O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BO‘LISH TARTIBINI BELGILAB BERUVCHI NIZOMLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yo‘lovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom3-ilovaga muvofiq;
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jaev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV Toshkent sh.,
2003 yil 29 oktyabr,
472-son
Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 29 oktyabrdagi
472-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida davlat nazorati ostida bo‘lishi kerak bo‘lgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash tartibini belgilab beradi.
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
aholining har 1000 kishisiga giyohvandlik vositalariga bo‘lgan cheklangan bir yillik umumiy ehtiyoj (tibbiy va ilmiy maqsadlar uchun giyohvandlik vositalari sarfining cheklangan ruxsat etilgan normalariga binoan grammlarda 1-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi);
davolash-profilaktika muassasalari bo‘yicha giyohvandlik vositalariga bo‘lgan ehtiyoj (2-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi);
ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyoj (3-ilovaga muvofiq hisoblab chiqiladi).
Oldingi tahrirga qarang. 3. Respublikaning barcha davolash-profilaktika muassasalari har yili tibbiyot maqsadlarida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga keyingi yilga bo‘lgan ehtiyojni hisoblab chiqadilar hamda o‘z buyurtmanomalarini giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyojni shakllantirish uchun sog‘liqni saqlash hududiy organlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi deb ataladi) taqdim etadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 228-modda) LexUZ sharhi 3-bandga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017 yilning 1 iyulidan e’tiboran kuchga kiradi. Oldingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga, shuningdek quyidagilar kiritiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 228-modda) LexUZ sharhi 4-bandning birinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017 yilning 1 iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.