Sezgi organlari va refleksi. Yomgir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bolmaydi, lekin u yoruglik, harorat kimyoviy va mexanik tasirlarni yaxshi sezadi. Uning teri hujayralarida sezuvchi nerv tolalariboladi. Bu nervlar nerv tugunlari bilan boglangan. Yomgir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga nisbatan ancha murakkab va xilma-xil boladi. Gidra yoki planariya tanasiningqaysi qismiga tasir etsak bir xil qisqartirish bilan javob beradi. Buning aksicha, yomgir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga tasir qilsak osha tomoni tasirlanadi va har xil harakat qiladi. Masalan oldingi tomoniga biror narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, qochishga harakat qiladi. Reflekslar yomgir chuvalchangi hayotida katta ahamiyatga ega. Reflekslar yordamida chuvalchanglar oz ozigini qidirib topadi, dushmanlardan saqlanadi, kuchli yoruglik va issiqlikdan yashirinadi.
Kopayishi. Yomgir chuvalchangi germafradit hayvon, lekin kopayishi davrida ikki chuvalchang bir-birini uruglantiradi. Chuvalchang tuxum qoyish davrida belbogchasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilla hosil boladi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, bazan 6-20 donagacha tuxum qoyadi.Pilla chuvalchang tanasidan sirgalib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regenerasiyasi. Yomgir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash hususiyati ega.Chuvalchang tanasi ikki bolakka ajratilganida uning har bir bolagidan yangi chuvalchanglar hosil bolishi aniqlangan.
Ahamiyati. Yer yuzida yomgir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Yomgir chuvalchanglari chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana halqalarida kozga korinmaydigan siyrak va kalta tukchalar boladi. Shuning uchun ularni kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. Yomgir chuvalchanglari tuproqni yumshatib, unga suv va havo otishini yaxshilaydi. Osimlik ildizlari chuvalchanglar qaziganinlar orqali yaxshi osadi. Bundan tashqari chuvalchanglar tuproqni ichagidan otkazib, uni chirindiga boyitadi. Chuvalchang kop bolgan tuproq donador bolib, namlik va oziq moddalarni ozida yaxshi saqlaydi. Bir gektar maydonda yomgir chuvalchanglari bir yil davomida 250-600 tonna tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan. Yomgir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-rozgor chirindilarini qayta ishlab sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli ogit hisoblanadigan biogumus olishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |