Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani Turg’oq MFYda uyushmagan yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish va o’tkazish yuzasidan
BAYONNOMA
18.03.2022 yil Uchko’prik tumani
“Zakovat” intellektual o‘yini qatnashchilari: Turg’oq MFY yoshlar yetakchisi X.Yu.Axmedov, Qo’qon DPI Texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti B.Olimov, Qo’qon DPI Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi O.Yuldashev, Uchko’prik tumani
17-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori o’rinbosari Gulnoza Karimova va Turg’oq MFYda yashab kelayotgan uyushmagan yoshlar
Farg’ona viloyatining Uchko’prik tumani Turg’oq MFY yoshlar yetakchisi Axmedov Xusanboy boshchiligida Qo’qon DPI Texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti B.Olimov, Qo’qon DPI Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi O.Yuldashev, Uchko’prik tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori o’rinbosari Gulnoza Karimova ishtirokida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etildi.
Turg’oq MFY idorasi
Turg’oq MFYda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yininida qatnashish istagini bildirgan 4 ta (“Zakovat bilimdoni”, “Tadbirkorlar”, “Zukkolar”, “Pedagoglar”) jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini NIZOMi asosida murosasiz bo‘lib o‘tdi. “Zakovat” intellektual o‘yinida qatnashgan jamoalar tarkibi Turg’oq MFYda yashab kelayotgan va shu MFYda joylashgan ta’lim muassasalari pedagog-xodimlari, maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlardan tuzilgan. Jamoa tarkibiga bilimdonning yoshi, millati, irqi, dinidan qat’iy nazar jamoaga kiritilishi mumkinligi eslatib o’tildi. Tanlov davomida jamoaning asosiy tarkibida ko‘pi bilan 6 nafar, kamida 5 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin.
“Zakovat bilimdoni” jamosi
“Pedagoglar” jamoasi munozarada
“Tadbirkorlar” jamoasi munozarada
“Zukkolar” jamoasi munozarada
Tashkiliy guruh a’zolari
Kordinator: (Savollar bo’yicha): Turg‘oq MFYda joylashgan 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ona tili fani o‘qituvchisi Kamolova Nozimaxon belgilangan.
Bosh hakam: Qo’qon DPI Texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti B.Olimov tayinlandi.
“Zakovat” intellektual o‘yini nazoratchisi: Turg‘oq MFYda joylashgan Uchko’prik tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori o’rinbosari Gulnoza Karimova.
“Zakovat” intellektual o‘yinida to‘rt jamoa, ya’ni “Zakovat bilimdoni”, “Tadbirkorlar”, “Zukkolar”, “Pedagoglar” bir-birlari bilan o’z bilimlarini qanday darajada ekani borasida bahslarga kirishdilar. Bugungi bahs kordinatori savollarni konvertlarga berkitilgan holda “Savollar maydoni”ga tartib bilan terib joyladi. Har ikki jamoadan vakillar “Savollar maydoni”dan bittadan konvertni oldilar va o’z jamoalari joylashgan joyga borib o’tirdilar va jamoa sardorlariga konvertni ochish va savolni o’zaro o’qish uchun topshirdilar. O’z navbatida sardorlar konvertni ochdilar va navbatma – navbat savollarni muhlislarga eshitirib o’qib so’ngra, ozaro maslahatga kirishib ketdilar.
Javoblarni tayorlash va javob berish uchun to’rt daqiqadan vaqt berildi. Javoblari tayyor bolgan jamoalar a’zolari o’zaro kelishib navbati bilan javob bera boshladilar. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning har bir savolga bergan javoblarini diqqat bilan tingladilar va noto’g’ri javoblarni oz vaqtida noto’ri ekanini koordinator bilan tahlil etib natijani e’lon qilib bordilar.
Umumiy natijalar quyidagicha bo’ldi.
1. “Pedagoglar” jamoasi 12 ta savoldan 6 tasiga to’g’ri javob berdi.
2. “Zakovat bilimdoni” jamoasi 12 ta savoldan 5 tasiga to’g’ri javob berdi.
3. “Zukkolar” jamoasi 12 ta savoldan 4 tasiga to’g’ri javob berdi.
Hakamlar hulosasi: Bugungi tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 20ta savoldan 11 tasiga to’g’ri javob bergan “Pedagoglar” jamoasini g’olib deb topildi va fahrli I-O’RIN va “SERTIFIKAT” va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.
II-O’ringa “Zakovat bilimdoni” jamoasini munosib deb topildi. III-O’ringa “Zukkolar” jamoasini munosib deb topildi va SERTIFIKAT” bilan taqdirlandi.
_____________________ O.Yuldashev
Do'stlaringiz bilan baham: |