Farg'ona viloyati Quva tumani 37-umumiy o`rta talim maktabi
Biologiya fani amaliyotchisi
Rejapova Xurshidaxonning
OCHIQ DARS ISHLANMASI
2020-2021-oquv yili
Mavzu: Xalqali chuvalchanglar tipi. Kam tuklilar sinfi
1
|
Darsning maqsadi va vazifalari
|
Darsning talimi maqsadi: Oquvchilarni yomgir chuvalchangining nafas olishi, ayirish nervi sistemasi, sezgi organlari, refleksi, kopayishi, xilma-xilligi ahamiyati, kelib chiqishi bilan tanishtirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Oquvchilarni yomgir chuvalchangining oziga xos hususiyatlari bilan tanishtirish orqali ular ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish, iqtisodiy va ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Oquvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi haqidagi bilimlarni, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish, konikmalarini rivojlantirish.
Darsda yoritilishi lozim bolgan asosiy tushunchalar: Qorin nerv zanjiri, teri muskul xaltasi, yelka qorin qon tomiri, kapillar qon tomiri, yomgir chuvalchangi, chuchuk suvda yashovchi qizil chuvalchang.
Mavzu rejasi:
1. Halqali chuvalchanglar tipi va kamtuklilar sinfining umumiy tavsifi.
2. Yomgir chuvalchangining yashash muhiti va boshqa tuzilishi.
3. Teri-muskul xaltasi va tana boshligining tuzilishi.
4. Sezgi organlari va refleksi.
|
2
|
Yangi mavzu mazmuni
|
1. Halqali chuvalchanglar tipi. Halqali chuvalchanglar tanasi halqali, tana boshligi rivojlangan hayvonlar. Ularga 7000 tur kiradi. Yashash muhiti tuproq, chuchuk suvlar, dengiz. Tanasi bogimlarga bolinib, ikkala yonida harakat vositasi bolgan tuklari paradoiyalar joylashgan.
Halqali chuvalchanglar 2 ta sinfga bolinadi. 1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar). 2.Kop tuklilar sinfi (poligoxetlar).
1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar) tuproq va suvda yashaydi. Paradoyalari yoqolgan, ornida bir nechta tuklar qolgan. Germafrodit organizmlar, lichinkalari ozgarishsiz rivojlanadi. Turlari: yomgir chuvalchangi, oq gultuvak chuvalchangi, chuchuk suvda, balchiqda yashovchi qizil chuvalchanglar.
2. Yomgir chuvalchangi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomgir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariq boyida, beda, sabzavot va poliz ekinlariekiladigan dalalarda uchratish mumkin.
Chuvalchanglar tuproq ichida hayot kechiradi, lekin qattiq jaladan song bazan koplab yer yuzida chiqib qoladi. Ana shu sababdan ular yomgir chuvalchangi deb ataladi.
Yomgir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon otkirlashgan. tanasi halqalarga oxshash tortmalar bilan kop sonli bolimlarga bolingan. Har bir tana boginining qorin tomonidan tort juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi tomonidagi bir necha dona halqalari yogonlashib, maxsus belbog hosil qiladi. Tanasida taxminan 100-180 ta halqa boladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |