Farg`ona shahar,
15-o`rta ta’lim maktabining
4-“A” sinf rahbari
Mahmudova Barnoxon Maxsudovnaning
“Yo`l transport hodisalarining sabablari”
mavzusida tayyorlagan ochiq mashg`ulot
2018-2019-o`quv yili
Sana: 12-aprel, 2019-yil.
Mashg`ulot nomi: Tarbiyaviy soat
Sinfi: 4-“A” sinf
Mashg`ulot mavzusi: Yo`l transport hodisalarining sabablari
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: o’quvchilarga yo’l transport hodisalarining sodir bo’lish sabablrini tushuntirish; ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
hamma uchun eng muhim va oddiy bo’lgan yol harakati qoidalarini bilish, zarur yo’l belgilar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.
TK3: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi
TK4:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Tarbiyaviy mashg`ulotning metodi: tushuntirish, suhbat, savol-javob. klaster
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar, kompyuter, proyektor, slayd.
Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:
Kirish
O`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi o`tkazish
Aziz o`quvchilar aprel oyida qanday muhim sanalarni nishonladik?
Yurtimizda shu kunlarda qanday yangiliklar bo`lmoqda?
O`tilgan mavzuni aniqlash
O`tilgan mashg`uotda mavzu bilan tanishdik?
- Ta’magirlik deganda nimani tushunasiz?
- Ta’magirlik bu juda ham yomon illat hisoblanadi.Ta’magirlik bu biror kishiga xolis xizmat qilmasdan biron narsani ko`zlab yordam berishga aytiladi.
- Yana nimalarni bilasiz?
- Inson ta’magirlik qilsa bunga o`rganib qoladi.Biror bir foydasi bo`lmasa yordamga muhtoj bo`lgan insonga qo`lidan kelsa ham yordam qo`lini cho`zmaydi.
- Inson qanday yashashi kerak?
Inson doimo halol yo’l bilan yashash kerak. Halol yo’l bilan topilgan boylik baxt keltiradi.
- Ta’magirlik qanday oqibatlarga olib keladi?
- Ta’magirlik bilan topilgan boylik halokatga olib keladi.
Bu dunyoda hamma komil inson bo’lishga intiladi. Komillik yaxshi fazilatlar orqali yuksaklikka yetadi. Shuning uchun doimo hammaga yaxshilik qilishdan charchamang. Bu dunyoda odamdan yaxshi nom qoladi. Siz ham yaxshi nom qoldirishga harakat qilishingiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |