Farg’ona politexnika instituti Kimyo texnologiya



Download 95,06 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi95,06 Kb.
#421549
  1   2
Bog'liq
Suyunov Nursulton

  • Farg’ona politexnika instituti Kimyo
  • texnologiya fakulteti
  • 67-21 guruh talabasi
  • Suyunov Nursultonning
  • O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
  • Mustaqil ishi
  • Mavzu: Sobiq SSSR ning O’zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosatining mustamlakachlik mohiyati: ‘’Paxta ishi’’ va uning oqibatlari

Reja

Reja

Sovetlarning O'zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati.

O'zbekistonda yer-suv islohoti va dehqon xo'jaliklarini jamoalashtirish.

Paxta ishi va uning oqibatlari

  • 1.XX asr 20— yillari boshlariga kelganda o'lka hayoti, yerli aholining maishiy - turmush tarzi nochor ahvolda edi. 1-jahon urushining og'ir asoratlari, yangi Sovet tuzumini o'rnatishda bolshevik hukmdor-larning mahalliy aholiga nisbatan qo'llagan zo'rlik siyosatining oqibatlari har qadamda ko'zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, ekin maydonlari payxon bo'lib ketgandi. Eng yomoni, o'lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi.
  • Buning ustiga, Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zo’rlik bilan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg'unlashgan "harbiy kommunizm" siyosati o'lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo'ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini qat'iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda, bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada murakkablashib ketishiga sabab bo'ldi.
  • Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo'jaligi o'lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo'jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o'lkada milliy ishchilar sinfmi shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko'p millatli o'lka bo'lib, yangi iqtisodiy siyosatga o'tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo'lardi. Ammo RKP (b) va Sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o'z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdi.
  • 1921—yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. Unda 1921-1922—yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o'laroq yil oxirida yig'ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo'ldi. Bu esa Turkiston dehqonining kamsitilishini bildirardi.
  • Bundan tashqari, Sovet hukumati o'lkada birinchi navbatda o'zi uchun zarur bo'lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e'tiborni qaratdi. Yordam ko'rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi.
  • O'lkada. ayniqsa, paxtachilik va u bilan bevosita bog'liq bo'lgan paxta tozalash korxonalari tez sur'atda o'sdi. Bu Markaz to'qimachilik sanoatining o'zbek paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko'p jihatdan bog'liq edi.
  • Natijada, paxta ekiladigan maydonlar 1924—yilda 1921—yilga nisbatan 3 barobar ko'paydi. Ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 taga yetdi. Birgina paxta tozalash sanoatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1923—yildagi 23,9 mln. so'mlikdan 1924—yilda 57,8 mln.so'mga yetdi. Bundan ko'rinadiki, yangi iqtisodiy siyosat asosida Turkiston sanoati tiklanib, sezilarh darajada rivojlana boshladi.
  • Biroq partiya va Sovet hukumati: «Yangi iqtisodiy siyosat Turkistonda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziya qoldiqlari, yirik savdogarlar, musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlan-moqda»,- deb ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ'ibot ishlarini kuchaytirib yubordi. Jumladan, RKP(b) XII syezdida (1923) Buxoro va Xivada turkman va qirg'izlarga qarshi "o'zbek shovinizmi" mavjud, deb qayd yetishgacha borildi. Bu asossiz da'vo va e'tirozlar o'lkada milliy nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas edi.

Download 95,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish