Ishlab Chiqarishda Boshqaruv Fakulteti 56-21 I gurux talabasi Jo’rayev Sanjarbekning O’zbek tilini sohada qo’llash fanidan Taqdimot loyihasi Mavzu:O’zbekiston Respublikasida Hujjatchilikning takomillashuvi Sharq Hujjatchiligi - Reja:
- 1.O’zbekiston Respublikasida Hujjatchilikning takomillshuvi.
- 2.Sharq Hujjatchiligi
Tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida yuritiladi.1989-yil 21-oktabrda “O’zbekiston SSSR ning Davlat tili haqida “ , O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi qonunining 7-moddasida “ O’zbekiston SSSR da muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarida ish respublika Davlat tilida yuritiladi “ deb yozilgan
22-moddasida ish qog’ozlarining matnlari o’zbek tilida bo’lishi talabi qo’yilgan ekan , bu vazifalarni amalga oshirish qandaydir o’zboshimchalik va o’zbilarchilik tarzda borishi kerak emas. Aks holda, u hujjatlarda xilma-xilikka va idoralararo tushunmaslikka olib keladi.
Tom ma’noda o’zbek hujjatchiligini bugungi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirish uchun ham markazlashtirilgan holda katta ishlarni amalga oshirish, aniq tashkiliy tadbirlar belgilash kerak. Rus hujjatchiligi bugu tashkil topgan anchayin mukammal tizimga qanday tashkiliy ishlar, aniq chora-tadbirlar oqibatida erishilgan bo’lsa, ana shu tashkiliy-tadbiqiy ishlarni bizda ham tezlik bilan boshlab yubormoq lozim. Ma’lumki muayyam bir hujjat turi turli xizmat vaziyatlarida turli ko’rinishlarga ega bo’ladi, garchi bunda ularning zaruriy qismlari o’zgarmasada, axborot bayoni mazkur xizmat vaziyatiga muvofiq ravishda qisman o’zgaradi. Ana shularni hisobga olib, ayni bir hujjat turining faqat bittagina namunasi emas, balki turli xizmat vaziyatlarini aks ettiruvchi bir necha namunalari berilgan. Bu namunalardagi familiya va ismlar, tashkilotlarning nomlari, ularning manzillari, asosan shartli ravishda olib o’rganiladi. Ayrim aniq nomlarga ham shartli misol tarzida qarash lozim bo’ladi. Bu namunalardagi familiya va ismlar, tashkilotlarning nomlari, ularning manzillari, asosan shartli ravishda olib o’rganiladi. Ayrim aniq nomlarga ham shartli misol tarzida qarash lozim bo’ladi. Sharqda X-XIX asrlarda yorliq farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yakda hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo’lgan: xabar, tavsif, farmoish, bildirish, tasdiqlash va h.k .
Bu o’rinda To’xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag’aylaga yo’llagan yorlig’a, Temur Qutlug’ning 1397-yildagi yorlig’i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayh Mirzoning margilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig’i Toshkent hokimi Yunusxo’janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga-Rossiya podshosiga o’z elchilari orqali yuborgan yorlig’i va boshqalarni eslab o’tish mumkin.
Mazkur davr yorliqlarida o’ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn jihatidan an’anviy tarkibiy qismlarga ega bo’lgan. Masalan, eslab o’tilgan yorliqlarning birinchisi-”To’xtamish so’zim Yagaylag’a” deb, ikkinchisi-”Temur Qutlug’ so’zim” deb, uchinchisi esa-”Sulton Umarshayh Bohodur so’zim” deb boshlangan. Bayonda ham muayyam qolip bor, Shuningdek albatta, yorliq yozilgan sana va joy ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |