Fargʻona Politexnika Instituti Energetika fakulteti



Download 378,6 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi378,6 Kb.
#719222
Bog'liq
Aaaaaaa


Fargʻona Politexnika Instituti
Energetika fakulteti
57.20-E.E.E guruh talabasi Abdusattorov Abbosjonning Elektr mashinalari fanidan tayyorlagan ijodiy ishi.
Mavzu: Transformatorlarni magnit oʻzagi tayyorlanishi
Reja:
  • Transformator haqida tushuncha.
  • Transformatorlarni tuzilishi.
  • Transformatorlarning magnit oʻzagi.

Ishlab chiqarish korxonlarini, transportni, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish, elektrotexnologik qurilmalarni turli ko‘rinishlardan foydalanish bilan bog‘liq. Elektrotexnologik qurilmalarning asosiy elementi bo‘lib elektr mashinalar va transformatorlar hisoblanadi.
Transformatorlar elektromagnit statik apparat bo‘lib, aylanuvchan qismlari bo‘lmaydi, lekin ishlash prinsipi va tuzilishi elektr mashinalariga o‘xshash bo‘lganligi sababli elektr mashinalar guruhiga qo‘shib o‘rganiladi.
Elektr stansiyalarda ishlab chiqarilgan o‘zgaruvchan tokni iste’molchilarga uzatish, elektr qurilmalari yordamida yetkazib berish va taqsimlash uchun uni kuchlanishini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchan tokni kuchlanishini o‘zgartirish ya’ni transformasiyalash uchun transformatorlar qo‘llaniladi. Elektrotexniklar uzoq masofalarga o‘ta katta elektr energetik quvvatlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, kuchlanishi 1150 kV bo‘lgan transformatorlarni yaratdilar. Elektr stansiyalaridagi turbogeneratorlarning kuchlanishini kuchaytiruvchi quvvati 1000( 1250 MVA ga teng bo‘lgan transformatorlar ham elektrotexnologik qurilmalarning nodir elementlari qatoriga kiradi.
Elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish uchun o‘zgaruvchan tok generatorlarining 6-30 kV li kuchlanishini transformatorlar yordamida 110, 150, 220, 330, 400, 500, 750, 1150 kV gacha kuchaytirib elektr uzatish tarmoqlariga uzatiladi. Kuchlanishning kuchaytirilishi tokning proporsional kamayishiga olib keladi va uzatish tarmog‘ıdagi quvvat isrofi tokning kvadratiga proporsional ravishda kamayadi. Shu sababli elektr stansiyalarida kuchaytiruvchi transformatorlarning qo‘llanılıshı maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Transformatorlarning elektr energiyani qabul qiluvchi cho‘lg‘ami-birlamchi, iste‘molchiga energiyani uzatuvchi cho‘lg‘ami-ikkilamchi cho‘lg‘am deyiladi. Nomlariga o‘xshash, har bir cho’lg’amga qarashli qiymatlar (masalan, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va x.k.) birlamchi va ikkilamchi qiymatlar deyiladi
Bitta birlamchi va bitta ikkilamchi cho‘lg‘amli transformator ikki cho‘lg‘amli transformator deyiladi. Oar bir fazada uchtadan cho‘lg‘ami bshlgan, masalan, bitta yuqori kuchlanishli va ikkita quyi kuchlanishli, yoki teskarisi - bitta quyi kuchlanishli va ikkita yuqori kuchlanishli transformatorlar uch cho‘lg‘amli deb ataladi. Bir fazali yoki uch fazali transformatorlarning bitta fazasida uchtadan ko‘proq cho‘lg‘ami bo‘lishi mumkin. Bunday transformatorlar ko‘p cho‘lg‘amli transformatorlar deyiladi.
TRANSFORMATORNING TUZILISHI
Transformatorlar o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartirish-ga xizmat qilib, asosiy va yordamchi qismlardan iborat. Asosiy qism-transformatorlarning elektromagnit jarayonlarini vujudga keltiruvchi cho‘lg‘amlardan va magnit oqimni kuchaytiruvchi magnit o‘zakdan iborat. Yordamchi qismlar esa transformatorning quvvati, kuchlanishi, turlari va h.k. larga qarab, bir necha o‘nlab bo‘laklardan iborat. Ular qatoriga moyli transformatorlarning baklari, ulamani va cho‘lg‘amlarni bolovchi izolyatorlar va boshqalar kiradi.
. TRANSFORMATORNING MAGNIT O‘ZAGI
Transformatorning magnit o‘zaklari elektrotexnik po‘latdan tayyorlanadi.
Magnit o‘zakni tayyorlashda gisterezis va uyurma toklari ta’siridagi quvvat isroflarini kamaytirish tadbirlari hisobga olinishi kerak. Shuning uchun magnit o‘zaklarni tayyorlashda magnit yumshoq elektrotexnik po‘latdan foydalaniladi. Uyurma toklarni kamaytirish maqsadida elektrotexnik po‘lat tunukalar bir-biridan maxsus elektr himoyalovchi laklar yordamida qop-lanadi. Himoyalovchi lakning qalin-ligi transformator cho‘lg‘amlarining kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Magnit o‘zakni tayyorlash uchun ishlanilgan elektrotexnik po‘-lat tunukaning qalinligi o‘zakning magnitlanish chastotasiga bog‘liq, chastota f = 50 Gs bo‘lganda po‘lat tunukaning qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘ladi. Transformatorning magnit o‘zaklari asosan ikki xil konstruksiyada, ustunli (sterjnevoy) (2.2,a-rasm) va qobiqli (bronevoy) (2.2,b-rasm) ko‘rinishda tayyorlanadi, keyingi paytlarda fazoviy ustunli magnit sistemalar ham tayyorlanmoqda.
Uch ustunli transformatorning o’zaro bog‘langan magnit o‘tkazgichlari 2.3-rasmda ko‘rsatilgan, bu transformatorning xarakterli tomoni uning magnit tizimlarining nosimmetrikligidadir, chunki aloxida A, V va S fazalarining o‘zaklaridagi magnit zanjirlari bir xil emaC. O‘rtada joylashgan V o‘akning magnit zanjiri ikki chekkadagi A va S o‘zaklarnikidan qisqaroq, chunki uchala zanjirdagi magnit kuch chiziqlari bir-biri bilan ikki va nuqtalarda tutashadilar.
Kuch transformatorlarining magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, 42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashina va transformatorlarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng ishllanilmoqda.
Transformatorlarning magnit o‘zaklaridagi induksiya asosan 1,2 - 1,5 Tl, issiq holda juvalangan po‘latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‘zagi sovuq holda juvalangan po‘latdan tayyorlangan moyli transformatorlarda induksiya 1,0-1,5 Tl tashkil etadi.
Download 378,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish