Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975–1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985–1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982–1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan.[7] Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995–2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005–2009) lavozimlarida ishlagan.[8] Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan.[5] Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan.
Nazm asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Quyida Vohidovning sheʼriy toʻplamlari keltirilgan:
„Tong nafasi“ (1961)
„Qoʻshiqlarim sizga“ (1962)
„Yurak va aql“ (1963)
„Mening yulduzim“ (1964)
„Nido“ (1965)
„Lirika“ (1965)
„Palatkada yozilgan doston“ (1967)
„Yoshlik devoni“ (1969)
„Charogʻbon“ (1970)
„Quyosh maskani“ (1972)
„Dostonlar“ (1973)
„Muhabbat“ (1976)
„Tirik sayyoralar“ (1978)
„Ruhlar isyoni“ (1980)
„Sharqiy qirgʻoq“ (1980)
„Kelajakka maktub“ (1983)
„Bedorlik“ (1985)
„Hozirgi yoshlar“ (1986)
„Saylanma“
„Birinchi jild: Muhabbatnoma“ (1986)
„Ikkinchi jild: Sadoqatnoma“ (1986)
„Daraxtlar suhbati“ (1988)
„Iztirob“ (1991)
„Kuy avjida uzilmasin tor“ (1991)
„Oʻrtada begona yoʻq“ (1991)
„Yaxshidir achchiq haqiqat“ (1992)
„Qumursqalar jangi“ (1993)
„Saylanma“
„Birinchi jild: Ishq savdosi“ (2000)
„Ikkinchi jild: Sheʼr dunyosi“ (2001)
„Uchinchi jild: Umrim daryosi“ (2001)
„Oʻzbegim“ (2006)
„Orzuli dunyo“ (2010)
„Tabassum“ (2010)
„Yangi sheʼrlar“ (2014)
„Zamin sayyorasi“ (2014)
„Inson“ (2015)
„Saylanma“
„Birinchi jild: Bahor tarovati“ (2015)
„Ikkinchi jild: Yoz harorati“ (2015)
„Uchinchi jild: Kuz saxovati“ (2016)
„Toʻrtinchi jild: Qish halovati“ (2016)
„Sheʼrlar“ (2016)
„Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar“ (2017)
„Oʻzbegim“ (2017)
„Mening yulduzim“ (2018)
„Qiziquvchan Matmusa“ (2018)
„Tanlangan asarlar“ (2018)
تاریخینگ دیر مینگ عصرلر ایچره پنهان اوزبیگیم („Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, oʻzbegim“) (2017) (Afgʻonistonda arab yozuvida chop etilgan)
ارواحلر قوزغلانی („Arvohlar qoʻzgʻaloni“ (original asar nomi „Ruhlar isyoni“)) (2018) (Afgʻonistonda arab yozuvida chop etilgan)