Farg‘ona viloyatida 2016 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot


Marg‘ilon shahri oqava suv tarmoqlari bo‘yicha Arabguzar kuchasida (D-315mm, 846 metr, 17 quduq)



Download 242.5 Kb.
bet2/3
Sana07.09.2017
Hajmi242.5 Kb.
1   2   3

Marg‘ilon shahri oqava suv tarmoqlari bo‘yicha Arabguzar kuchasida (D-315mm, 846 metr, 17 quduq) oqava suv tarmog‘lari to‘liq yangilandi va foydalanishga tayyor xolatiga keltirildi. Xozirda B.Marg‘iloniy kuchasida (D-315mm, 1097 metr, 24 quduq) oqava suv tarmog‘i uchun PE truba etqizish boyicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Aloqa tizimini yaxshilash maqsadida "O‘zbektelekom" AJ qoshida "O‘zMobayl" milliy mobil aloqa operatori tomonidan 181 ta baza o‘rnatish ko‘zda tutilgan. SHuningdek, 132,36 km shisha tolali aloqa liniyalarni (4 ta shahar va 14 ta tumanlarda) qurishilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar viloyat bo‘yicha 52.03 km masofada optik tolali aloqa kabeli yotqizish ishlari yakunlandi. Jumladan, tuman hokimiyatlari binolariga jami 7.35 km (Buvayda tuman hokimiyati – 0.4 km, Dang‘ara tuman hokimiyati – 0.15 km, YOzyovon tuman hokimiyati – 1.2 km, Oltiariq tuman hokimiyati – 0.7 km, Qo‘shtepa tuman hokimiyati – 1.4 km, Furqat tuman xokimiyati – 2.5 km va Farg‘ona tuman hokimiyatiga – 1 km). Viloyat Statistika boshqarmasi va bo‘limlariga jami 0.9 km (viloyat boshqarmasiga – 0.5 km, Farg‘ona shahar – 0.1 km, YOzyovon – 0.1 km, Qo‘shtepa – 0.1 km va Farg‘ona tumani – 0.1 km) shahar va tuman paxta tozalash zavodlariga jami 26.38 km (Qo‘qon – 1.8 km, Beshariq – 0.48 km, Bog‘dod – 10.5 km, Rishton – 8 km, Quva – 4.5 km va O‘zbekiston tumani – 1.1 km). “Hamkorbank” shahar bo‘limlariga jami 7.7 km (Farg‘ona sh – 4.5 km, Qo‘qon sh – 0.4 km, Marg‘ilon sh – 1.5 km va Quvasoy sh – 1.3 km). “Qishloqho‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatiga jami 0.3 km. FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyga 0.5 km masofada optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

Viloyatda 4 ta shahar va 14 ta tumanlarda jami 43 ta baza stansiyalar o‘rnatildi va ishga tushirildi. Jumladan, Farg‘ona shahar – 9 ta, Marg‘ilon shahar – 3 ta, Quvasoy shahar – 2 ta, Qo‘qon shahar – 2 ta, Farg‘ona tumani – 2 ta, Oltiariq tumani – 1 ta, YOzyovon tumani – 2 ta, Quva tumani – 1 ta, Rishton tumani – 1 ta, Toshloq tumani – 2 ta, Qo‘shtepa tumani – 1 ta, Dang‘ara tumani – 2 ta, Uchko‘prik tumani – 1 ta, O‘zbekiston tumani – 2 ta, Bog‘dod tumani – 2 ta, Furqat tumani – 1 ta, Buvayda tumani – 1 ta, Beshariq tumani – 2 ta, So‘x tumani – 2 ta.

181 dona qurilishi ko‘zda tutilgan baza stansiyalardan
95 donasi birinchi navbatda loyihalashtirilish ustida ish olib borilmoqda va bular quyidagicha shahar va tumanlar doirasida amalga oshirilmoqda. Farg‘ona (8 ta), Oltiariq (1 ta), Quva (5 ta), YOzyovon (1 ta), Rishton (3 ta), Toshloq (2 ta), Qushtepa (5 ta), Dang‘ara (3 ta), Uchko‘prik (4 ta), O‘zbekiston (6 ta), Bog‘dod (6 ta), Furqat (6 ta), Buvayda (4 ta), Beshariq (7 ta) tumanlarida hamda Farg‘ona (16 ta), Marg‘ilon (8 ta), Quvasoy (2 ta), Quqon (8 ta).

Qolgan 43 ta o‘rnatish bo‘yicha Respublika “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

95 ta baza stansiyalarini ishlashi uchun hamda kommutatsion markaz bilan bog‘lanishini ta’minlash uchun “Farg‘onatelekom” AJ tomonidan 340,47 km optik tolali aloqa liniyalarni (4 ta shahar va 13 ta tumanlarda) yotqizib berish rejalari ishlab chiqildi. Jumladan, Farg‘ona (17,2 km), Qo‘qon (5,6 km), Marg‘ilon (19,9 km), Quvasoy (18,82 km) shaharlarida hamda Farg‘ona (37,2 km), Quva
(13,5 km), Toshloq (17,6 km), Qo‘shtepa (11,1 km), YOzyovon (3,25 km), Beshariq (69,8 km), O‘zbekiston(17,3 km) Dang‘ara (15,3 km), Furqat
(25,9 km), Rishton (12,3 km), Bog‘dod (18,9 km), Buvayda (16,7 km) va Uchko‘prik (20,1 km). Hozirigi kunda loyiha-oldi smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Qishloq massivlarida namunaviy uy, muxandislik tarmoqlari va infratuzilma ob’ektlari qurilishini borishi to‘g‘risida (PQ-2483).

Viloyatda 2016 yil Dasturi (PQ-2483) doirasida namunaviy


uy-joy qurish ishlariga pudrat tashkilotlariga (reja 184 mlrd.so‘m) 114,7 mlrd.so‘m (62%) mablag‘lar moliyalashtirilib, 108,9 mlrd. so‘mlik (59%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Natijada, 1095 ta uylarda er ishlari va poydevor qurish, g‘isht terish ishlari, 1088 ta uylarda plita yopish ishlari, 968 ta uylarda tom yopish ishlari, 639 ta uylarda eshik va deraza o‘rnatish ishlari, 906 ta uyda elektr ishlari, 586 ta uylarda pol ishlari, 842 ta uylarda santexnika ishlari, 491 ta uylarda ichki pardozlash ishlari, 1031 ta uyda ichki suvoq ishlari, 1021 ta uyda tashqi suvoq ishlari, 985 ta uylarda tashqi devor qurish ishlari yakuniga etkazildi. Bugungi kunda massivlarda 10228 ta ishchi xodimlar va 342 ta texnikalar jalb etilgan.

Bugungi kunda 419 ta (1 iyul holatiga) uy-joylarda qurilish montaj ishlari yakuniga etkazilib, tuman hokimliklarining foydalanishga qabul qilish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.

Ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha (PQ-2483):

Ushbu qarorga asosan viloyatda 2016-2018 yillar davomida jami 1,9 mln. Dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 14 ta loyihalar foydalanishga topshirilishi hisobiga 283 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. SHundan 2016 yilda 6 ta ishlab chiqarish loyihasiga jami 1264,5 ming dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib,


165 nafar ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Hisobot davrida barcha loyihalar hisobiga 502,1 ming dollar (loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari hisobidan 375,7 ming dollar, tijorat bank kreditlari hisobidan 71,4 ming dollar xamda xorijiy investitsiya xisobidan 55,0 ming dollar miqdorida investitsiya) mablag‘lari o‘zlashtirildi. Quvasoy shaxridagi "Fergana keramiks industri" MCHJda pishgan g‘isht ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi shahar ishchi komissiyasining 5.02.2016 yil


7-sonli dalolatnomaga asosan foydalanishga topshirilib. 90 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Qolgan 8 ta qurilish materiallar ishlab chiqarish loyihalari


2017-2018 yillar davomida foydalanishga belgilangan.

SHundan, 2017 yilda 7 ta ishlab loyihasiga 601,7 ming dollar 93 nafar ish o‘rni yaratiladi.

2018 yilda 1 ta ishlab chiqarish loyihasiga 35,7 ming dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, 25 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Barcha manbaalar hisobidan o‘zlashtirilgan mablag‘larning


47,3 foizi noishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi.
2. Sanoat.

Viloyatda 2016 yilning 1-yarim yilligida 3 828,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,5 foizni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-iyun oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 1 251,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,4 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko‘rsatkich 2,4 foiz oshig‘i bilan bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 32,7 foizni tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha 4 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish xajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 157,8 mlrd.so‘mga pasaytirilgan. Jumladan,



Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi" UKda 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 605,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 86,8 foizga teng bo‘ldi. Bunga korxonaga neft etkazib beruvchilar tomonidan uglevodorod xom-ashyosini o‘tgan yilga va joriy yil uchun tasdiqlangan grafikka nisbatan kam miqdorda etkazib berilganligi sabab bo‘ldi.

"Uzsangvu" qo‘shma korxonasida 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 4, mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
7,7 foizga teng bo‘ldi. SHuningdek, "Uzxanvu" qo‘shma korxonasida 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 1,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87,4 foizga teng bo‘ldi. SHu bilan birga, "Avtooyna" qo‘shma korxonasida 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 16,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,5 foizga teng bo‘ldi. YUqoridagi holatlarga sanab o‘tilgan korxonalar mahsulotlari faqat “GM Uzbekistan” kompaniyasiga sotilishi va jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy vaziyatlar sababli “GM Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan buyurtmalarni kam berilganligi sabab bo‘ldi.

Farg‘ona shahridagi " AO Tapo Disk" AJda 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 7,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,1 foizga teng bo‘ldi. Bunga korxonada joriy yilning yanvar-may oylarida yuzaga kelgan iqtisodiy nochor ahvol, va “GM Uzbekistan” tomonidan buyurtmaning kamayib ketganligi sabab bo‘ldi.

Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Xususan, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida “Farg‘onaazot” ICHBda


302,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 119 foizni, Qo‘qon shahridagi “Indorama Kokand tekstil” qo‘shma korxonasida 104,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 126 foizni, Quvasoy shahridagi “Kvars” AJda 72,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 105,1 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 39 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatdi.

Viloyatda 15 dan ortiq tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, hisobot davrida engil sanoatda o‘sish
121,6 foizga yoki 814,1 mlrd.so‘mlik, kimyo va neft kimyo sanoatida
117,3 foizga yoki 408,0 mlrd.so‘mlik, oziq-ovqat sanoatida
119,5 foizga yoki 923,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, bir qancha muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishga erishildi.

2016 yil yanvar-iyun oylarida 1 395,3 mlrd. so‘mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
116,2 foizni tashkil etdi.

Jami halq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida nooziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 707,7 mlrd.so‘mni, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 601,5 mlrd. so‘mni, vino-aroq va pivo ichimliklari ishlab chiqarish esa 116,1 mlrd.so‘mni tashkil qildi.



Mahalliylashtirish dasturi. Viloyatda 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2120-sonli qaroriga asosan 12 ta korxonada 15 ta loyiha, 2015 yil
11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” PQ-2298-sonli qaroriga asosan 13 ta korxonada 20 ta, jami 28 ta sanoat korxonalarida 31 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida “GM-Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kir yuvish vositalari, gaz tashish va tarqatishga mo‘ljallangan yarim tirkamali sisternalar, isitish batareyalari, yumshoq bolalar o‘yinchoqlari, poliefir tola, elektr choynaklari kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2016 yilning 1-yarim yilligida hududiy tasarrufdagi 20 ta loyihalarda 18,5 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. SHundan
14,6 mlrd. so‘mlik mahsulotlar sotilib, 78 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Natijada 4,9 mln.dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi.
3. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish.

Viloyatda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, yuridik, konsalting, mexmonxona, internet xizmatlari, sug‘urta, moliya va bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat turlarining hamda bugungi kunda soha vakillarining ko‘payayotganligi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Natijalar esa o‘z navbatida sohadagi raqobat muhitining shakllanishiga, aholi arzon hamda sifatli xarid va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 2530,7 mlrd.so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,2 foizga o‘sishga erishildi.

SHuningdek, 1374,3 mlrd. so‘mlik pullik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,8 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.

Ko‘rsatilgan maishiy xizmatlar hajmi 150,8 mlrd. so‘m (o‘sish 120,6%) dan iborat bo‘ldi.

2016 yil 2 choragida jami 394 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, amalda 413 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 2086 nafarga yaqin mehnat yoshidagi aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

SHuningdek, hisobot davrida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obe’ktlarni ishga tushirilishi va mavjudlarini kengaytirish xisobiga 3,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2016 yil 2-choragida davomida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami 18431 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida xizmat ko‘rsatish sohasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga tijoratbank mablag‘lari hisobidan 21739 mln.so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.



CHakana savdo aylanmasi. Viloyatda hisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 3534,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 112,6 foizga teng bo‘ldi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan savdo hajmi esa 1004,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Transport va aloqa. 2016 yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha barcha transport turlarida 45,8 mln.tonna yuklar tashildi va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,2 foizni tashkil etdi.

Jumladan, avtomobil transportida yuk tashish 42,0 mln. tonnani va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 106,8 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-iyun oylarida barcha transportlarda yuk aylanmasi 1471,7 mln.t/kmni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,5 foizni tashkil qildi. Bu o‘sish avtomobil transportida yuk aylanmasining 1229,7 mln.t/kmni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil etganligi hisobiga bo‘lmoqda.

Yo‘lovchilar tashish miqdori barcha transport turlari bo‘yicha 340,2 mln. kishini va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
106,1 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘sish asosan avtomobil transportida yo‘lovchi tashish hajmini 339,6 mln. kishini va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,4 foizni tashkil etganligi hisobiga kuzatilmoqda.

Hisobot davrida transportlarda yo‘lovchi aylanmasi


4508,1 mln. yo‘l/kmni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
106,6 foizni tashkil etgan. SHu jumladan, avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi 4473,2 mln. yo‘l/kmga yoki 106,5 foizga o‘sishga erishildi.

Transport xizmatlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishni ta’minlanishi o‘z navbatida olingan daromadlar hajmini ortishiga olib keldi. Jumladan, yo‘lovchi tashishdan daromad


276,6 mlrd. so‘mni va o‘sish 114,0 foizni tashkil etdi. Bu asosan avtotransport xizmatidan olingan daromadlar hisobiga bo‘lib, joriy davrda bu ko‘rsatkich avtomobil transportida 205,6 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,9 foizni tashkil etdi.

SHuningdek, hisobot davrida yuk tashishdan olingan daromad


232,7 mlrd.so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
119,3 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, avtomobil transportida yuk tashishdan olingan daromad 225,4 mlrd.so‘mni va o‘sish
120,2 foizni tashkil etmoqda.

Viloyatda hisobot davrida 224,8 mlrd. so‘mlik aloqa xizmatlari ko‘rsatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,8 foizni tashkil qilmoqda. SHundan, aholiga ko‘rsatilgan aloqa xizmatlari 224,4 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 foizga teng bo‘lmoqda.


III. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash

va rivojlantirish
Viloyatda 2016 yil 1 choragida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida barcha sohalarda belgilangan Dasturlar doirasida muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlash, raqobatbordosh va bozor talablariga mos bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada keng yo‘lga qo‘yish, eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish, narh-navoning barqarorligini ta’minlash hamda pirovardida aholining real daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Jumladan;

YAlpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 2513,4 mlrd. so‘mga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan


366,8 mlrd. so‘m (106,3%)ga ko‘p bajarildi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 71,4 foizi yoki 1795,7 mlrd. so‘mligini chorvachilik mahsulotlarini hamda 26,8 foizi yoki


674,7 mlrd.so‘mligini dexkonchilik mahsulotlarini tashkil etdi.

YAlpi mahsulot ishlab chiqarishda fermer xo‘jaliklari ulushi 28,9 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi esa 69,6 foizni tashkil etdi.



Paxtachilik sohasi bo‘yicha.
Viloyatda 2016 yilda jami 97,8 ming gektar er maydoniga paxta ekish belgilanib, jami 274,0 ming tonna yalpi xosil olish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda 2016 yil paxta hosilini avanslash maqsadida tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga paxta etishtirish uchun 151,7 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi hamda paxta etishtirish uchun sof xolda 30605 tonna azotli, 3889 tonna fosforli va 1818 tonna kaliyli o‘g‘itlar etkazib berildi.


G‘allachilik sohasi bo‘yicha.
G‘allachilik sohasida viloyatda erishilayotgan yutuqlar zamirida sohada alohida tizim yaratilganligi, ko‘p yillik to‘plangan boy tajriba, urug‘chilikka berilayotgan e’tibor va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil etilayotganligi turibdi.

Viloyatda fermer xo‘jaliklariga 2016 yilda jami 111,7 ming gektar er maydoniga galla ekish belgilanib, jami 284,3 ming tonna yalpi xosil olish ko‘zda tutilgan.

G‘alla hosilini avanslash maqsadida tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga boshoqli don etishtirish uchun
57 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi hamda sof xolda 23396 tonna azotli, 2798 tonna fosforli, 121 tonna kaliyli o‘g‘itlar etkazib berildi.

Oziq-ovqat Dasturlari ijrosi bo‘yicha.
Viloyatda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko‘paytirish va ichki iste’mol bozorini to‘ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go‘sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil
4 yanvardagi 1-sonli “2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va undan foydalanishning istiqbol ko‘rsatkichlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash, viloyatda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va o‘z vaqtida qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda joriy yilda meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlarini eksport qilish hajmlarini oshirish maqsadida
2016 yil 8 yanvarda viloyat hokimining 10-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2016 yilda viloyat bo‘yicha 859,2 ming tonna sabzavot (urug‘likka 19,0 ming tonna, qayta ishlashga


117,4 ming tonna, eksportga 51,3 ming tonna, aholi iste’moliga 671,5 ming tonna), 336,7 ming tonna kartoshka (urug‘likka 48,0 ming tonna, aholi iste’moliga 288,7 ming tonna), 108,7 ming tonna poliz (urug‘likka 2 ming tonna, eksportga 3,9 ming tonna,
aholi iste’moliga 102,8 ming tonna), 416,5 ming tonna meva
(qayta ishlashga 54,4 ming tonna, eksportga 23,4 ming tonna, aholi iste’moliga 338,7 ming tonna), 106,5 ming tonna uzum (qayta ishlashga 16,1 ming tonna, eksportga 13,2 ming tonna, aholi iste’moliga 77,2 ming tonna) mahsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Viloyatda hisobot davridagi barcha toifadagi xo‘jaliklarida jami 352,2 ming tonna sabzavot (o‘tgan yilga nisbatan 108%),


169,2 ming tonna kartoshka (108,2%), 6,0 ming tonna poliz (108,1%), 196,1 ming tonna (107,6%), 1140 tonna uzum (110,8 %) mahsulotlari etishtirildi.
Aholi tomorqalaridan foydalanish.

Hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirish yuzasidan yaratilgan tizim asosida birinchi navbatda, viloyatimizda aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari erlaridan samarali va unumli foydalanishni keng yo‘lga qo‘yilganligi o‘zining katta samarasini bermoqda.


Viloyatining 724 ming ta xonadonlariga tegishli bo‘lgan axolining shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining 41,0 ming gektar tomorqalarida g‘alla, sabzavot, kartoshka, poliz va ozuqa ekinlarini ekish hisobiga 15,8 ming tonna g‘alla, 502,6 ming tonna sabzavot, 153,7 ming tonna kartoshka, 33,9 ming tonna poliz, 8,2 ming tonna dukkali donlar, 82,8 ming tonna meva, 79,4 ming tonna uzum,
134,1 ming tonna ozuqa ekinlari etishtirish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda aholi tomorqalarining asosiy maydonlarda


18,3 ming gektar sabzavot, 2,0 ming gektar poliz, 5,7 ming gektar kartoshka, 1,5 ming gekar dukkali don, 9,9 ming gektar maydonlarda ozuqa ekinlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat bo‘yicha shaxsiy tomorqalariga jami 41 ming 520 gektar (101,2 foiz) er maydonlarga ekinlar ekildi.

SHundan: 18,7 gektar sabzavot (102%), 5,8 gektar kartoshka (101%),
2,02 gektar poliz (101%), 11,7 gektar boshqa ekinlar (101%) ekildi.

SHuningdek 1954 gektar maydonlarga 791 ming dona meva ko‘chatlari hamda 1290 gektar maydonlariga 1677 ming dona uzum ko‘chatlari ekildi.

Axolining shaxsiy tomorqalariga jami 17,4 ming tonna urug‘lik kartoshka, 99,5 tonna piyoz, 11.4 tonna sabzi, 277 kg karam, 3.2 tonna pamidor, 6.2 tonna bodiring, 20.1 tonna ko‘k piyoz, 7.6 tonna poliz, 286 tonna boshqa urug‘lari ekildi.

SHuningdek jami 792 ming dona meva, 1677 ming dona uzum ko‘chatlari ekildi.

SHundan 1290 gektar uzum, 684 gektarga olma, 352 gektarga o‘rik,
98 gektarga anor, 586 gektarga gilos, 234 gektarga nok ko‘chatlari ekildi.

Tijorat banklari tomonidan shu kungacha aholi xonadonlariga jami 5,9 mlrd so‘mlik (urug‘lik va ko‘chatlarga 975 mln so‘m, qoramol sotib olishga 4272 mln so‘m, parranda sotib olishga 449 mln so‘m, qo‘y sotib olishga 449 mln so‘m) kredit mablag‘lari ajratildi.


Muzlatkichli kameralar qurish bo‘yicha
Viloyatda 2016 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 29 fevraldagi
34-sonli “2016 yilda respublika xududlarida yangi sovutkichli sig‘imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoniga asosan Manzilli Dustur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy da jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 16800 tonna sig‘imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi. SHundan "O‘zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tizimi bo‘yicha 500 tonnani, viloyatdagi loyixa tashabbuskorlari bo‘yicha 16300 tonnani tashkil etadi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 20,6 mlrd. so‘m shundan o‘z mablag‘idan 11,0 mlrd. so‘m, tijorat banklari hisobidan 9,5 mlrd. so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1- yarim yilligida jami 16 ta loyixada umumiy sig‘imi 11450 tonnali omborxonalar ishga tushirilib, jami



Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat