Amaliy ko’nikmalar ro’yxati:
1.Dorixonada farmatsevt kadrlar ish jarayonini tashkil qilish;
2.Dorixona assortimentini shakillantirish;
3.Retseptlarni ekspertiza va taksirovka qilish;
4.Dorixona omborxonasida xujjatlarni qabul qilish va ular asosida dori vositalarini berish;
5.Turli mulkchilik shakldagi dorixonalar va boshqa farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil qilish;
6. Dorixona va farmatsevtik tashkilotlarida farmoyish hujjatlari;
7. Dorixona va farmatsevtik tashkilotlar faoliyatida tashkiliy hujjatlarning o‘rni
Amaliy mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1.Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqgan holda o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi.
2. Ikkinchi bosqich - o‘rganilgan bilim va amaliy ko‘nikmani qo‘llash.
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, , vaziyatli masalar va testlar to‘plami, keyslar ishlatilishi lozim.
3. Uchinchi bosqich-xulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan ko‘nikmani o‘zlashtirildi deb xisoblanadi.
Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi har bir talabaning amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy ko‘nikmani o‘zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o‘zlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Fan bo’yicha laboratoriya ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
Dorixona muassasalarida farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash
Farmatsevtika bozorida ulgurji savdo.
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish asoslari
Merchendayzing haqida tushuncha
Dorixonada fitobar tashkil etish
Aholini dori vositalari va tibbyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir xukumat qarorlari
Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatiga oid me’yoriy xujjatlar.
Dorixonada ish yuritish hujjatlari
Fan bo‘yicha mustaqil ish auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘tkaziladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
Fanning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
Vaziyatli muammollarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar echish;
Keys echish.
Krossvordlar tuzish va echish;
Prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash hamda mustakil ish jarayonida keng qo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |