Farg’ona politexnika insituti Mexanika va mashinasozlik fakulteti TVM 27.21 guruh talabasi O’rinov Ahadjonning Kompyuterlarning programma taminoti mavzusida yozgan slaydi. Birinchi EHM lar hisoblash markazlariga hech qanday programma ta’minotisiz, faqat texnik qurilmalar ko’rinishida keltiriladi. Shuning uchun ham EHM bajarishi lozim bo’lgan vazifalarning hammasi foydalanuvchi tomonidan tuzilgan programmada batafsil tasvirlangan bo’lishi talab qilinadi. Bu esa, foydalanuvchidan operator va programma tuzuvchi sifatida maxsus texnik bilimlarni va mashinaga bog’liq tillarda programma tuzuvchi sifatida maxsus texnik bilimlarni va mashinaga bog’liq tillarda programma tuzishni bilishni talab qiladi. Shuning uchun ham boshlang’ich paytlarda EHM dan ko’proq matematik-progammistlargina unumli foydalana olishadi.Operatsion sistema, tizimli va xizmatchi programmalar to’plamidan iborat bo’lib, hamma programmalarning, EHM va tarmoqlar texnik qurilmalarning ishlashini hamda ularning resurs va imkoniyatlaridan unumli foydalanishni, shu bilan birgalikda foydalanuvchi, programma ta’minoti va EHM o’rtasida o’zaro qulay muloqotni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Yuqoridagi fikirlarga tayangan holda operatsion sistemalarning asosiy vazifasi uch turdagi qulay muloqotlarni – interfayslarni yaratishdan iborat deb qarash mumkin: -foydalanuvchi bilan kompyuterlarning programma va apparat vositalari orasidagi interfeys (foydalanuvchi uchun interfeys); -Kompyuterlarning appart va programma ta’minoti orasidagi interfeys; -Programma taminotining turli ko’rinishlari orasidagi interfeys; Kompyuter elektr tarmog’iga ulanganda, operatsion sistema (OS) tezkor hotiraga yuklanadi va EHM qurilmalarining ishga yaroqliligi va undan keyin bajariladigan barcha vazifalar OS tomonidan boshqariladi. Disk va disketlarni formatlash, fayllarni saralash, arxivlash, matnlarni chop etish, tasodifan o’chirilgan fayllarni tiklash , viruslarni topish va yo’qotish kabi ko’p takrorlanuvchi amallarni bajaruvchi programmalar-utllitlar deb ataladi. Kompyuterlarning printer, disk yurituvchi, displey, klaviatura kabi qurilmalarning ishlashini ta’minlovchi tizimli programmalar to’plamiga drayverlar deb ataladi. EHM da tadbiqiy va tizimli programmalarni bajarish paytida fayllar ustida yozish, o’qish, saqlash, izlash, o’chirish kabi ko’p martalab takrorlanuvchi ishlarni bajarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. Hozirgi kunda juda ko’p operatsion sistemalar mavjud bo’lib, ularni quyidagi sinflarga ajratish mumkin: *Bitta yoki ko’p foydalanuvchilarning ishlashini ta’minlashga mo’ljallangan operatsion sistemalar; *Bir paytning o’zida bitta yoki bir nechta masalani yechish imkoniyatiga qarab, bir va ko’p masalalik OS lar; *Bir protsessorli va ko’p protsessorli OS lar *8, 16, 32, 64, razryadli operatsion sistemalar; Etiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |