Farg’ona viloyati atmosfera havosining ifloslanish darajasini o’rganish va uning tahlili



Download 21,53 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi21,53 Kb.
#608585
Bog'liq
Xamraliyeva


FARG’ONA VILOYATI ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISH DARAJASINI O’RGANISH VA UNING TAHLILI
X.Xamraliyeva,1-kurs kimyo magistr
Farg’ona davlat universiteti,Farg’ona sh. O’zbekiston
Xamraliyevaxumora@gmail.com
Respublikamizda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foyda-lanish sohasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasining yer, suv, o’rmon, yer osti boyliklari to’g’risidagi, atmosfera havosini, o’simlik va hayvonot dun-yosini muhofaza qilish to’g’risidagi va boshqa qonunlar bilan tartibga solina-di.Inson salomatligini saqlash bo’yicha “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilin-gan qonuni katta ahamiyat kasb etadi.Ushbu qonun hujjatlarining asosiy vazi-falariga:
-atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
-atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sirlar ko’rsatilishining oldini olish hamda uni kamaytirish;
-davlat organlari, korxonalar, muassasalar,tashkilotlarjamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish kabilar kiradi. [O’zbekiston Respublikasining ”Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun 1996.
Atmosfera havosining turli xil texnogen chiqindilar bilan ko’p ifloslanib borayotganligi dunyo miqyosidagi muammolardan biridir.Atmosfera havosining ifloslanish darajasini asosan tabiiy manbalar,antropogen omillar (ishlab chiqa-rish korxonalari,transport,kommunal maishiy chiqindilar),shuningdek region-ning fizik-geografik sharoitlari hisobiga aniqlanadi. Farg’ona shahri turli sanoat tarmoqlari rivojlangan sanoat markazi-dir.Shahar hududida joylashgan turli sanoat korxonalari tabiiy muhitga kuchli ta’sir ko’r-satib, aholi uchun noqulay geoekologik sharoitlarni yuzaga keltiradi. [Do’stmatov,2010: 367]
Bu sanoat korxonalaridan tabiiy muhitga ammiak, oltingugurt oksidlari, qurum, chang, fenol, uglevodorodlar, H2S, neft va neft mahsulotlari hamda ba’zi bir zararli chiqindilarni chiqarilishiga yillar davomida sabab bo’lib kelgan.Vilo-yat hududida atmosfera havosining ifloslanish darajasi viloyat gidromete-orologiya markazining Farg’ona shahridagi muhim kuzatuv joylari orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarga ko’ra yillar kesimida 2009-yildan 2019-yilgacha ifloslanish darajasi kamayib borganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2009-yilda Farg’ona shahri atmosfera havosining ifloslanishi (PDK) hisobida oltingugurt oksidlari-0.26, uglerod oksidlari-0.7, NO-1.0, NO2-0.17, fenol-0.07, NH3-0.84; Marg’i-lon shahri bo’yicha oltingugurt oksidlari-0.30,azot oksidlari-0.75; Qo’qon shahri bo’yicha oltingugurt oksidlari-1.0, C oksidlari-0.7, NH3-0.8 atrofida bo’lgan bo’lsa, 2010-yilda chang miqdori 0.67 PDK dan kamayganligini oltingugurt oksidlari 0.34 dan 0.26ga, azot oksidlari 0.7dan 1.0ga ortganligini, NH3 o’zga-rishsiz qolganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, Marg’ilon va Qo’qon shaharlari atmosfera havosidagi ko’rsatgichlar ham ifloslanish darajasini 2010-yilda 2009-yilga nisbatan kamayganligini kuzatish mumkin. 2021-yilda atmos-fera havosidagi gaz aralashmalari miqdori 1-jadvalda keltirilgan
1-jadval

Aralashmalar

PDK qiymati mg/m3
Bir martalik maksimal PDK

Kunlik o’rtacha PDK



Chang

0.8

0.12

Oltingugurt (IV)oksid

0.153

0.007

Uglerod (II)-oksid

3

1

Azot (IV)-oksid

0.11

0.05

Azot(II)-oksid

0.03

0.01

Ozon

0.231

0.083

Fenol

0.013

0.004

Vodorod sulfid

0.008

0.005

Ammiak

0.24

0.02

Uglevodorodlar miqdori

3.8

2.0

2015-2019-yillar mobaynida Farg’ona shahrida SO2, NO2, ozon, fenol konsentratsiyalari miqdori kamayganligini, uglerod oksidlari, NH3, chang miq-dori biroz ortganligini, lekin PDKdan ortmaganligini kuzatish mumkin. [Sh.Mamajonov,M.Nishonov,S.O’rmonov,2021:60]
Keyingi vaqtlarda atmosfera havosi tarkibida CO2 gazi miqdori ortib borayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Natijada yer yuzasining harorati keying yuz yil ichida 0.5-1.00C ga ortdi. Bunga asosiy sabab atmosferada sanoat chiqindilari va avtotrans-portlardan chiqayotgan gazlarning ortishi sabab bo’lmoqda.
Kimyo sanoatida atmosfera havosini muhofaza qilish muammosini hal qilishning asosiy yo’li mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va chiqindi gazlarni zararli gazlardan tozalashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish hisoblanadi.
O’zbekistonda joylashgan barcha kimyo korxonalarini yaqin yillar ichida chiqindisiz texnologiya asosida ishlashga moslashtirish lozimdir. Bu vazifani hal qilish, ya’ni yuksak malakali kimyogarlar, tabiatshunoslar, muhandislarni tay-yorlash respublikamizning oliy o’quv yurtlari zimmasiga yuklanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasining ”Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan qonuni.
2.Sh.Do’stmatov “Sanoat shaharlarida yuzaga kelayotgan geoekologik muam-molar(Farg’ona shahri misolida)Yagona tabiiy-tarixiy hududda tabiiy resurs-lardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning ekologik-geografik jihatla-ri.Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.FarDU.2010.9-10-aprel
3.Sh.Mamajonov,M.Nishonov,S.O’rmonov”Atmosfera havosini muhofaza qilish” T.Farg’ona “Klassik” nashriyoti 2021,120bet
Download 21,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish