III. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. O‘quvchilar o‘rtasida guruhlararo “Omadli sovrin” o‘yini o‘tkaziladi. Bunda har bir guruhdan 3 tadan o‘quvchi navbatma-navbat doskaga chiqib, dollarli o‘yinchoq pullar orqasiga yashiringan savollarni olib ularga javob beradilar. Agar kimgadir “Omadli sovrin” deb yozilgan qog‘ozcha tushsa, o‘sha guruhga bitta rag‘bat kartochakasi beriladi.
2. Guruhlararo “SWOT-tahli” metodi ham o‘tkaziladi. O‘quvchilar “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi qahramonlarga shu usul asosida tahlil yozadilar.
SWOT-tahlil
IV. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)
Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
V. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)
Darslikda berilgan savol va topshiriqlarga javoblar topish hamda ularni daftarga yozish. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidan parcha yod olish.
2. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni asosida rasm chizib kelish.
O‘quvchilarga uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.
O‘qituvchi ___________ M. Maxsudova
(F.I.Sh.) (Imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |