FARG‘ONA SHAHAR
36-O‘RTA TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHISI ABDULLAYEVA MAMURAXONNING
ONA TILI FANIDAN
“QARAMA-QARSHI MA’NOLI SIFATLAR” MAVZUSIDAGI
DARS ISHLANMASI
Taqriz
Ushbu dars ishlanma 3-sinf uchun ona tili fanidan “Qarama-qarshi ma’noli sifatlar” mavzusida tayyorlangan. Dars ishlanma bosqichlari “Dars – muqaddas” tadbiri talablariga mos tuzilgan. Ishlanmada suhbat, tushuntirish, “Venn diagrammasi” metodi, “Bumerang” metodi, “Tipratikanga yordam ber” o’yinlaridan to’g’ri va o’rinli foydalanilgan. O’quvchilarni mustaqil fikrlashlari uchun vaziyatlar yaratilgan. Dars davomida o’quvchilarni mehnatsevarlikka, do’stlik va inoqlikka, ma’naviyatini shakllantirishga, hayvonot olamiga bo’lgan mehrini rivojlantirishga yo’naltirilgan.
Dars ishlanma boshlang’ich ta’lim metodbirlashmasining 2019 yil fevral oyidagi 7-sonli yig’ilishida ma’qullandi.
Metodbirlashma a’zosi: F.Isaqova
Do'stlaringiz bilan baham: |