O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: mehnat qurollari aks etgan rasmlar,plakatlar,mehnat darsida foydalaniladigan texnika vositalari
Sinf soati mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism O‘quvchilarning mashg‘ulotga tayyorgarligi
II.Asosiy qism:
Qadim o`tgan zamonda Mirak ismli Dog`istonlik shahzoda bo`lib.uning boyligini hisobiga yetib bo`lmas ekan.
Safarlarning birida dengizda kuchli shamol uyg`onib,shahzoda kelayotgan kema ag`darilib ketibdi. Ko`pchilik yurtdoshlari halok bo`libdi. Mirakni oqim qirg`oqqa chiqarib tashlabdi.U o`z vatanidan ayrilib,boshqa mamlakatga kelib qolibdi. Yonida na puli, na boshpanasi,yeyishga hech narsasi yo`q edi. Tilanchilik qilib ovqat yeyishga oriyati, shahzodalik g`ururi yo`l qo`ymabdi. U bolalikda birga o`sgan do`sti Saidni eslabdi. Saidning otasi duradgor-usta bo`lib,eshik, rom yasab sotib kun kechirishardi. Mirak bo`sh vaqtlarida otasidan yashirincha do`stiga yordam berib turar, shu tariqa eshik, rom yasash san`atidan xabari bor edi. Shahzoda Mirak shahardagi duradgorlardan biriga shogird tushdi, eshik, rom yasab,sotib kun kechirdi.Vataniga qaytish uchun mablag` to`pladi.
Yurtiga qaytib kelgach,otasiga ya`ni podshohga boshidan kechirgan sarguzashtlarni aytib beribdi.Podshoh farzandining hunarmand bo`lib o`z yurtiga qaytganidan quvonibdi. U shahzoda Mirakni podshilikdagi eng go`zal,dono va oqila qizga o`ylantiribdi. Podshoh vafotidan oldin Mirakni o`rniga podshoh etib tayinlabdi.U o`g`liga shunday deb vasiyat qilibdi:
-O`g`lim seni o`rnimga podshoh bo`lishinga va ona yurtingga qaytishinga sabab bo`lgan hunaringni farzandlaringga ham o`rgatishingni xohlayman.Chunki,har qanday hunar, bo`lajak yurt egasini barcha muammolarning yechimini topishga yordam beradi. Otasining vasiyatiga ko`ra podshoh Mirak, farzandlarining xohishlariga ko`ra hunarmand ustozlar maktablariga o`qishga beradi.Shahzodalar ham ota kasbini zo`r qiziqish bilan o`rganib,xalqqa manzur bo`lib,murod-maqsadlariga yetishibdi.
Qissadan-hissa shuki:
i nson hayotini bezaydigan ,unga baxt-saodat keltiradigan boylik, faravonlik basxh etadigan yagona narsa bu-mehnatdir. Insonlar halol mehnatlari orqali obro` orttiradilar va o`zlarining baxtli kelajaklarini yaratadilar.Bobomiz Bahovuddin Naqshbandning “Ko`ngling Ollohda, qo`ling mehnatda bo`lsin” degan hikmatli so`zlarida ulkan ma` no bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |