2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Iqtisodiyot davlat tomonidan ma`muriy, iktisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi.
Ma`muriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni o`rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub`ektlarini ro`yxatga olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta`minoti, minimal ish xakini o`rnatish, ishsizlik nafakalarini berish kabilar kiradi.
Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to`gridan-to`gri usullarni va byudjet-solik xamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o`z ichiga oladi..
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to`lovlari) ko`paytirish yoki kiskartirish orkali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taksimlash va kayta taksimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chikish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar kismidagi mutanosiblikni ta`minlash, ishlab chikaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko`rsatish, baxolar ustidan nazorat o`rnatish, eksport va import kilinadigan tovarlarga kvotalar o`rnatish va shuningdek, mamlakat axolisini ximoya kilish maksadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko`rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subventsiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko`rinishidagi yordam turi bo`lib, byudjet va byudjetdan tashkari fondlardan ko`rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital ko`yilmalar, ilmiy tadkikotlar, kadrlarni kayta tayyorlashga ajratilgan mablaglar kirsa, bilvosita subsidiyalarga solik imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshkalar kiradi.
Bundan tashkari davlat axolini davlat transfertlari ko`rinishida ximoya kiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`p kirrali soliklar tizimidan foydalaniladi. Axoli davlat byudjetiga xar oyda olgan daromadlariga karab daromad soligi to`laydi, korxonalar esa olgan foydasiga karab foydadan solik to`laydilar. SHu kabi juda ko`p mavjud solik turlaridan okilona va ilmiy asosda foydalanish orkali davlat solik siyosatini, solik stavkalari mikdorlarini va imtiyozlari turlarini aniklaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatadi. Soliklarni o`zgartirish orkali investitsiyalar va jamgarmalar ragbatlantiriladi.
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga karatilgan va uning asosiy vazifasi baxolar va real milliy ishlab chikarish xajmining o`sishiga mos keladigan pul massasini ta`minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan xisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saklaydigan zaxiralari normasini o`zgartirish, kimmatli kogozlar bo`yicha ochik bozordagi operatsiyalarni yo`lga ko`yish va shuningdek, boshka tadbirlardir.
Iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan iqtisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish dasturini ishlab chikish xamda xayotga tatbik etish xisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzok va kiska muddatlarga mo`ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor xajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab chikarish tarkibidagi o`zgarishlar, matematik modellar asosida xisob-kitob kilinadi va iqtisodiyotning kaysi yo`nalishda rivojlanishi aniklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |