Farg‘ona shahar xalq ta’limi bo‘limi aniq fanlar "matematika va informatika" metodisti


Farg’ona shahar 4-o’rta ta’lim maktabida fevral oyi matematika va informatika fanlari oyligi munosabati bilan qilingan ishlar



Download 112,22 Mb.
bet4/7
Sana05.04.2022
Hajmi112,22 Mb.
#529524
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANIQ FANLAR FAN OYLIGI HISOBOTI (восстановлен)

Farg’ona shahar 4-o’rta ta’lim maktabida fevral oyi matematika va informatika fanlari oyligi munosabati bilan qilingan ishlar
2022 yil 1-fevral kuni fan oyligi rejasi tasdiqlandi. Shu kuni matematika va informatika fanlar oyligining burchagi tashkillandi. Maktabda o’quvchilar onlayn rejimga o’tganligi sababli fan oyligini ochilish marosimi o’qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tdi. Boshqa fan o’qituvchilari o’zlarini matematika hamda informatika fanlaridan bilimlarini sinab oldilar.
7-fevral kuni o’quvchilar maktabga qaytganliklari sababli aniq fanlarni ochilishi bo’lib o’tdi. Fan oyligini ochilishi tadbir asosida bo’lib, ochilish marosimida fan oyligi rejasi barchaga o`qib eshittirildi va barcha sinf o`quvchilariga qilinadigan ishlar tayinlandi.

14-fevral kuni devoriy gazetalar va albomlar va bukletlar tayyorlandi.


14-fevral kuni 7- sinflar o’rtasida informatika fanidan Ashurova G.B va M.M.Xolbayevlar bilan birgalikda Informatikadan KVN tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni maktab direktori , O’IBDO’ hamda darsi yo’q o’qituvchilar tomonidan kuzatildi va tahlil qilindi. Tadbir judayam yaxshi tashkillangan, o’quvchilar faol qatnashdilar. Tadbir namunali tarzda tashkillanganligi sababli maktab miqyosida ommalashtirishga berildi.


23-fevral kuni maktabimizning bitiruvchi sinflari bilan birgalikda TATU Farg’ona filialida tashkillangan Robototexnikaga oid tadbirda qatnashdilar va o’zlariga kerak bo’lgan savollarga javob oldilar. Informatika o’qituvchisi Ashurova G.B. bilan birgalikda. Robotexnika yo'nalishi bo'yicha mutaxassis R.Rahmatov







I lmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b. N.Jo’rayev Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi boshlig'i F.Kenjayeva 24-fevral kuni informatika fani o’qituvchisi Xolbayev M.M. sinfi bilan birgalikda Marg’ilon shahridagi RTM IT parkga sayohat uyushtirdilar.O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Qiziqishlari bo’yicha kurslarga yozildilar.

24-fevral kuni 8 sinflar o’rtasida M.Mamarizayeva va F.Jo’rayeva matematika o’qituvchilari tomonidan “7x7” deb nomlangan matematik kecha tashkillandi. Sinf o’quvchilari aktiv tarzda qatnashdilar. Tadbir judayam mazmunli va namunali tarzda tashkillandi. 8-“B” sinf o’quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritidilar va munosib taqdirlandilar. Ushbu tadbirni maktab miqyosida ommalashtirishga berildi.


2 4-fevral kuni Sh.Goynazarova 9-“B” sinf o’quvchilari bilan birgalikda noan’anaviy dars tashkilladi. Ushbu darsda maktab O’TIBDO’ si, maktab psixologi hamda matematika o’qituvchilari bilan kuzatildi va tahlil qilindi. Qiziqarlik va esda qolarlik dars bo’lib o’tdi.



25-fevral kuni 7-sinflar o’rtasida B.Xasanova tomonida “Zakovat” deb nomlangan tadbir tashkillandi. Tadbirda barcha administratsiya hodimlari kuzatib tahlil qilib berishdi. Ushbu tadbirni ommalashtirish uchun tavsiyalar berildi. Ushbu tadbirda 7-“D” va 7-“E” sinflari birgalikda g’oliblikni qo’lga kiritdilar.


26-fevral kuni 6-“J” sinfida informatika fanidan G.BAshurova ochiq dars bo’lib o’tdi. Ochiq dars namunali tashkillandi. Maktab miqyosida ommalashtirish uchun berildi. Darsda aktiv qatnashgan o’quvchilar taqdirlandilar . 26-fevral kuni qo`lda tayyorlangan ko`rgazmalar va ijodiy ishlar tanlovi o`tkazildi va g`oliblar aniqlandi. G`oliblar munosib taqdirlandilar. Fan oyligi mobaynida yana bir qancha qo’shimchalar o’quvchilarga berib borildi.
Farg`ona shahar xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 16-o`rta ta`lim maktabi 2021-2022 o`quv yilida aniq fanlar metod
Aniq fanlar metod birlashmasi yangi 2021-2022 o`quv yilini O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi vazirligining 2020 yil 13avgustdagi 183-sonli buyrug`i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o`rta ta`lim maktabining Metodbirlashmalari to`g`risida”gi Nizom asosida boshladi.
Fevral oyi aniq fanlar fan oyligi bo`lganligi sababli, fan oyligi rejasi asosida darslar, tadbirlar, ichki monitoring ishlari o`tkazildi. Fan oyligini o`tkazilishi ta`lim sifatini oshirishga, ta`lim jarayonida qo`llanilayotgan uslublarni takomillashtirishga, iste`dodli, izlanuvchan o`qituvchilarni aniqlash, ularni tajribalarini o`rganish va targ`ib qilish, o`quvchilarni ijodiy faolliklarini kuchaytirishga olib keldi. Metod birlashma a’zolari fan oyligi boshlanishida “Fan oyligi burchagi”ni tashkil qildilar. 5-11-sinf o’quvchilari o’rtasida rasmlar, bukletlar, devotiy gazetalar, geometric shakllar, matematik kitobchalar tanlovi o’tkazildi. Devoriy gazetalar tanlovida 1-o`rinni 5 “A”sinf o`quvchilari, 2-o`rinni 5 “E” sinf o`quvchilari, 3-o`rinni 5 “D” sinf o`quvchilarii , geometric shakllar tanlovida 5 “B” sinf o`quvchisi Nizomiddinov Doniyorbek oldi. Fan oyligi maktab o`qituvchilar o`rtasida bellashuv bilan boshlandi. Bellashuvda matematik boshqotirmalar, testlar, shakllar yasash kabi turli tanlovlar o`tkazildi.





Metod birlashma a`zolari o`rtasida xalqaro tatqiqotlarga tayyorlanish uchun o`quvlar o`tkazilib turildi.


Shu bilan birga sinflar o’rtasida turli bellashuvlar o`tkazildi. 22 fevral kuni 5-sinflar o`rtasida matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi” musobaqasi o`tkazildi. Bu bellashuvda 5 “E” sinf o`quvchilari 1- o`rinni egalladilar. Bellashuv qiziqarli testlar, tezkor savol javoblar, meni tushun kabi qiziqarli topshiriqlar bilan o`tkazildi.




25 fevral kuni 6 sinflar o`rtasida matematika fanidan “Zakovat” intelektual bellashuvi o`tkazildi. Tezkor savol javoblar, qiziqarli masalalar, testlar berib borildi. Bellashuvda 6 “B” sinf jamoasi g’olib bo’ldi.

Metod birlashma a’zolari darslarini “Dars – muqaddas” tadbiri asosida ilg`or pedagogik va interfaol usullardan samarali foydalanib o’tdilar. 19 fevral kuni informatika fani o`qituvchisi Komilova Gulsanam 7B-sinfida “Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlarda amaliy mashg`ulot” mavzusida ochiq dars o`tib berdi.

15 fevral kuni matematika fani o`qituvchisi Maxmudova Shoxista 5 B va 5E sinflarida matematika fanidan “Aralash kasrlar” mavzusida ochiq dars o`tib berdi. Darsda jadvallarni to`ldirish, testlar, domino (davlatlarni gerblariga mos davlatlarni topish) metodlaridan foydalanildi. metodlaridan foydalanildi. AKTdan unumli foydalanildi.

17 fevral kungi matematika fani o`qituvchisi Abdulhayeva Nafisa 8A-sinf sinfida “Kvadrat tenglamalarning ildizlarini toppish formulalari. Diskirminant” mavzusida ochiq dars o`tdi. AKT dan unumli foydalanildi. 5A-sinf. Matematika 16- fevral kungi matematika fani o`qituvchisi Saidova Maftunaxon 5“A” sinfida “Bobni takrorlashga doir masalalar yechish” mavzusida ochiq dars o`tdi.

24- fevral kungi informatika fani o`qituvchisi Ne`matjonova Madinaxon 9“A” sinfida “Pythonda sodda va mantiqiy masalalarni dasturlar mavzularida amaliy mashg'ulot” mavzusida ochiq dars o`tdi. 25- fevral kungi informatika fani o`qituvchisi Turkashboyev Abrorjon 7“D” sinfida “internet tarmog`I va undan foydalanish” mavzusida ochiq dars o`tdi. Xulosa qilib aytganda, fevral oyida matematika va informatika oyligi o’tkazilishi o’quvchilarni matematika va informatika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi. Yangi jamiyat bunyodkori boʻlish yosh avlodni jismonan baquvvat, ma’nan barkamol farzand bo’lib yetishishida mamlakatimizda juda ko’plab samarali ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan 8- oʻrta talim maktabida ham fan oyliklari doirasida turli badiiy-adabiy kechalar, qiziqarli uchrashuvlar, turli mazmunlarda koʻrgazmalar, interfaol usullarda ochiq darslar tashkillandi. 1-fevral kuni matematika va informatika, chizmachilik fan oyligining ochilishiga pandimiya sababli, metodbirlashma a’zolari bilan tayyorgalik olib borildi. Yigʻilishda aniq fanlar metodbirlashmasi rahbari S. Ummatova fan oyligida olib boriladigan ishlar haqida oʻquvchilarni ma’lumot berildi va 9-fevral kuni fan oyligiga bagʻishlangan devori gazetalar va bukletlar tanlovi boʻlib oʻtishini e’lon qildi. 5-11-sinflarida 8.02.2022 yil kuni kirish monitoring testi olindi, 5-sinflar 69% 6-sinflarda 70%, 7-sinflarda 70%, 8-sinflarda 69,5 %, 9-sinflarda 68%, 10 -sinflarda 69%, 11 –sinflarda 68% natijalarini koʻrsatishdi.
6- “V” sinflarda matematika fani oʻqituvchisi S. X. Ummatova “Har xil ishorali sonlarni qoʻshish va ayrishga doir misollar yechish” 16.02.2022 yil. N. B. Sayfutdinova 7-“B” sinfida “ Признаки равенства прямоугольных треугольников ” 26.02.2022 yil. mavzusida matematika fanidan ochiq darslar oʻtkazishdi, 26.02.2022 yil. O. SH. Umarov 9 –“A” “ Решение логических задач python” M. T. Madaliyeva 19.02.2022 da 6-“G” “MSWord hujjatlarida jadvallar bilan ishlash” informatika fanidan ochiq darslar oʻtkazishdi. 9-sinflar oʻrtasida “Matematika mening hayotimda” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi , bunda matematika oʻqituvchilari boshchilik qildi. Informatika oʻqituvchilari tamonidan “Aniq fanlar” fan oyligida Margʻilon shahar “Raqamli Texnologiyalari Markazi” ga sayohatlar oʻtkazildi. Stesting.uz Xalqaro tatqiqotlar (PIZA TIMSS PIRLS) testlariga maktabimiz oʻquvchilari faol qatnashib Fargʻona shahar miqyosida nufuzli oʻrinlarni egalladilar. 16.02.2022 yil kuni 9-sinflar oʻrtasida “Milliy reyting” boʻyicha oʻquvchilar bilimi va soʻrovnomalar olindi. 26.02.2022 yil kuni 5-11sinflarda chiqish monitoring test sinovi oʻtkazildi. Unga koʻra 5-70%, 6-sinflarda 70,5%, 7-sinflarda 70%, 8-sinflarda 70,5%, 9-sinflarda 69% 10-sinflarda 70% natijani 11 –sinflarda 70% natijalarni koʻrsatishdi. 28.02.2018. yil kuni fan oyligini yopilish qismida fan oyligida davomida faol qatnashgan oʻquvchilar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Download 112,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish