Farididdin Attor


Xondamir (tugʻilishi – 1473–76 yillar, vafoti – 1534



Download 240,84 Kb.
bet2/65
Sana23.07.2022
Hajmi240,84 Kb.
#842732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Adiblar shartiga

3. Xondamir (tugʻilishi – 1473–76 yillar, vafoti – 1534


Hirotlik tarixchi Xondamir (toʻla ismi Gʻiyosiddin Muhammad ibn Xoja Xumomuddin ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Burhonuddin) oʻz asarlari bilan XVI asr boshlarida fan taraqqiyotiga kirib kelgan allomalardandir. Uning hayoti va ijodi haqida oʻz asarlari va zamondoshlari yozib qoldirgan ozmoz maʼlumotdan tashqari, deyarli maʼlumot yoʻq.
Ona tomonidan u “Ravzat us-safo” (“Musaffolik bogʻi”) muallifi, mashhur tarixchi Mirxondning nabirasi boʻlgan. Otasi Xoja Xumomuddin Muhammad ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Xoja Burhonuddin Muhammad Sheroziy oʻz zamonining ziyolilaridan edi va Sulton Mahmud Mirzo Temuriyning (Hisori Shodmon va Badaxshonda hukmronlik qilgan) vaziri boʻlgan.
Xondamir 1473–1476 yillar orasida Hirot shahrida tugʻilgan va oʻsha yerda taʼlim olgan boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi. U tarix, adabiyot va inshoni puxta egallab, oʻz zamonasining yirik olimi sifatida nom qozongan tarixchidir.
Xondamirning olim sifatida shakllanishida maʼrifatparvar shoir Mir Alisher Navoiyning hissasi katta boʻlib, u boʻlajak olimga, oʻzining juda boy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat bergan va shu bilan birga ilmiy ishlariga rahbarlik kilgan.
Tarixchining oʻzi haqida keltirgan maʼlumotlardan shu narsa maʼlumki, u yoshlik chogʻidayoq Navoiy qoʻliga kelgan, dastlab uning kutubxonasida kutubxonachi, keyinroq esa mudir boʻlib ishlagan.
Alisher Navoiy vafotidan soʻng, Xondamir Xurosondagi siyosiy voqealar girdobiga tushib, dastlab Balxga Sulton Husayn Boyqaroning toʻngʻich oʻgʻli Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qiladi. Ayni shu paytda Badiuzzamon Qunduz hokimi Xisravshohni Shayboniyxon (1500–1510) lashkari tomonidan kutilayotgan hujumdan Xurosonni himoya kilishda ishtirok etishga ogʻdirish orzusida yuborilgan elchilar qatoriga Xondamir ham qoʻshilib, shaxsan oʻzi Badiuzzamonning maxsus topshirigʻini bajardi. Shu davrda unga “sadr” unvoni berilgan. Xondamir biroz fursatdan soʻng yana Badiuzzamon topshirigʻiga binoan Shayboniyxonga qarshi tuzilgan ittifoqqa Kandahor hokimini birlashtirish maqsadida u yerga joʻnatildi. Ammo Badiuzzamon qizining vafoti tufayli Xondamir safarni toʻxtatib, Hirotga qaytishga majbur boʻlgan va 1506 yili Shayboniyxon Hirotning zabt etishini shohidi boʻlgan hamda Xuroson markazi Hirotni topshirishdagi shartlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan.
Sulolalar hukmronligi oʻzgargandan soʻng, Xondamir Temuriylar sulolasining tarafdori boʻlganligi bois, Hirotdan ketishga qaror qiladi va 1507 yildan to 1510 yilgacha Shimoliy Afgʻonistondagi Basht qishlogʻida ijod bilan shugʻullanadi. Hirot taxtiga Safaviylar sulolasi, uning asoschisi Shoh Ismoil (1407–1424) kelishi bilanoq, 1510 yili Xondamir Hirotga qaytib keladi. Shoh Ismoil vafotidan soʻng (1527) Hirotdan butkul yuz oʻgirib, Kandahorga, 1528 yili u yerdan Boburiylar poytaxti Agraga (Hindiston) Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga oʻtadi.
Xondamir Agraga kelgach, Boburning yaqin odamlari qatoridan joy oladi va 1529 yili Boburni Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishi paytida kuzatib boradi. Bobur vafotidan soʻng, uning vorisi Humoyunning (1530–1556) xizmatida boʻlib, 1534 yili u bilan birga Gvaliorda boʻladi va Gujoratga qilgan yurishida qatnashadi. Ayni vaqtda, u “Humoyunnoma” asarini yozadi va bu xizmati uchun “Amir al-muarrixin” (“Tarixchilar amiri”) unvoniga sazovor boʻladi. Xondamir 1534 yili Humoyun bilan Manduga qaytib kelayotganda vafot etadi. Uning vasiyatiga koʻra jasadi Dehlidagi qabristonga – Nizomiddin Avliyo, shoir Xusrav Dehlaviylar yoniga dafn etiladi.
Xondamirning ikki farzandi – birining ismi Amir Mahmud, ikkinchisi Sayyid Abdulxon boʻlgan. Amir Mahmud Shoh Ismoil va Shoh Taxmasp (1524–1576) hukmronlik qilgan davr tarixini yoritgan asar muallifi boʻlib, asar Muhammadxon Sharafiddin Takaliyga bagʻishlangan. Ushbu asar “Ravzat us-Safaviya” (“Safaviylar bogʻi”) da keltirilgan maʼlumotga koʻra, oʻsha davr olimlari orasida katta eʼtibor qozongan.
Xondamir butun umri davomida, taxminan oʻn uchta asar yozgan boʻlsa, bizgacha shu asarlarning sakkiztasi yetib kelgan.
Muarrixning “Maʼosir ul-muluk” (“Hamasr podshohlarning tarixi”) asari Alisher Navoiy iltimosiga koʻra va unga minnatdorchilik izhori tariqasida 1498–1499 yillarda yozilgan. Bu asar podshoh hamda qadimgi donishmandlarning xayrli ishlari haqida aytilgan hikmatnamo gaplarni oʻz ichiga oladi. Jumladan, Qayumarsdan Anushirvongacha, Odam Atodan Buzurgmehrgacha boʻlgan hamda Muhammad paygʻambar va imomlar haqida bitilgan naqllardan iborat. Soʻngra muallif Ummaviylar, Abbosiylar, Somoniylar, Gʻaznaviylar va boshqa sulolalarga tegishli hukmdorlar tarixi bilan birga Kurd podshohlari va turk xoqonlari tarixini yoritgan. Asarning oxirgi qismida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyga zamondosh boʻlgan hukmdorlar, olimlar va donishmandlar haqida maʼlumotlar ham berilgan.
“Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-ahyor” (“Xayrli kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi”) 1498–1499 yillar orasida yozilgan boʻlib, bu asar ham Alisher Navoiyga bagʻishlangan. Unda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy zamonida Hirot va uning atrofida olib borilgan ulkan qurilishlar, qazilgan suv inshootlari, shuningdek, oʻsha zamonda oʻtgan shoirlar, olimlar, matematiklar, astronomlar, musiqashunoslar, shifokorlar, sanʼatkorlar haqida qimmatli maʼlumotlar bor.
“Makorim ul-axloq” (“Oliyjanob xulqlar”) asari ham Alisher Navoiyga minnatdorchilik ramzi sifatida yozilgan (lekin Navoiy vafot etib, Xondamir unga kitobni taqdim etishga ulgurmagan). “Makorim ul-axloq”da Xondamir Navoiyning yuksak insoniy fazilati, olijanob axloqi, asarlari, uning tashabbusi bilan qurilgan binolar, unga zamondosh shoir, olim va fozil kishilar, shuningdek, Xurosonning oʻsha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi.
Xondamirning “Dastur ul-vuzaro” (“Vazirlar uchun qoʻllanma”) asari Alisher Navoiy iltimosiga muvofiq 1500 yili yozilib, Husayn Boyqaro va uning vaziri Amir Kamoliddin Mahmudga bagʻishlangan. Oradan toʻqqiz yil oʻtgach, 1509 yili asar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Undan Sharq mamlakatlarining VII–XVI asrlardagi tarixi, jumladan, Movarounnahr va Xurosonda Temuriylar sulolasi inqiroziga qadar oʻtgan vazirlar, Chingizxonning vaziri, keyinroq moʻgʻullarning Xitoydagi noibi, xorazmlik Mahmud Yalavoch hamda uning oʻgʻli Chigʻatoyxonning Movarounnahrdagi vaziri Masʼudbek toʻgʻrisida maʼlumotlar joy olgan.
Allomaning “Nomai nomi” (“Atokli nomalar”)sida 1522 yilda kechgan voqealar bayon qilingan (Asarning “Inshoi Gʻiyosiddin” yoki “Inshoi Gʻiyosiy” degan nomi ham bor). Kitob insho ilmiga oid (stilistika, turli maktub va farmonlarni yozish qoidalari) boʻlib, Sharq mamlakatlarida oʻtgan turli tabaqadagi tarixiy shaxslarga (shohpar, amirlar, sadrlar, qozilar, shayxlar, shoirlar) doir maʼlumotlar, podshoh va xonlarning yorliq hamda farmonlaridan namunalar, ularni bitish tartiblari ham bayon etilgan. Asarning qimmati shundaki, asar baʼzi bir muhim mansablarning (parvonachi, munshiy, mustavfiy, ihtisob (muhtasib), qalantar, mubashshir, hofiz) kelib chiqishi, bunday mansab egalarining haq-huquqlari, vazifalari xususida soʻz yuritadi.
Mirxondning “Ravzat us-safo fi sirat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo” (“Xalifalar, podshohlar, avliyolar hayotiga oid musaffolik bogʻi”) asariga Xondamir tomonidan 1522 yilda yozib tugatilgan ilova (7-jidd) va “Jugʻrofiy qoʻshimcha” qismlar mavjud. Yettinchi jild mazmunan Xondamirning “Habib us-siyar” asarining uchinchi jild uchinchi qism ikkinchi yarmi mazmuni bilan mosdir. Asarning “Jugʻrofiy qoʻshimchasi”, taxminan 1495 yili Mirxond tomonidan yozila boshlagan va 1523 yilda Xondamir uning davomini yozib tugatgan. Uning mazmuni ham “Habib us-siyar”ga kirgan matndan tashkil topgan va bu oʻrinda voqealarni “Habib us-siyar” orqali oʻrgangan maʼqulroq deb oʻylaymiz.
Xondamirning eng yirik asari “Habib us-siyar” 1520–1524 yillar mobaynida yozilgan va vazir Karimuddin Xoja Habibulloh Sovajiyga bagʻishlanib, asar nomi ham qisman shu vazir ismi bilan bogʻlangan. Asarda qadim zamonlardan to 1524 yilga qadar Sharq mamlakatlarida, xususan, Eron, Afgʻoniston, Iroq va Markaziy Osiyoda sodir boʻlgan voqealar qalamga olingan. Uning XV asrning soʻnggi va XVI asrning birinchi choragida Movarounnahr hamda Xurosonning umumiy ahvolini aks ettirgan uchinchi jild uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi maʼlumotlar yangiligi bilan katta ilmiy qimmatga egadir.
Xondamirning “Humoyunnoma” asari “Qonuni Humoyun” nomi bilan ham mashhur boʻlib, Hindiston podshohi Boburiy Humoyun Mirzoga bagʻishlangan va 1535 yili yozib tamomlangan. Asardagi Humoyun Boburiylar davlatida hukmronlik qilgan davrida joriy etilgan yangiliklar, ahvolini uch tabaqaga; hokimiyatni esa toʻrt idora usuliga boʻlinishi va Humoyunning meʼmorchilik faoliyati haqidagi maʼlumotlar diqqatga sazovordir.
Xondamirning qolgan beshta asarining faqatgina nomlari maʼlum, xolos. Bular: “Osor ul-muluk va-l-anbiya” (“Podshoh va paygʻambarlar haqida hikoyalar”), “Axbor ul-ahyor” (“Yaxshi insonlar haqida xabarlar”), “Muntaxabi tarixi Vassof” (“Vassof tarixidan saylanma”), “Javohir ul-axbor” (“Xabarlar gavharlari”) va “Gʻaroyib ul-asror (“Qiziqarli sirlar”) deb nomlangan asarlaridir.
Navoiy asarlaridan shu narsa maʼlumki, Xondamir “Naqiy” taxallusi bilan sheʼrlar ham bitgan, biroq uning sheʼrlar toʻplami bizgacha yetib kelmagan, lekin ayrim parchalar “Humoyunnoma”, “Makorim ul-axloq” va boshqa asarlarida qisman uchrab turadi.
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Xondamir Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Hindiston tarixiga oid asarlar yaratgan va shu bilan birga jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qoʻsha olgan.

Download 240,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish