Fargʻona palitexnika instituti qurilish fakulteti geodeziya kartografiya va kadastir yoʻnalishi 16-20 guruh talabasi holmatov ibrohimbekning geografiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
FARGʻONA PALITEXNIKA INSTITUTI QURILISH FAKULTETI GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTIR YOʻNALISHI 16-20 GURUH TALABASI HOLMATOV IBROHIMBEKNING GEOGRAFIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko’plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxonasi qanday xomashyo asosida ishlab, qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e’tiborga olinadi.
Texnik loyiha ma’lum muhandislik ma’lumotiga ega bo’lgan mutaxasislar tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat munosabatlarining ko’p jabhalarini o’z ichiga olganligi sababli yetarli darajada murakkab hisoblanadi. Shu sababli, bu borada faqat loyihaning muhandislik jihatlari bilan chegaralanib qolmasdan, loyihaning xususiyati va tabiatga bo’ladigan funksional ta’siri ham e’tiborga olish kerak bo’ladi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini asoslash.Yirik yer maydonlarini sug’oriladigan dehqonchilik maqsadlarida o’zlashtirish gidromeliorativ tadbirlar jumlasiga kiradi.
Suv omborlari loyihalarini asoslash. Suv omborlari o’ziga xos murakkab inshoot. Ularni faqat relyefi jihatdan qulay bo’lgan joylardagina qurish samaralidir.
Sanoat korxonalarini joylashtirish.Geografik nuqtayi nazardan sanoat korxonalari xo’mashyo bazasiga yaqin va ishchi kuchlari ko’p bo’lgan hududlarda bunyod etilsdi. Lekin shu bilab birga sanoat korxonasini qurish uchun zarur bo’lgan sharoitlar ham ma’;um darajada hisobga olinadi. Hududning meteorologik va relyef sharoitlari, gruntning litologik tarkibi doimo e’tiborda bo’ladi.
Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit holatini yaxshilash uchun mamlakat miqyosida bir necha sohalar bo’yicha ilmiy-amaliy dasturlar ishlab chiqilgan.Mazkur dasturlar bir necha yillarga mo’ljallangan bo’lib,uni bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi.Quyida ba’zi asosiy dasturlar mazmuni bilan tanishasiz.
Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimi.Tabiat muhofazasi sohasida geograflarning o’rni alohida ahamiyatga ega. Geografiyaning barcha ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ishlanmalari tub mohiyati bilan tabiat muhofazasiga bag’ishlangan.
Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya. Tabiat boyliklaridan foydalanishda boshqa fan yutuqlari qatori geografiya erishgan ilmiy natijalarga asoslanish nihoyatda samaralidir. Chunki geografiya fani tabiatni, aholi va xo’jalik bilan bir butun tarzda o’rganadi. Binobarin, bu jarayonda tabiat qonunlari to’liq e’tiborga olinadi, tabiatga inson ta’sirining oqibatlari hisob-kitob qilinadi va shunga muvofiq ularni oldini olish choralari ishlab chiqiladi.