MAVZU: FANNING QISQAChA RIVOJLANISh TARIXI. NEFT QAZISh TARIXI
Reja
1 Arxeologik maьlumotlar
2 XIX asrda neft qazish tarixi
Tayanch so`z va iboralar: neft qazuvlari, Misr, Qadimgi Rim, O`rta Osiyo, Ozarbaydjon,
Meksika, benzin to`g`risida maьlumotlar.
Arxeologik qazuvlardan ma’lum bo`lishicha, qadim Bobil davlatiga qarashli Frot daryosi
soxillarida bundan 6000-7000 yil ilgariyoq neft va asval’t qazib olishni bilishgan. Bu yerda qazib
qazib olingan neft’ qatronidan qurilishda tsement o`rnida foydalanishgan. Misr, Qadimgi Rim,
O`rta Osiyo, Ozarbaydjon, Meksika va moziyning boshqa madaniy markazlarida xam neftdan
foydalanilgani ma’lum. Qadimgi yunon faylasufi va muarrifi Plutarx o`z asarlarida Aleksandr
Makedonskiyning yurishlari to`g`risida xikoya qilarkan, Amudaryo soxillarida neft’ borligini
qayd qilib o`tadi.
O`tmishda neft’dan shifobaxsh moddalar chiroq moyi, qurilish materiali va boshqa narsalar
olganlar. Qadimgi Misrliklar murdalarni mumiyolashda boshqa moddalar qatori neftdan xam
foydalanishgan. Neft’ muhorabalarda xam ish bergan: qamalda qolgan askarlar dushman
qo`shini ustiga yonib turgan neft’ yog`ini qo`yganlar.
Neftni bir necha metrdan bir necha o`n metrgacha chuqurlikkaega bo`lgan quduqlardan
chelakda olib, hovuzlarga qo`yishgan so`ngra uni meshlarga solib kerakli joyga jo`natishgan.
Neftni qazib olish X1X asrning ikkinchi yarmiga shu yo`sinda olib borildi. Shunga qadar xar
yili jaxon miqyosida qazib chiqarilgan neft’ o`nlab, kuni bilan yuzlab tonnaga yetgan edi.X1X
asrga kelib esa neftni quduqlar yordamida qazib olish usuli kashf qilindi. Shundan keyin neft’,
so`ngroq, borib gaz sanoat gurkirab rivojlanib ketdi.
Hozirgi kunda neft’ va gaz hayotning turli jabxalariga tobora oshmoqda. “Qora oltin”
va”Zangori oltin” koloriyaliligi jixatdan ko`pgina yoqilg`ilardan ustun turadi. Toshko`mir qazib
chiqarishga nisbatan neft’ni qazib olish 5-7, gaz chiqarish esa 10-15 marta arzonga tushadi.
O`zidan issiqlik ajratish jixatdan 1kg gaz 2kg toshko`mir yoki 4kg quruq o`tinning o`rnini bosa
oladi. 1973 yilda 1,3 mln tonna neft’ va 37,1 mlrd m3 gaz ishlab chikarildi.
Benzin. Xozirgi vaqtda eng muxim neft’ maxsulotlaridan biri xisoblanadi va buni xozir xama
biladi.oq neft’ni xaydash yo`li bilan olinadigan bu rangsiz yonilg`i xamma vaqt xam bunchalik
e’tiborga sazovor bo`lmagan. Qariyb bir asr davomida benzin neft’ xaydash zavodlarining zararli
chiqindisi deb hisoblanib keladi. (Ichki yonuv dvigateli yщы edi). Neft’ korxonalarida benzindan
qutilishni xilma xil choralarini izlab ko`rish di. Uni dengizga qo`yishgan edi, baliqchilikka putur
yetkazishi ma’lum bo`lib qoldi. Shundan keyin maxsus o`ralar qazib benzinni shu o`ralarga
qo`yib yoqib yuborishni razm qilishdi. Lekin bu chora xam bo`lmadi birinchidan, bu xavfli
bo`lsa, ikkinchidan. O`ra qazish qimmatga tushar edi. Benzinni yo`qotish qanchalik qiyin bo`lsa
neftni xaydash sanoati o`sgani sayin uning miqdori shunchalik ko`payardi. Chunonchi, 1902
yilda Grozniy shaxrida 70 ming tonna yondirib yuborildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |