Bu xol asta-sekinlik bilan o'lkada yangi iqtisodiy siyosat yo'lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo'jalik artellariga birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliylashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20—yillarning oxir-lariga kelib ittifoqning, shu jumladan, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kuchayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o'z mazmuni va mohiyatini tobora yo'qota bordi. XX asr 20—yillari O'rtalaridan e'tiboran sovetlarning butun diqqat-e'tibori mamlakatni industrlashtirishga qaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanardi. VKP (b) XIV syezdida (1925) mamalakatni industrlashtirish sotsializmni barpo etishning bosh strategik vazifasi deb belgilandi. Hukrnron Markaz bu asosiy vazifani bajarishga xalqni safarbar etar ekan, bunda bu ishni mamlakatning barcha mintaqalarida, jumladan, O'zbekistonda ham jadal sur'atlarda amalga oshirish kirishdi. - 2. Azaldan sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati maskani hisoblangan hamda aholisining mutlaq ko'pchiligi qishloq xo'jaligida band bo'lgan Turkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o'lka aholisining anchagina qismi yersiz edi. Bir parcha yerga muhtoj bo'lganlar boylar, zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan hayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga ko'plab serhosil, unumdor yerlar Rossiyadan ko'chirib kelinganlar rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. Chorizmning Turkistondagi bu mustamlakachilik siyosati yersiz, batrak dehqonlarning ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois ham, mahalliy yerli aholi yangi sovet hokimiyatining "Yer dehqonlarga" degan va'dalari, da'vatlariga umid bog'lab, uning yer to'g'risidagi dastlabki dekretining amalga oshuviga ko'z tikib kelayotgandi.Sovet hukumati ko'p sonli dehqon aholisini o'z tomoniga qaratib olishni ko'zlab yer to'g'risidagi dekretni qabul qilgan bo'lsa-da, ammo uni amalga oshirishdan kuzatgan maqsadlari boshqacha edi. Sovetlarning yer-suv islohoti masalasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi xususiy yer-mulklarni musodara qilish, milliylashtirish orqali ularni tugatib, jamoalar ixtiyoriga bera borib, asta-sekinlik bilan yirik sotsialistik xo'jaliklarni qaror toptirish edi. Turkistonda shu maqsadlarni ko'zlab yer-suv islohoti o'tkazishga kirishildi.
- Yer-suv islohoti: Turkiston sovetlarining XI syezdida (1920) o'lkada yer-suv islohoti masalasi ко'rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko'ra aholi qo'lidagi katta yerlarni musodara qilish, yevropalik kelgindi aholi bilan yerli xalqlar o'rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlariga barham berish, mehnatkash aholini Sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag'al qismini birlashtiruvchi "Qo'shchi" uyushmalari tuzila boshlandi. "Qo'shchi" uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, yer-suv islohotini o'tkazishda partiyaga katta yordam ko'rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-1922—yillar davomida yer-suv islohotining birinchi bosqichi yirik yer-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostida o'tkazildi.
- Masalan, Samarqand viloyatida 350 ta katta yer egalaridan 13 ming desyatina yerlar tortib olindi. Respublika bo'yicha boy va o'ziga to'q aholidan 1,7 mln. desyatina yer tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi yersiz kambag'allarga berildi, qolgan katta qismi asosida "Qo'shchi" uyushmalari tuzildi. Bu Sovet hokimiyatining kamba-g'allarni o'z tomoniga og'dirib olishga qaratilgan harakati edi. O'rta hol dehqon xo'jaliklari saqlab qolindi.
- 1925—yil dekabrda bo'lgan O'zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasining Favqulodda sessiyasi "Yer va suvni milliylashitirish davlat tasarrufida olish to'g'risida" dekret qabul qildi. Dekretga binoan quyidagi tarzda yerlar batamom musodara qilinishi kerak edi:
- Yer-suv islohoti natijasida O'zbekistonda jami 4801 "pomeshchik" tipidagi xo'jaliklar tugatildi. 13036 tabadavlat mulkdorlarning ortiqcha yerlari tortib olindi. Respublikaning yer fondiga 474393 desyatina yer qo'shildi. Qishloq aholisini qishloq xo'jalik artellariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929— yilda ularning soni 1665 taga yetdi. Jamoa xo'jaligi hisoblangan artellarga 30 ming kishi a'zo bo'lgan edi.
- 20— yillarda o'tkazilgan yer-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning yerlari, vaqf yerlari, ruhoniylarga tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olingan edi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi. Umuman, 1925-1929— yillarda boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin xususiy xo'jaliklari batamom tugatildi. Ko'pgina xo'jaliklar tasarrufidagi ortiqcha yerlar ham tortib olingan edi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ularning katta qismi yersiz yoki kam yerli dehqon xo'jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak - kamba-g'allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo'lsa, islohotdan so'ng ularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo'jalik turmushi yaxshilanib, o'sib borganligi bois, O'rta hol dehqonlar salmog'i 17 foizdan 52 foizga ko'tarildi.
- 3. O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo‘lgan. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol o‘ynadi. Moskva tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O‘zbekistonda o‘zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi. Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib, Kreml ko‘rsatmalari izchillik bilan bajaralishini talab qilishgan
- Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi. Keyinchalik bu qatag‘on hatto O‘zbekiston SSRning o‘sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o‘tmadi SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzildi.
- Maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi.
- 1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O‘sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan.
- 1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
- Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, paxta ishi- ga ataylab siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi.
- Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O‘zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek xalqiga qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo O‘zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko‘tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o‘ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o‘limidan so‘ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.
- Sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O‘zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag‘on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan ayrim qo‘rqoq va xoinlar ham faollik ko‘rsatdi.
Xulosa qilib aytganda Sobiq SSSR ning O’zbekistonda yuritgan ijtimoiy siyosati o’lka aholisi uchun juda achinarli bo’lgan. Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilgan, hayotga zo’rlik bilan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va harbiy kommunizm siyosati o'lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo’ygan. Aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini, savdo, bozor munosabatlarini cheklab qo’ygan. 1921—yil aprel oyiga kelib Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qilingan. Unda 1921-1922—yillar uchun soliq miqdori belgilangan. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq aholining yil oxirida yig'ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olingan. Bu esa Turkiston dehqonlarining kamsitilishini bildirardi. - Xulosa qilib aytganda Sobiq SSSR ning O’zbekistonda yuritgan ijtimoiy siyosati o’lka aholisi uchun juda achinarli bo’lgan. Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilgan, hayotga zo’rlik bilan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va harbiy kommunizm siyosati o'lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo’ygan. Aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini, savdo, bozor munosabatlarini cheklab qo’ygan. 1921—yil aprel oyiga kelib Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qilingan. Unda 1921-1922—yillar uchun soliq miqdori belgilangan. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq aholining yil oxirida yig'ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olingan. Bu esa Turkiston dehqonlarining kamsitilishini bildirardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |