Abdulla Qahhor (1907-1968) ( 32 ta sahifa mavjud )
A bdulla Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). O‘rta Osiyo Davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan (1930). Uning ilk «Oy kuyganda» (1924) hajviy she’ri Norin shilpiq taxallusi ostida «Mushtum» jurnalida bosilgan. Yozuvchi «Boshsiz odam» (1929) hikoyasini e’lon kilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Olam yasharadi» (1935). Shundan so‘ng uning «Hikoyalar» (1935, 1936) to‘plamlari ketma-ket nashr etilgan. Bu davrda u «Sarob» (1935) romanini ham yozgan. «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Sinchalak» (1958), «O‘tmishdan ertaklar» (1965), «Muhabbat» (1968) qissalari o‘zbek nasri taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan. U o‘zining «Shoxi so‘zana» («Yangi yer», 1949—53), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) sahna asarlari bilan dramaturg sifatida ham tanilgan. A. S. Pushkin, L. Tolstoy, N. V. Gogol, Chexov asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskva shahrida vafot etgan.
Xamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).
ta sahifa mavjud )
S aid Ahmad (Hasanxo‘jaev Saidahmad) 1920 yil 10 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O‘zbekiston Qahramoni (1999). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent rassomchilik bilim yurtida, Toshkent pedagogika institutida o‘qigan (1940—43). Birinchi hikoyalar to‘plami — «Tortiq» (1940). Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Cho‘l burguti» (1960), «Cho‘l oqshomlari», «Odam va bo‘ron, «Yo‘qotganlarim va topganlarim» (1998), «Qorako‘z majnun» (2001), «Kiprikda qolgan tong» (2003) kabi asarlar muallifi. «Ufq» trilogiyasi (1964—74), «Jimjitlik» romani (1988), «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) hajviy to‘plamlari, 3 jildli «Tanlangan asarlar»i (2000) nashr etilgan. Uning yumoristik mahorati «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1976), «Kuyov» (1986) komediyalarida yorqin namoyon bo‘lgan. Feleton janrida ham samarali ijod kilgan. 1947 yil «xalq dushmani» sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan so‘ng oqlangan. «Kelinlar ko‘zg‘oloni» dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sahnalashtirilgan.
2007 yil 5 dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.
«Do‘stlik» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.
Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) – Mashhur oʻzbek adibi 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tugʻilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |