Farg’ona politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi 1-bosqich 72a-20 guruh talabasi Erkinov Xushnudning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan 3-mustaqil ishi.
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli Reja:
Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish.
Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda qayta taqsimlash.
Resurslarni qayta taqsimlash.
1. Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funktsiyalari. Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iktisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iktisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas.
Bozor iqtisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari kuyidagilar:
bozorni monopollashuvi xavfi;
jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi;
atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi;
ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o`sishi;
resurslarni adolatsiz taxsimlanishi xavfi;
iqtisodiyotning bekaror rivojlanishi, iqtisodiy inkirozlarning ro`y berishi va x.k.
Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iktisodiyoti xam, sof davlat iktisodiyoti xam emas. «Iktisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy kism- bozor va xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iktisodiyotini boshkarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak chalish bilan barobardir»* Ilgor davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi.
Davlatning iqtisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir. SHuning uchun taxlilimizda davlatning asosiy iqtisodiy funktsiyalarinigina ko`rib chikamiz.
Davlatning asosiy iqvtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. rakobat muxitini yaratish va uni ximoya kilish.
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maksadida resurslarni kayta taksimlash;
4. atrof muxitni ximoya kilish;
5. daromad va boyliklarni kayta taksimlash;
6. iqtisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iktisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iktisodiy o`sishni ragbatlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orkali xam davlat o`z ishlab chikaruvchilarini ximoya kiladi(bu masalalar o`kuv ko`llanmasining tegishli mavzularida ko`rib chikiladi).