Farg`ona shahar XTB tasarrufidagi 27- o`rta ta`lim maktabida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligida bajarilgan ishlar HISOBOTI. Geografiya va iqtisod fanlari oyligida bajariladigan ishlarni tashkillash uchun 28-fevral kuni “Tabiiy fanlar” metodbirlashma yig’ilishi o’tkazildi. Unda metodbirlashmaning barcha a’zolari qatnashib fan oyligi rejasi , ishchi guruhi, fan oyligida bajariladigan ishlar bilan tanishtirildi va muhokama qilindi.
28-fevral kuni to’garak a’zolari bilan birga fan oyligi burchagi tashkil etildi. 1-mart kuni tonggi saflanishda fan oyligi e’lon qilindi, geografik topishmoqlar bilan ishlash orqali fan oyligi va mart oyining ilk kuni boshlandi. O‘quvchilarga fan oyligida o’tkaziladigan barcha bellashuv va tadbirlarda faol qatnashishlari ta’kidlandi.
2-4-mart kunlari o’quvchilardan kirish testlari olindi, natija 61 % ni tashkil etdi. Sinflarga fan oyligi davomida geografiya faniga oid devoriy gazetalar, maket, ko’rgazmali qurollar va bukletlar tayyorlash, rasmlar bo’yicha musobaqalarda qatnashishlari nazoratga olindi.
5 mart kuni Geografiya fani oʻqituvchisi Oʻrinova Barno boshchiligida 5 b va 6 b sinf oʻquvchilari bilan Fargʻona shahar hayvonot bogʻiga borildi. Yuqori sinf o’quvchilari fan o’qituvchisi nazorati ostida devoriy gazeta tashkilladilar va unga turli boshqotirma va krossvordlar ilindi.
9-mart kuni Rasmlar tanlovi o’tkazildi. Bu tanlovda 6-B sinf o’quvchilari eng faol o’quvchilar hisoblandilar. 10 mart kuni geografiya fani oʻqituvchisi Oʻrinova B. 7 B sinfida “Mirzachoʻl tabiiy geografik okrugi” mavzusida ochiq dars oʻtildi.
12-mart kuni 5,7-sinf o’quvchilari bilan “Tabiat bizning uyimiz” mavzusida tadbir tashkillandi.
14-mart kuni 9-11sinflar ishtirokida “Iqtisodiy bilimlardan farovon hayot sari” mavzusida davra suhbati tashkillandi.
15-mart kuni 9-B sinfida “Hindiston” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
6-sinflar oʻrtasida " Biz dunyoni oʻrganamiz "mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi va faol ishtirok etgan oʻquvchilar taqdirlandi.
18- mart kuni 8-“A” sinfida “Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
19-mart kuni 7-sinf o’quvchilari bilan “ZAKOVAT” bilimlar bellashuvi o’tkazildi.
25-mart kuni Iqtisod fanidan 8-A sinfida “Talab va taklif o’zgarishini bozor narxiga ta’siri” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
29-mart kuni Ko’rgazmalar tanlovining yakuniy bosqichi o’tkazildi va g’olib o’quvchilar aniqlandi.
30-mart kuni 5-9 –sinflardan chiqish testi olindi.Natija 62 % ni tashkil qildi.
31-mart kuni fan oyligi yakuni munosabati bilan tadbir tashkillandi. Fan oyligi davomida faol qatnashgan o’quvchilar maktabning Faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Fan oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yakuniy hisobotlar tayyorlanib XTB ga taqdim etildi.