Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa vazirliklar va idoralarning, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga hisoblab chiqilgan ehtiyoji;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 sentyabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018 y., 09/18/748/2024-son)
ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa o‘quv yurtlari, nazorat-tahlil laboratoriyalari, davolash-profilaktika muassasalari laboratoriyalarining ilmiy maqsadlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyoj.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari tomonidan aniqlanadi, Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan umumlashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
5-bandga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017 yilning 1 iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi ehtiyojlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyojni aniqlaydi, hamda BMTning 1961 yilgi giyohvandlik moddalari to‘g‘risidagi YAgona konvensiyasi va 1971 yilgi psixotrop moddalar to‘g‘risidagi konvensiyasi talablariga muvofiq uni BMTning giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Xalqaro Qo‘mitasiga tasdiqlash va kvota ajratish uchun yuboradi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
6-bandning birinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017 yilning 1 iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish Xalqaro Qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan kvota tasdiqlangandan keyin giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatga litsenziyaga ega bo‘lgan etkazib beruvchilar bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni etkazib berishga shartnomalar tuziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
6-bandning ikkinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017 yilning 1 iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
7. Mahsulot ishlab chiqarish uchun prekursorlarga bo‘lgan ehtiyoj korxona tomonidan navbatdagi yil uchun ishlab chiqilgan hamda korxonaning yuqori tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (yuqori turuvchi tashkilot mavjud bo‘lmagan taqdirda) bilan kelishilgan prognoz makroiqtisodiy balansga muvofiq sarflashning belgilangan normalaridan kelib chiqib 4-ilovaga binoan aniqlanadi.
8. Prekursorlarni kimyoviy reaktivlar foydalanilganda yillik ehtiyoj korxona rahbarining texnika bo‘yicha o‘rinbosari (bosh muhandis) tomonidan tasdiqlanadigan ishlab chiqarishni tahliliy nazorat qilish jadvalidan kelib chiqib aniqlanadi. Jadvalda bir tahlil uchun reaktiv sarfi normasi, bir yildagi tahlillar soni va qanday tahlillarda mazkur prekursor qo‘llanilishi aks ettiriladi (5-ilova).
9. Ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalaniladigan prekursorlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj bir tahlil uchun reaktiv sarfi normasi, bir yildagi tahlillar soni va mazkur prekursor qo‘llaniladigan tahlillarning o‘ziga xosligi hisobga olingan holda aniqlanadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan prekursorlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj oldingi yillardagi iste’mol darajasi bo‘yicha statistik usul bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Prekursorlardan xom ashyo yoki materiallar sifatida foydalanilgan ushbu korxona yoki tashkilot uchun yangi bo‘lgan hamda ilgari makroiqtisodiy balanslarda ko‘zda tutilmagan mahsulotni ishlab chiqarishda prekursorlarga bo‘lgan ehtiyoj yangi mahsulotning texnik reglamentlarga yoki standartlarga va mazkur Nizomga muvofiq aniqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Prekursorlarga keyingi yilga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan yuqori tashkilotlarga yuboriladi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga va Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga taqdim etiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
11-bandga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017 yilning 1 iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik
vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga
bo‘lgan ehtiyojini aniqlash
tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |