Farg’ona shahar 3-sinf tabiatshunoslik fanidan dars ishlanmasi tabiatshunoslik 3-sinf. Darsning mavzusi



Download 1,11 Mb.
bet3/3
Sana30.12.2021
Hajmi1,11 Mb.
#193048
1   2   3
Bog'liq
3-sinf tabiatshunoslik

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. Navbatchi axboroti tinglanadi. Davomatni aniqlanadi. O‘quvchilarni darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2019-yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili” deb atadi. Hozirgi kunda yurtimizda turli tadbirkorlar faoliyat yuritmoqdalar.Kelinglar,bugun guruhlarimizni tadbirkor fermer ho‘jaliklari nomi bilan ataymiz. Qaysi guruh darsda to‘g’ri javoblarni ko‘p bersa,tartibli va faol qatnashsa shu guruhning ballari ko‘payadi va turli hil investitsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘quvchilar guruhlarga bo‘lib olinadi.

1. Qoramolchilik fermer ho‘jaligi.

2. Qorako‘lchilik fermer ho‘jaligi.

3. Yilqichilik fermer ho‘jaligi.

Bizlar kichik tadbirkor,

Yurtga madadkor.



Qoramolchilik

Qorako‘lchilik

Yilqichilik

Erishilgan yutuqlar




























Biznes rejaga ega bo‘lish




























10000000 kredit olish




























Chet el kompaniyasining investitsiyasi




























Rivojlangan davlatlarga eksport qilish imkoniyati

Ma’naviyat daqiqasi o‘tkaziladi.

Fasllar, tabiat haqida suhbatlashiladi.

-Hozir qaysi fasl?

-Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

-Bahor oylari qaysilar?

Bahor fasli haqida she’rlar aytiladi. Mart oyidagi muhim sanalar aytiladi.

1-mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili 28 nafar qizga beriladi. Ular adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalarida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlardir. Bu qizlar a’lo xulqi, o‘qishi, zukkoligi, donoligi bilan ajralib turadilar. Kelajakda ana shunday qizlar qatoriga siz ham qo‘shilishingiz mumkin.

2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun.

8-mart halqaro xotin qizlar kuni.

Bizni dunyoga keltigan,avaylab asragan onalar, shirintoy singillarimiz, mehribon opalarimiz, aziz ustozlarimizning, qo‘yingki barcha ayollarimizning bayrami.

21-mart Navro‘z umumxalq bayrami.

21-mart bahoriy teng kunlik, tun va kun tenglashgan palla. Ajdodlarimiz bu kunni qadim-qadimdan tabiatning uyg’onishi, ayoz qish tugab, iliq mavsumning boshlanishi sifatida nishonlab kelishgan.

Assalom, navbahor, hush kelding erkam,

Tashrifingdan yayrab ochamiz quchoq.

Elning to‘kin-sochin dasturxoniga,

Sahiy ne’matlarin, barakasin soch.

22-mart Mirzo Ulug’bekning tavallud topgan kuni.

II. O‘tilgan mavzunu mustahkamlash.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash “Tabiatga yordam” o‘yini orqali bajariladi.

1. Qushlarning tabiatdagi ahamiyati nimadan iborat?

2. Hasharotxo‘r qushlar qanday foyda keltiradi?

3. Tovuqlar qanday ko‘paytiriladi va boqiladi?

4. O‘rdaklar nima maqsadda boqiladi?



III. Yangi mavzu bayoni.

Xonaga quyoncha olib kiriladi.

-Bu qanday hayvon?

-Uni qanday boqiladi?

Aziz bolalar, bugun sizlar bilan “Uy hayvonlari” mavzusi bilan tanishamiz.

-Uy hayvonlariga misollar keltiring.

-Uyimizda qanday uy hayvonlari boqamiz?

-Ularni nima uchun boqamiz?

Bugun sizlar bilan shular haqida suhbatlashamiz.

Mavzu daftarlariga yozdiriladi. So‘ng kitobda berilgan matn tanlab o‘qitish usuli orqali ifodali o‘qitiladi.

Uy hayvonlari nima uchun boqiladi?

O ‘lkamizda uy hayvonlari inson qadami yetgan hamma joyda uchraydi.

Odamlar sigir, qo‘y, ot, tuya, echki, it, mushuk, quyon kabi hayvonlarni uyda boqadilar. Shuning uchun ular uy hayvonlari deb yuritiladi. Uy hayvonlari odamga foyda keltiradi. Bizning mamlakatimizda uy hayvonlari oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat xomashyosi (teri, jun) yetishtirish uchun boqiladi. Buning uchun fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan.

Qoramollar.

Qoramollarning turli zotlari bor. Ko‘p sut beradigan zotdor qoramollar ko‘paytirib boriladi. O‘lkamizda qoramollar bahor, yoz va kuzda, asosan, yaylovlarda boqiladi. Qishda esa g‘amlab qo‘yilgan xashaklar bilan oziqlantiriladi. Qoramollarga silos, kunjara, shulxa kabi to‘yimli ozuqalar ham beriladi.Sigirlar har yili bittadan bolalaydi. Ayrim hollarda ikkita ham tug‘ishi mumkin. Buzoqlar 2-3 yilda voyaga yetadi. Bitta sog‘in sigirdan bir kunda o‘rtacha 8-10 litr sut sog‘ib olinadi. Sigirlar o‘rtacha 15 – 20 yil yashaydi.

Dam olish daqiqasi. “Nomini top” o‘yini o‘tkaziladi.

Qo‘ylar.

Qo‘ylar, asosan, go‘shti va juni uchun boqiladi.Qo‘y o‘rtacha 10– 15 yil yashaydi va har yili bitta yoki ikkitadan qo‘zilaydi. Qo‘zichoqlar bir yilda voyaga yetadi. Qo‘chqorlar esa bir necha yil bo‘rdoqiga boqilib, go‘shtga topshiriladi. Qo‘ylarning junidan ip yigiriladi va issiq kiyim-kechaklar to‘qiladi.Qo‘ylarning qorako‘l, hisor kabi zotlari ko‘proq boqilib ko‘paytiriladi. Qorako‘l qo‘yining terisidan telpak, paltoning yengi va yoqalari tikiladi. Hisor qo‘ylari eng yirik zotli qo‘ylar hisoblanadi.Bunday qo‘ylar go‘sht va yog‘i uchun boqiladi. Qo‘ylar tog‘ va cho‘l yaylovlarida katta poda qilib boqiladi.

Tulpor” qo‘shig’i qo‘yiladi.

Otlar

D unyoda otlarning 200 dan ortiq zotlari mavjud. O‘zbekistonda «qorabayir», «arabi», «vladimir» otlari ko‘p uchraydi.Qadimdan ot-ulov transport vazifasini bajargan. Odamlar otga minib, uzoq joylarga borganlar, dushmanlarga qarshi jang qilganlar. Hozirgi kunda ham qishloq joylarda yuklarni tashishda otlardan foydalaniladi. Cho‘ponlar mol va qo‘ylarni yaylovlarda ot minib yurib boqadilar. Ot go‘shti iste’mol qilinadi, sutidan qimiz tayyorlanadi. Biya har yili bitta, ayrim hollarda ikkita bolalaydi.

2-3 yoshgacha bo‘lgan otning bolasi toy deyiladi.

Dam olish daqiqasi . Video rolik ko‘rsatiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Uy hayvonlariga qaysi hayvonlar kiradi va ular qanday ahamiyatga ega?



2. Sigir qanday boqiladi va undan o‘rtacha qancha sut sog‘ib olinadi?

3. Qo‘ylar nima maqsadda boqiladi?

4. Otlardan qanday foydalaniladi?

5. Oppoq  tovuq  don  cho'qir,

    Suv  ichadi  qorasi.              

    Necha  tovuq  bo'ladi,

    Qo'shilganda  olasi                      (3ta )

    6. Kelishardi  izlab  buloq,

       Bir  echki-yu  ikki uloq.

       Ularda  bor  nechta  quloq,

      Qancha dum-u, hamda tuyoq.                



V. O‘quvchilarni baholash: o‘quvchilar izohli baholanadilar. Har bir guruhning to‘plagan ballari hisoblanadi. G’olib guruh e’lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa berish: 88-91 betlarni o‘qish, savollarga javob topish. Uy hayvonlarining rasmlarini chizib kelish.


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish