Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
134 
library.ziyonet.uz/ 
 
yumshatish, haroratni tushirish) – muolajadir. 
 
3. Shar’iy – uzunlik oʻlchovi, bir shar’iy – 2–3 km. 
 
Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod dengiz sayohati taklifini eshitgach) dengizdek qalbi 
joʻshib ketdi, ogʻzi kema ogʻzidek ochildi, lekin soʻzsiz edi. Xayoli dengiz mavjlariga zanjirdek 
ulanib, ularga yana yuz ming xayollar ulandi. 
XXVIII 
Bu bob sarlavhasida Xoqon va Farhodning katta kemaga tushib, dengizda suzishlari, qattiq 
shamol koʻtarilib kemani choʻktirib yuborgani, Xoqon va Mulkoroni toʻlqinlar Chinga 
tashlagani, Farhodning esa dengizda bir taxta ustida qolib ketgani bayon etiladi. 
 
1. ―Va izal-bihoru fujjirat‖ – arabcha, (agar) dengizlar toʻlib-toshsa ma’nosida. 
 
2. «Va izal – jibolu suyyirat» – arabcha, (agar) togʻlar siljisa ma’nosida. 
 
3. Baytning mazmuni: (Kemalarning) uchi osmondagi Hut (baliq) va Savr (hoʻkiz) sanchigudek, 
tubi ham yer ostidagn hoʻkiz va baligʻni yanchigudek edi. Shoir bu yerda ilmi nujumga koʻra 
Hut (Baliq) va Savr (Hoʻkiz) deb ataluvchi quyosh burjlariga hamda qadimgi diniy e’tiqodga 
binoan yer goʻyo katta hoʻkizning, hoʻkiz esa baliqning ustida turadi, degan aqidaga ishora 
qilmoqda. Kemaning uchi va tubini baland va chuqurligini bu xilda ta’riflash she’riyatidagi 
«gʻuluv» san’atiga yaqqol misoldir. 
 
4. Jirmi xok – yer kurrasi. Shoir dengizdagi kemalar va odamlarni qorasi yer kurrasidek tuyilardi, 
deydi. 
 
5. Dalv – ilmi nujumda oʻn ikki burjdan oʻn birinchisi. Bu yerda shoir dengizdagi baliqlarning 
suv ichishini osmondagi Hutning falak burjidan suv ichganiga oʻxshatadi. 
 
6. Baytning mazmuni: suvning mavji goʻyo simdan toʻqilgan sovutu uni (baliq) omburdek 
ogʻzida tutib ketayotgandek edi. 
 
7. Baytning mazmuni: qorongʻilik tushdi, dengizning ham dahshatli toʻlqinlari mayda mavjlarga 
aylandi. Shoir bu oddiy fikrni shunday oʻxshatishlarda beradi: Tun qora poʻstini (kish) ostida oq 
rangli mayin moʻyna poʻstin kiygan (qoqum) kunni-yashirganida, dolgʻalar (talotum)ni dengiz 
silovsin (sinjob), (ya’ni mayin moʻyi oʻsiq olmaxon) qildi qoʻydi. Baytdagi «kish»,_ «qoqum», 
«sinjob» soʻzlari «istiora» san’atiga binoan «qora poʻstin», «oq moʻyna poʻstin», «mayin» 
(«mayda») soʻzlari oʻrnida-ishlatilgan. 
 
8. Shoir bu ikki misrada «mohiyat» va «kamohi» soʻzlarida soʻz oʻyini qilgan. Mohiyat 
arabchada «haqiqat» ma’nosida kelganidek, tojikcha baliq ma’nosida boʻlgan «mohi» soʻziga 
nisbat berilganda. ««baliqligʻi» ma’nosini ifoda qiladi, shuningdek: «kamohi» soʻzi arabchada 
«oʻzicha» va «tagi tubigacha» demak boʻlganiday, arabcha oʻxshatish harfi «k» bilan tojikcha 
baliq ma’nosida boʻlgan «mohi»dan qoʻshma soʻz qilib olganda ham «baliqday» degan ma’noni 
beradi. Shoir mana shu ikki soʻzni, shu ikkala ma’noda ishlatgan va har ikkala ma’noda 
she’rning mazmuni toʻla chiqqan» (izoh S. Ayniyniki. Q. Alisher Navoiy. Xamsa, Toshkent, 
1941, 111-bet). 
 
9. Shoir bu misrada Suqrotning yel va suv xatari haqida aytganlariga ishora qilmoqda. 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish