Ozbek tilini Soxada qollanilishi fanidan: Tashkiliy hujjatlari farmoyish hujjatlari va ularning turlari. Ma’lumot-axborot hujjatlar va ularning turlari mavzusida:Taqdimot loyihasi Reja: - 1. Tashkiliy hujjatlar
- 2. Farmoyish hujjatlar va ularning turlari
- 3. Ma’lumot-axborot hujjatlari va ularning turlari
1. Tashkiliy hujjatlar - 1. Tashkiliy hujjatlar
- Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim. - hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim.
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: — bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi; — hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to’liq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi; — hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim. - Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: — bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi; — hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to’liq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi; — hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim.
2 Farmoyish hujjatlar - 2 Farmoyish hujjatlar
- Farmoyish – boshliq, uning o‘rinbosarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, biror-bir bo‘lim, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “ТALAB QILAMAN”, “ТAVSIYA QILAMAN”, “RUХSAТ BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
- 3. Ma’lumot-axborot hujjatlari va ularning turlari
- Ma’lumot-axborot hujjatlari muayyan qarorlarni qabul qilishga undaydigan ma’lumotlarni yetkazadi. Ma’lumot-axborot hujjatlari idoraviy hujjatlarning katta guruhini tashkil qiladi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi.
Ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirgi, dalolatnoma, e’lon, faksogramma,hisobot, ishonchnoma, ma’lumotnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma, tushuntirish xati va boshqalar kiradi. - Ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirgi, dalolatnoma, e’lon, faksogramma,hisobot, ishonchnoma, ma’lumotnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma, tushuntirish xati va boshqalar kiradi.
Etiboringiz uchun Rahmat ! - Etiboringiz uchun Rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |