Farg‘ona viloyatida 2016 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot



Download 242,5 Kb.
bet3/3
Sana07.09.2017
Hajmi242,5 Kb.
#19108
1   2   3

13,9 mlrd. so‘m sarflandi.

Xozirgi kunda qolgan 11 ta loyixalar bo‘yicha tarmoq jadvallari bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.


Mahsulotlarni qayta ishlash. Viloyatimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash borasida katta imkoniyatlarga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2505-sonli qaroriga asosan viloyatda 2016 yilda 859,2 ming tonna sabzavot, 336,6 ming tonna kartoshka, 108,7 ming tonna poliz, 416,5 ming tonna meva, 106,5 ming tonna uzum, 147,2 ming tonna go‘sht, 924,6 ming tonna sut, 348,8 mln. dona tuxum, 5 ming tonna baliq va 1 ming tonna asal mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan.

SHuningdek, etishtiriladigan jami 1 mln. 828 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarining 91,8 ming tonnasini (149,9 mln. doll.) eksport qilish belgilangan.

Viloyatda 2016-2020 yillarda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha jami 14 ta yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyixalarni amalga oshirish uchun jami 50,3 mln. doll (shundan o‘z mablag‘idan 11,7 mln. doll, bank krediti 23,6 mln. doll., chet el investitsiya xisobidan 15,1 mln. doll) mablag‘lar sarflanishi belgilandi. Hozirgacha ushbu loyixalarning tarmoq javdallari ishlab chiqildi.

CHorvachilik bo‘yicha.

So‘nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug‘lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko‘paytirishga katta zamin yaratmoqda. Masalan,



2016 yil 1 choragida: qoramollar bosh soni 989,1 ming bosh
(
105,4%), jumladan, sigirlar bosh soni 359,4 ming bosh (103,6%), qo‘y-echkilar 828,5 ming boshga (102,8%), parrandalar bosh soni 4 mln
606 ming boshga (113,0%) boshga etkazildi.

SHuningdek go‘sht ishlab chikarish 67,9 ming tonnani (106,6%), sut ishlab chikarish 379,3 ming tonnani (106,7%), tuxum ishlab chiqarish 213,9 mln donani (114,6%), baliq etishtirish 1171 tonnani (133,2%) tashkil etadi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo‘yicha jami 75 ta loyihada 1550 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 7 mlrd. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 8,6 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 416 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan dasturlarga asosan 18 ta loyihada 331,2 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 2,4 mlrd. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 3,9 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 123 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha viloyat bo‘yicha jami
29 ta loyihalar to‘liq amalga oshirilib, ularda jami 107 gektar er maydonlariga ko‘llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 2500 mln. so‘m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 1900 mln. so‘m mablag‘lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 178 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha 28 ta loyihalar to‘liq amalga oshirilib, ularda 5238 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo‘jaliklarini tashkil etishga jami 1892 mln. so‘m mablag‘lar (shundan bank krediti 371 mln. so‘m) sarflandi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga 55 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
IV. Uy-joy va kommunal xo‘jaligidagi islohotlar
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 2016 yil yanvar-iyunt oylarida viloyatda kommunal to‘lovlardan bo‘lgan jami debitor qarzdorlik 919,3 mlrd. so‘mni (shundan aholi qarzdorligi 710,5 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan umumiy qarzdorlik 19,9 mlrd. so‘mga, shundan aholi qarzdorligi 65,4 mlrd. so‘mga kamaygan. Jumladan:

- tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha jami qarzdorlik 385,5 mlrd. so‘mni (shundan aholi 369,5 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 19,6 mln. so‘mni tashkil etdi;

- elektr energiyasi bo‘yicha umumiy qarzdorlik 517,6 mlrd. so‘mni (shundan aholi 325,4 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 20,6 mlrd. so‘mga (shundan aholi 65,2 mlrd. so‘m) kamaygan;

- ichimlik va oqava suv bo‘yicha qarzdorlik 12,9 mlrd. so‘mni (shundan aholi 12,4 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 0,22 mln. so‘mga kamaygan;

- issiqlik ta’minoti bo‘yicha qarzdorlik 3,2 mlrd. so‘m (shundan aholi 3,02 mlrd. so‘m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 376,6 mln. so‘mga ortgan.

Surunkali kommunal to‘lovlardan bo‘lgan qarzlarini to‘lamayotgan, kommunal xo‘jalikdan foydalanish qoidalarini buzgan va noqonuniy ravishda foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilib, tarmoqdan uzib qo‘yilmoqda.

Aholi va korxona mablag‘lari hisobidan xisobot davrida
93,8 km. ichimlik suv tarmoqlari va 22,7 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilgan.

Aholi yashash punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Respublika byudjet mablag‘lari xisobidan 68 ta (11,3 mlrd.so‘m) qishloqlarda 21 ta ichimlik suvi qudug‘i qaziladi, 24 ta quduqlar ta’mirlanadi hamda 72 km suv tarmoqlari tortilib, 60 mingdan ziyod aholini ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda ichimlik suvi ob’ektlarida 5,09 mlrd.so‘mlik (45%) qurilish-montaj ishlari bajarildi


V. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi
2016 yilning 1-yarim yilligida dastlabki tahlilar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasi 606,9 mln. AQSH dollarini, shundan mahsulot eksporti 260,1 mln. AQSH dollarini, importi esa 346,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi saldosi - 86,7 mln. AQSH dollari xajmida yakunlanmoqda.

O‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan tashqi savdo aylanmasi


97,1 foizni, mahsulot eksporti 101,2 foizni, importi
94,2 foizni tashkil etmoqda.

Tashqi savdo aylanmasi prognozi 97,2 foizga, eksport prognozi 100,1 foizga, import prognozi 95 foizga bajarilmoqda.



Eksport tuzilmasida paxtadan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 109 foizga, kimyo mahsulotlari 100,4 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 103,7 foizga, qora va rangli metallar 106,4 foizga, mashina va uskunalar 108,5 foizga o‘smoqda.

SHu bilan birga paxta tolasi eksporti (67%), neft mahsulotlari (91,5%), shuningdek, xizmatlar eksporti (67,2%) kamaydi.

Bunga asosiy sabab engil sanoat korxonalarida kalava ip ishlab chiqarish quvvatlarini ortganligi (“Farg‘ona Asiana” MCHJ, “Quva tekstil” MCHJ, “Xumo to‘qimachi” MCHJ, “Rus O‘zbek tekstil” QK va boshqalar), importdan keltirilayotgan neft xom ashyosini kamayganligi sabab bo‘ldi.

Import tuzilmasida esa korxonalarni qayta jihozlash xisobiga qora va rangli metallar 132,8 foizga, mashina va jihozlar 2,2 martaga, kimyo mahsulotlari 124,7 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 154,9 foizga, shuningdek xizmat ko‘rsatish esa
105 foizga o‘smoqda.

Neft xom-ashyosi importi (93,1%) va boshqa mahsulotlar (71,1%) kamaydi.

Viloyat tasarrufidagi korxonalarga 2016 yil 1-yarim yilligi uchun 116,6 mln.dollarlik eksport prognozi belgilangan bo‘lib, xaqiqatdan 99,9 mln.dollarga yoki 85,7 foizga bajarilmoqda. Bunga asosiy sabab xizmatlar eksport prognozini 73 foizga, meva-sabzavotlar eksport prognozini 90,4 foizga bajarilgani sabab bo‘ldi. Sanoat mahsulotlari eksport prognozi 105,2 foizga bajarildi.

Iyun oyining o‘zida 3,4 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari,


14 mln.dollarlik meva-sabzavotlar va 13,4 mln.dollarlik xizmatlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

O‘tgan oylarda eksportga shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlarni olib borgan 11 ta korxonada 1,3 mln.dollarlik ("Pop paxta momigi" MCHJ, "New way kokand" MCHJ,  "Generous valley trading" MCHJ, "Eko-plastex" MCHJ, "Fergana qicheng" MCHJ, "Aramatы bagdada" XF, YATT “Komilov Javohirbek Ravshanbek”, "Rishton tukimachi", "Fergana spetsodejda" MCHJ, "Kaz shursuv kon", "Zafar Eldor kelajagi" MCHJ );



Topshiriqni to‘liq bajarmagan 8 ta korxona tomonidan
523 ming dollarlik
("Prof tekst plyus" MCHJ, "Yuksalish gipso invest" MCHJ, "Milord-n" XF, "Qoqon ozod servis" MCHJ, "Kukon eksport" AF, "Oltiarik agro fayz" MCHJ, "Grand kapital invest savdo" MCHJ, "Yaypan trans servis" MCHJ.) mahsulotlarni eksportga chiqarish ishlari olib borildi.

Eksport prognoziga kirmagan 20 ta yangi korxonalarda (trikotaj, tayyor kiyimlar, toy paxta, qurilish materiallari, quritilgan meva-sabzavotlar va boshqalar) 1,1 mln.dollarlik sanoat mahsulotini eksportga chiqarish ishlari tashkil etildi. (Farg‘ona shahridagi “Eltex komort trans” MCHJ –trikotaj, “Bastion trayding” MCHJ –oxak, “Farg‘ona Mashxura baraka”MCHJ –shisha idishlar, “Vodiy star trans” MCHJ –meva-sabzavot, “Mastona Osiyo xamkor” –meva-sabzavot, Marg‘ilon shahridagi “Kotton inter tex” MCHJ –kalava ip, “Orshax tekstil prodaksion” MCHJ paypoqlar, “Smak lint grupp” MCHJ –kalava ip, "Kumtepa eksport servis" –meva-sabzavot, Toshloq tumanidagi “Merfenko” QK-poyabzal, Qo‘qon shahridagi “Kichik import torgovli” MCH –quruq gips, Oltiariq tumanidagi “Vest Dekor” MCHJ, “Xasanjon” XF, “Frukto YAgod era” MCHJ –meva-sabzavot, Beshariq tumanidagi "Besharik svits fruits" MCHJ –meva-sabzavot, Dang‘ara tumanidagi "YUjniy metall plyus" MCHJ trikotaj, Rishton tumanidagi YATT “Ismoilov YUS” keramik idishlar, Quva tumanidagi "Kuva Grand Frukt invest" MCHJ, Farg‘ona tumanidagi "SHukurillo Savdo Fayz" MCHJ-oxak, YOzyovon tumanidagi “Edel veys” MCHJ-toy paxta )

2016 yilning 1-yarim yilligida 28 ta eksportbob mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ishga tushirildi. (Farg‘ona shahrida 6 ta, Qo‘qon shahrida 3 ta, Marg‘ilon shahrida 2 ta, Quva, Beshariq, Dang‘ara, Farg‘ona, Bag‘dod, Oltiariq, O‘zbekiston tumanlarida 2 tadan).

Jumladan, 2016 yilning 1-yarim yilligida kalava ip ishlab chiqaruvchi Marg‘ilon shahridagi “Ekspo Kolor print teks” QK, Rishton tumanidagi “Rishton to‘qimachi” MCHJ, “Rus O‘zbek teks” QK, Beshariq tumanidagi “Beshariq to‘qimachi” MCHJ ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi ortdi. Bular tomonidan qo‘shimcha 1,1 ming tonna paxta tolasi o‘zlashtirildi.

Kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxonalardan Farg‘ona tumanidagi “Fergana Asiana” MCHJ faoliyatini boshladi. (quvvati 4 ming tn. paxta tolasi).

Joriy yil o‘tgan 6 oyida xududiy korxonalar tomonidan 38 ta davlatga eksport amalga oshirilib, iyun oyining o‘zida davlatlar soni 7 taga ortdi.



Eksport Azarbayjon (“Raxmatjon Kelajagi XF -12 ming doll. baxmal), Afg‘oniston ("Qo‘qon eksport" 110 ming doll. "GENEROUS VALLEY TRADING" MCHJ-240 ming doll meva-sabzavot), Bangladesh ("COTTON INTER TEX" MCHJ -87 ming doll engil sanoat mahsuloti), Bolgariya ("Adan tekstil” MCHJ -15,2 ming doll. engil sanoat mahsuloti), Eron ("EXIMAGRO ECO PRODUCTS" MCHJ
180 ming doll. meva-sabzavot), Ukraina ("PALLET PRODUCTION" MCHJ 12,6 ming doll. quritilgan meva, YATT tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari), SHiri Lanka ("SMART LINK GROUP" MCHJ -47 ming doll engil sanoat mahsuloti), davlatlari va Rossiya, Qazog‘iston, Qirg‘iziston ("Qo‘qon eksport" MCHJ, "NEW WAY KOKAND" MCHJ, "GENEROUS VALLEY TRADING" MCHJ, "EXIMAGRO ECO PRODUCTS" MCHJlar meva-sabzavotlar va YATTlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari), Polsha va Belorus (“Fergana Asiana” –kalava ip) davlatlari va kompaniyalari xisobiga kengaydi.

Viloyatdagi xududiy eksporter korxonalarda quyidagi muammolar yuzaga kelgan:



Marg‘ilon shahridagi “Turon vodiy tekstil” MCHJ kalava ipdan trikotaj matolar to‘qish, trikotaj mahsulotlar, sochiq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona yillik eksport imkoniyati
420 ming dollar.

Korxona ekport xajmini oshirish uchun eksportdan tushgan valyutasiga "O‘zbekengilsanoat" AJ tarkibidagi korxonalardan kalava ip sotib olishga ruhsat berilmayapdi. Xuddi shunday xolat shahardagi “Ziyo boqiy baraka” MCHJda xam mavjud bo‘lib turibdi. "(O‘zRes. VMsining 2004 yildagi 141 sonli qarori)



Taklif: Vazirlar Maxkamasining 2004 yildagi 141 sonli qarori bilan “O‘zbekengilsanoat” AJ tarkibidagi korxonalarga berilgan valyutaga xom ichki bozordan xom ashyo (kalava ip va yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlari) sotib olish) va boshqa imtiyozlarni xududiy to‘qimachilik korxonalariga xam berish masalasini ko‘rib chiqish.

Marg‘ilon shahridagi “Natsional Silk kotton” MCHJ (Oldingi “Marg‘ilon Osiyo teks” MCHJ)ga 1-yarim yillik uchun 600 tonna paxta tolasi zarur bo‘lgan, lekin korxonada kredit va konvertatsiya masalasi xal bo‘lmagani uchun faoliyatini boshlamagan

Taklif: “O‘zbekengilsanoat” AJ tomonidan korxonadagi mavjud muammoni xal etilishiga amaliy yordam berish lozim.

Rishton tumanidagi “Rus O‘zbek teks” QKsi kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida bajarilishini xamda ishlab kelayotgan 400 nafar ishchi-xizmatchilarni bir maromda ish bilan ta’minlash uchun oylik
200-250 tonna paxta tolasi kamlik qilmoqda.

Taklif: Korxonaga har oyda “O‘zpaxta eksport” XK shartnomasi asosida 350-375 tonnadan paxta tolasi ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish lozim.

Viloyatda 2016 yil 1 iyul holatiga ro‘yhatdan o‘tgan xorijiy investitsiyali korxonalar soni 157 tani tashkil etib, o‘tgan yilning
6 oyiga nisbatan 15 taga ortdi. Korxonalarning 151 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ular tomonidan ishlab chiqarilgan va xizmatlar xajmi joriy yilning 1-yarim yilligida 616,7 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 foizni tashkil etmoqda. Viloyat yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 20,2 foizdan 21,3 foizgacha ortdi.

Qo‘shma korxonalarning eksportida o‘sish 104 foizni, importida esa 100,7 foizni tashkil etmoqda.

O‘tgan oylarda 7 ta yangi xorijiy investitsiyali korxona tashkil etildi. (Farg‘ona shahrida qurilish montaj ishlariga ixtisoslashgan Tailand "ROYAL THAY BRANCH" XK, , engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "GREAT SILK INVESTMENT ULUG” XK, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “ISKANDAR INVEST " XK va kolsalting xizmati ko‘rsatuvchi “IMPEKS KONSALTING FERGHANA” QK, Qo‘qon shahrida metan gaz balonlari ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Xitoy “Shaffof metan sanoat” QK, Beshariq tumanida tikuv maxsulotlari ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Turkiya “Nargiz tong” QK, Quva tumanidagi kalava ip ishlab chiqaruvchi “Quva tekstil” QK)

2016 yilning 1 iyul xolatiga 6 ta xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyat ko‘rsatmayapdi.

Jumladan,

Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Eron “Uz-Sozon” qo‘shma korxonasi «GM» avtomobillariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, nizom jamg‘armasini to‘liq shakllantirilmaganligi sababli, viloyat Xo‘jalik sudining 2010 yil 15 apreldagi 15-11-05/7634-sonli hal qiluv qaroriga asosan tugatilgan. Korxonaning mol-mulklari qayta xisoblanib, baholashga qo‘yilgan. SHu bilan birga korxona ta’sischisi “O‘zavtosanoat AKsi tomonidan korxona mol-mulkini o‘z tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmagan.

Qo‘qon shahridagi "VODIY YAGONA METEN" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi moliyaviy xolati va xom-ashyo masalasini xal etolmagan.

Toshloq tumanidagi "STA SAM YANG PLASTICS CO LTD" O‘zbekiston J.Koreya qo‘shma korxonasida xam moliyaviy takchillik yuzaga kelgan. Natijada xom-ashyo olish masalasi xal etilmagan.

Beshariq tumanidagi O‘zbekiston-Lixtenshteyn "BESH KRAFT-EX OTAJ" qo‘shma korxonasini qarzdorligi ortib ketgani va moliyaviy takchillik yuzaga kelgani sababli korxonani tugatish bo‘yicha viloyat xo‘jalik sudining 2015 yil 8 oktyabr kungi 15-1509/21043-sonli xal qiluv qarori qabul qilingan. Korxon mol-mulkini aniqlashtirish va sotuvga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

Farg‘ona tumanidagi Xitoy “V&B Chemical” xorijiy korxonasi aylanma mablag‘i etishmaganligi sababli vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan.

SHuningdek, Qo‘shtepa tumanidagi "LEGENDA ZOLOTOY DOLINI" qo‘shma korxonasi meva-sabzavot sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga oldindan 30 foizli bo‘naq mablag‘ini berish ishlari kechikkanligi sababli vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmayapdi.


VI. Kichik biznesni rivojlantirish
Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo‘lib, 2016 yil 1-yarim yilligi yakuni hisobotlariga ko‘ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 52,6 foizni tashkil etdi. YOki o‘tgan yilning (52,3 %) shu davriga nisbatan 0,3 foizga oshdi.

Ro‘yxatdan o‘tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 194

65 tani tashkil etdi. SHundan, 18880 nafari (jamiga nisbatan 97,0 %) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida 1340 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 32855 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida
574,1 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi hamda topshiriq rejasi 130,3 foizga bajarildi.
VII. Ijtimoiy sohani rivojlanishi
Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni 3530,0 ming nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan
60,6 ming nafarga yoki 101,7 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni o‘sib bormoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,3 foizga o‘sib, 1499,3 ming kishini tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil
3 dekabr SQ-63-III-sonli qarori bo‘yicha “2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan, hisobot davrida 48176 ta (qishlok joylarda 36078 ta) yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 102,5 foizni tashkil qilmoqda.

Yilning davomida ish axtaruvchi sifatida jami 19777 nafar fuqarolar ro‘yhatga olindi, shundan 18931 nafari ishga joylashtirildi, 691 nafar fuqarolarga esa ishsizlik maqomi berildi.

Hisobot davrida o‘rtacha ish haqi viloyat bo‘yicha 1058,8 ming so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8.0 foizga o‘sganligi qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash. Viloyatda sog‘liqni saqlash tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Dasturni amalga oshirish jarayonida birinchi e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratildi.

Hozirgi kunda viloyatda 11493 o‘rinli 130 ta shifoxona va bir paytning o‘zida bir smenada 57,0 ming quvvatga ega bo‘lgan 593 ta oilaviy va boshqa ambulatoriya-poliklinika muassasalari samarali faoliyat olib bormoqda.

Tibbiy muassasalarda jami 41,8 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 6,5 ming nafardan ziyod vrachlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatining takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Natijada nodavlat shifoxonalar soni 70 tani tashkil etdi. Nodavlat tibbiy muassasalar soni esa 283 tani va yakka tartibda tibbiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi vrachlar soni 374 nafardan iborat. SHuningdek, pullik tibbiy xizmat olgan shaxslar soni 2016 yilning 1-yarim yillik yakunida 274,1 ming nafarni tashkil etib, pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmi 21,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 153,1 foizga oshgan.



Ta’limni rivojlantirish. Viloyatda 89,1 ming o‘ringa ega bo‘lgan jami 678 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatib, ularda 75,8 ming nafardan ziyod bolalar tarbiyalanmoqda.

Viloyatda 2015/2016 o‘quv yilida 920 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko‘rsatib, 37,4 ming nafar pedagog xodimlar 494,7 ming nafardan ziyod o‘quvchilarga ta’lim bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 12 ta akademik litseylar va 145 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 173,3 ming nafarni tashkil etdi. (Jumladan,akademik litseylarda 8806 nafar, kasb-hunar kollejlarda– 164490 nafar)

Sport. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy-ma’naviy jihatdan salomatligini mustahkamlash, ularni sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga etkazish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan 2016 yil davomida, shahar va tuman hokimliklari, turli davlat xamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 612 ta turli sport musobaqalari o‘tkazildi. O‘tkazilgan sport musobaqalarida 322951 nafar (shundan 146753 nafari qizlar) yosh sportchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarni o‘tkazishga va g‘olib bo‘lgan sovrindorlarni taqdirlashga jamg‘arma va homiy tashkilotlar tomonidan 23,7 mln.so‘m mablag‘lar (shundan, jamg‘arma hisobidan
18,6 mln.so‘m) sarflandi.

O‘tgan oylar davomida viloyatimizning 32 nafar (shundan


12 nafar qizlar) yosh sportchilari jami 1 ta Respublika musobaqalariga yuborilib, faxrli 2,3-o‘rinlarni egallab qaytdilar.

Madaniyat. Viloyatda 4 ta teatr va 14 ta muzeylar, 8041,5 ming nusxa kitob fondiga ega bo‘lgan 1130 ta kutubxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. SHuningdek, viloyatda 91 ta madaniyat va aholi dam olish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur markazlarda 775 ta to‘garaklar mavjud bo‘lib, to‘garaklarda 20,0 ming nafardan ziyod bolalar va o‘smirlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
Download 242,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish