik, bir – biri bilan chigalsimon o‘ralashgan xujayra elementlaridan tashkil topgan.

Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar – tarkibi jixatidan qon plazmasiga yaqin su’niy eritmalar.

Qonning yopishqoqligi – bir zarrachani ikkinchisiga nisbatan xarakatlanayotganida oqimga to‘sqinlik qilish xossasi.

Kristmas omili – Qon protrombinazasi xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi qon ivishini antigemofilik omillaridan biri.

Plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar – tarkibi va xossalari qon plazmasiga yaqin bo‘lgan su’niy eritmalar (poliglyukin, reopoliglyukin, gemodez).

Protrombin – plazmada mavjud va trombinni o‘tmishdoshi bo‘lgan glikoproteid.

Retraktozim (trombosteniya) – trombotsitlardagi qon laxtasini retraksizmini (zichlashishi) ta’minlovchi omil.

Retsipient – organ va to‘qima ko‘chirib o‘tkazilayotgan yoki qon quyilayotgan odam.

Tromb – qon tomiri devorida xosil bo‘ladigan qon laxtasi.

Trombin – protrombin oqsilidan xosil bo‘ladigan qon ivish tizimining bir fermenti.

Fibrin – fibrinogen oqsilini erimaydigan qismi.

Fibrinni stabillovchi omil (fibrinaza) – qon ivishining XIII omili, eruvchan shakldagi fibrinni erimaydigan xolatga o‘tishini ta’minlaydi.

Fibrinogen – trombin ta’sirida fibringa aylanadigan qon plazmasi oqsili.

Endergonik reaksiyalar – energiya yutilishi bilan kechadigan reaksiyalar.

Ekzergonik reaksiyalar - energiya ajralishi bilan kechadigan reaksiyalar.

REFERAT MAVZULARI







Referat mavzulari

Referatga oid topshirish, tavsiyalar

1.

Gomeotaz. Adaptatsiya.

Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‘rgazmalar

2.

Xujayraning fizik – kimyoviy tarkibi. Oqsillar. Uglevodlar. Yog‘lar.

Internet ma’lumotlari, refe-at, slayd-lar, plakat

3.

Embrional elementlari. Urug‘lanish, maydalanish. Gastrulyasiya. Embrional rivojlanishi.

Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

4.

Yurak faoliyatining tovushli belgilari.

Internet ma’lu-motlari, referat, slaydlar, Krassvord

5.

I.P.Pavlov va Basovning xazm soxasidagi ishlari.

Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

6.

Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar ning qonga so‘rilish mexanizmlari.


Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

7.

Moddalar almashinuvi va Energiya almashinuvi.


Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, vaziyatli masalalar

8.

Ichki sekretsiya bezlarini tekshirish usullari. Epifiz.


Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

9.

Mushaklar va nerv tolalari Sinaps/


Internet ma’lumotlari, referat, slayd-ar

10.

Asab tizimida kompensator moslashuvlar. Asab tizimini trofik funksiyasi.

Internet ma’lu-motlari, referat, slaydlar, taqdimot

11.

Taktil va xarorat retsepsiyasi. Og‘riq retsepsiyasi, visseroretsepsiya. Propiroretseptorlar




Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, taqdimot

12.

Oliy asab faoliyati xaqida. I.P.Pavlovning ta’limoti.




Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, taqdimot

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati


ASOSIY ADABIYOTLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALAR:
1.Artur K. Gayton Djon E. Xoll –Tibbiyot fiziologiyasi

Moskva Logosferl – 2008 g.

2. Loginov A.V Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka M., izd – vo «Meditsina», 1983 g.

3. Loginov A.T. Fiziologiya bilan odam anatomiyasi asoslari. T. «Meditsina» nashriyoti, 1985 y

4. Maloshtan L.N.Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka Xarkov., izd – vo “Zolotыe stranitsы”, 2002 g.

5. Loginov A.V. Fiziologiya bilan odam anatomiyasi asoslari T., «Fan» nashriyoti, 2006 y

6. Musaev. X.N. Fiziologiya, anatomiyasi asoslari fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. T., “KOLORIT GROUP” MCHJ nashriyoti. 2007 y.

7. Bagdasarova E.S. Tekstы leksiy po dissipline «Fiziologiya s osnovami anatomii». T., OOO “KOLORIT GROUP” nashriyoti 2008 y.

8. Bagdasarova E.S., Mirtursunova S.Z. Uchebno – metodicheskoe posobie k prakticheskim zanyatiyam po fiziologii s osnovami anatomii. T., OOO “KOLORIT GROUP” nashriyoti 2008 y.
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR.
1. Rajabov A.J., Bobojonova SH. “Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan” fanidan

o‘quv – uslubiy qo‘llanma “EMERALD GROUP” MCHJ. Toshkent - 2016 y.

2. Bobojonova SH. Mirtursunova S.Z “Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan”

fanidan o‘quv – uslubiy qo‘llanma “EMERALD GROUP” MCHJ.

Toshkent - 2015 y.

3. Musaev X.N., Mirtursunova S.Z., Salibaeva S.A., Xakimova M.S., Rajabov

A.“Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan” fanidan o‘quv – uslubiy qo‘llanma

“KOLORIT GROUP” XK. Toshkent 2008 y.

4. Kositskiy . G.I Fiziologiya cheloveka. M., izd – vo “Meditsina”, 1987g

5. Korobkov A. .ATLAS po normalnoy fiziologii. M., izd – vo “Meditsina”.

1987 g

6. Sterki P. Osnovы fiziologii. M., izd – vo “Mir” 1994g.


Internet

  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.wikipedia.ru

  3. http://www.shemist.som

  4. http://www.himiki.ru

  5. http://www.organicchem.com

  6. http://www.rutrecker.org


Tayanch so’zlar
sitos-xujayra

oss-suyak

mio-muskul

gemo- qon

gemostaz- qonning to‘xtashi

intima-ichki

media-o‘rta

kor-yurak

termodinamika-qonning

pulmon-o‘pka

gaster-oshqozon

enter-ichak

kolon-yo‘g‘on ichak

rektum-to‘g‘ri ichak

xepar-jigar

lipid-yog‘

termo-issiqlik

ren-taloq

ekskretsiya-ajralish

xormeo-garmon nefron-buyrak

uterue-bachadon

gravidarium-xomildorlik

ovaridarium-tuxumdon

tuba uterus-bachadon nayi

Annotatsiya
Fiziologiya anatomiya asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua Farmatsiya fakulteti Farmatsiya va Kasbiy ta’lim, Sanoat farmatsiyasi fakulteti Sanoat farmatsiyasi, Biotexnologiya va Metrologiya yo‘nalishilari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boruvchi o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan

Fiziologiya anatomiya asoslari fani bo‘yicha ishchi dastur, ma’ruzalar matni, fanning texnologik model, fanning texnologiyak xaritasi, tarqatma materiallari tayanch konspektlari, glossariy umumiy savollar, oraliq nazorat savollari, yakuniy nazorat savollari va ON va YAN biletlari xam tuzilgan. Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, farmatsiya kasbiy ta’lim va klinik farmatsiyayo‘nalishi uchun ma’ruzalarmavzulari va ularning qisqacha mazmunlariyoritilgan. Undan tashqari mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmunimustaqil ishlar rejasiberilgan.

Bu o‘quv –uslubiy majmua reja asosida ishlashga va talabalarga malakali bilim berishda yordam beradi .

MUALLIFLAR HAQIDA MALUMOTLAR.





Saidov S.A. – Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining mudiri, tibbiyot

fanlari doktori.


Bagdasarova E.S. - Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining dotsenti,b.f.n







Rajapov A.J. - Farmakologiya va klinik

farmatsiya kafedrasining katta

o‘qituvchisi

Foydali maslaxatlar
Ko‘zlaringizni yuming, mushtingizni qattiq tugmagan holda yumuq ko‘zlarni aylana harakatlar bilan 2-3 daqiqa massaj qiling. Bu mashq ko‘z atrofidagi mushaklarni bo‘shashtirib, qon aylanishini yaxshilaydi, natijada ko‘z atrofidagi qoramtir aylanalar yo‘qoladi.

Hayron bo‘ling

Ko‘zlaringizni hayron bo‘lgandek, katta oching. Keyin ko‘zlaringizni qattiq yuming. So‘ng yana ko‘zingizni katta oching va yana mahkam yuming. Ko‘zlaringiz namlanguncha, tez-tez yumib, oching. SHu bo‘shashgan holatda 2-3 daqiqa turing. Bu mashq yuzning yuqori qismi mushaklarini mashq qildirib, ko‘zning ko‘rish qobiliyatini asraydi.



Lunjingizni shishiring

CHuqur nafas olib, bir necha lahzaga lunjingizni shishiring. Keyin lunjingizdan havoni chiqaring. Bu mashqni 8-10 marta bajaring. Bu mashq yonoqlar muskulini mustahkamlaydi. Bunga amin bo‘lish uchun saksofonchilarning yonog‘iga e’tibor bering.



Qulog‘ingizni torting

Quloq solinchagini 30 soniya pastga, 30 soniya yuqoriga torting, keyin esa uni soat strelkasi yo‘nalishida 30 soniya, keyin teskari tomonga 30 soniya davomida aylantiring. Bu mashq miyaga qon kelishini yaxshi ta’minlab, odamni tetiklashtiradi.



Stressdan xalos bo‘ling

Barmoqlaringizni qoshingiz ustiga qo‘yib, iloji boricha ikki tomonga torting. 3-4 daqiqa davomida shu mashqni takrorlang. Bu mashq qattiq tushkunlikka tushgan mahalingiz sizni stressdan xalos qiladi, bo‘shashtiradi.



Xotirani mustahkamlaydi

Ba’zi bir tadqiqotlar ko‘k choy miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Ko‘k choy ichgandan keyin inson echimi qiyin bo‘lgan misol va masalalarni ham birpasda echib tashylaydi. Ko‘k choy Alsgeymer (xotirani yo‘qotish) kasalligi rivojlanishining ham oldini oladi. Ko‘y choy tarkibidagi kofein markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, insonni tetiklashtiradi. Moddalar ta’siri qahvaga qaraganda choyda uzoqroq saqlanadi.



Qon bosimini pasaytiradi

Vrachlarning ta’kidlashicha, qon bosimi past bo‘lgan odamlar, homilador ayollar kam miqdorda ko‘k choy iste’mol qilishlari lozim. Qon bosimini tushirish uchun dori ichgan bemorlar, doridan keyin ko‘k choy ichmay turganlari ma’qul, chunki ikki piyola ko‘k choy dorining ta’sirini kuchsizlantirib qo‘yishi mumkin.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI

“Tasdiqlayman”

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

f.f.n. S.U.Aliev

________________________

«____»______________2016 y




Fiziologiya fanidan
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH REYTING



MEZONI

Toshkent – 2016

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 26 avgustdagi 1981–1 sonli «Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baxolashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish xaqida» buyrug‘iga asosan ishlab chiqildi.

Ushbu Nizom farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi yig‘ilishida “___” iyun 2016 yil muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Majlis bayoni №

Ushbu Nizom Tashkent farmatsevtika instituti Markazit uslubiy kengashi yig‘ilishida «___» _________ 2016 yil muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Majlis bayoni № ___

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida

Fiziologiya fanidan

«Farmatsiya va Sanoat farmatsiya» fakulteti 1-kurs talabalarining bilimini baholash mezoni
Mazkur mezon O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-son bilan davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligini «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchilar kiritish haqida» 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i asosida tuzildi.

Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB), talabaning mustaqil ishi (TMI), yakuniy baholash (YAB).

Muayyan fan bo‘yicha talabaning semestr (yil) davomida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:




Baholash turi

Maksimal ball

Saralash bali

1

Auditoriyadagi o‘quv

mashg‘ulotida baholash



45

24,75

2

Talabaning mustaqil ishi

5

2,75

3

Oraliq baholash

20

11,0

4

YAkuniy baholash

30

16,5




JAMI

100

55,0

Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:

JORIY BAHOLASH (JB) - talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. JB fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish shakllarida o‘tkaziladi. klinik farmatsiya fanidan joriy baholash 100 balli reyting tizimiga binoan muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida faol qatnashishi uchun quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 20% (1 ball) - vazifasini bajarilishi uchun beriladi, 60% (3 ball) - nazariy materiallarni muxokamasida faol qatnashishiga beriladi, 20% (1 ball) - kuzatilgan natijalar, chiqarilgan xulosalar bilan amaliy ishni bayonini to‘ldirish va ishni himoya qilish uchun beriladi. JB da maksimal ball – 5 ball.

Mashg‘ulot darslarida № 1, 2, 4, 6, 8, 12, 14, 16, 18 talabalar joriy baxolanmaydi. 9 ta JB o‘tkaziladi, umumiy JB da maksimal ball 45.






Ballar

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

5

A’lo


Xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlash olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish.

2

4

YAxshi

Mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish.

3

3

Qoniqarli

Mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish.

4

2

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik; bilmaslik.


TALABALARNING MUSTAQIL ISHI (TMI) klinik farmatsiya fani dasturiga mos ravishda tashkil etilgan. TMI referat, slayd, adabiy manbalarni to‘plash va sistemalashtirish, test savollari tuzish, prezentatsiyalar, vaziyatli masalalar, videoroliklar bo‘yicha mo‘ljallangan. TMI bo‘yicha hisobot kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakl tartibda topshiriladi va talabalarga semestr boshida etkaziladi. Semestr davomida ikkita mustaqil ish referat shaklida qabul qilinadi: har biri 2,5 ball bilan baholanadi, jami - 5 ballni tashkil qilinadi. TMI ga qo‘yilgan baho (ball) talabaning semestr davomida to‘plagan baholari (JB) ga qo‘shiladi.

Mustaqil ish bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 54% va undan kam ball to‘plagan talaba fan bo‘yicha yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.

Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi.


Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish